Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   173
 
Reja: 
1. Ye.I.Texeeva, F.N.Blixer, A.M. Leushina maktabgacha yoshdagi bolalarni matematika 
elementlariga o`rgatish to`g`risida.
2. Bikbaeva N.U. 50-90 yillarda O’zbekistondagi bolalar bog`chalarida elementar matematik 
tasavvurlarni shakllantirishga o`rgatish metodikasi masalalari. 
1-savolning bayoni : 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va boshlangich maktab yoshida elementar 
matematika tasavvurlarini taraqqiy ettirish muammolari ustida ilmiy ishlar olib borgan 
pedagoglardan: Ye.N.Tixeevaning sistema va qarashlarini tanqid qildi. Bolalarni aqliy tomondan 
tarbiyalashda boshlang`ich matematik tushunchaga katta ahamiyat beradi. 
Tixeeva «bola bilimni hayotdan olishi kerak, hayotning o`zi har qadamda bolaning oldiga 
seminar vazifalarni qo`yadi, ya'ni o`lchash, sanash, ayirishlar. Har bir normal bola kattalarning 
yordamisiz 10 gacha sanashni bilib oladi, deydi. Ayniqsa birinchi o`nlik sonlarni bilib olishga 
katta ahamiyat beradi. U bolani sanashga o`rgatishda majbur qilmaslik kerak, fakat unga 
ko`rgazmali, didaktik material berish kerak deydi. Maxsus material bilan birgalikda tabiiy 
materiallar tashlandiq materiallar berish kerak, deydi. Tixeeva birinchi bo`lib matematik 
tasavvurlarga o`rgatish programmasini tuzishga urinib ko`radi. Son-sanoqqa o`rgatishda o`n 
ichida sanash, bir va ko`p tushunchasidan boshlab raqamlar bilan tanishtirishning soat bilan 
tanish masalalar echish, kasrlar bilan tanishtirishni kattalik va shakllar bilan tanishtirish ko`zda 
tutadi. Tixeeva sanamasdan sonlarni bir ko`rishda ilib olish metodini tavsiya etadi, ya'ni 
monografik metod asosida. 1915 yilda Tixeeva “Bog`chada son-canoq” kitobini yozadi. Uning 
qarashlari bir-biriga ziddir. Nazariyada bolalarning taraqqiyotiga aralashmaslik kerak desa, 
amalda esa tarbiyachining o`yin va mashqlarida rahbarlik rollarini qo`llab-quvvatlaydi. Son 
haqidagi tushuncha tug`ma deb, bolalarni maxsus mashg`ulotlarda sanashga o`rgatishga yo`l 
qo`ymaslik kerak, deydi. Shuning uchun son-sanoq metodikasini ishlab chiqmaydi, balki son-
sanoqqa o`rgatish programmasini belgilab chiqadi. Tixeeva didaktik va hayotiy materiallarning 
rolini ko`rsatdi, uni o`rgatishda ketma-ketlik, sistemalilik, takroriylik printsipiga amal qilishni 
ko`rsatdi. Tixeevaning kamchiligi u o`rgatishda asosiy metod faqat didaktik o`yin metodi deb 
hisoblaydi. Lekin Ye.I. Tixeevaning didaktik o`yinlari va didaktik materiallaridan foydalanish 
mumkin.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə