Bolalar lug'atini boyitishda ta'limiy o'yinlar mundarija


O‘yin – lug‘at ishining eng natijali vositasi



Yüklə 38,87 Kb.
səhifə2/7
tarix03.01.2023
ölçüsü38,87 Kb.
#98125
1   2   3   4   5   6   7
BOLALAR LUG\'ATINI BOYITISHDA TA\'LIMIY O\'YINLAR

1.2. O‘yin – lug‘at ishining eng natijali vositasi
Maktabgacha tarbiya pedagogikasida ishlab chiqilgan nazariya asosida bolalar o‘yiniga rahbarlik qilish bolalar xulqini tarbiyalashda muhim o‘rinni egallaydi. Ana shu o‘yinlarning ko‘pchiligidan bolalar nutqini rivojlantirishda ham foydalanish mumkin: jumladan, o‘zaro kelishib olish; rol va majburiyatlarini
taqsimlash; o‘zi nimani bilsa, o‘rtog‘ini ham shunga o‘rgatish va hokazo. Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning bir-birlari bilan samimiy ohangda, muloyim so‘zlashishga o‘rgatadi. Shuning uchun ham tarbiyachi bolalar lug‘atini va bilimini o‘yin jarayonida kengaytirish yo‘llarini oldindan puxta o‘ylab qo‘yishi kerak: o‘yinni buyumlar bilan, milliy kiyimlardagi bolalarni tasvirlovchi qo‘g‘irchoqlar bilan tashkil etish, o‘yinga va bolalar nutqiga rahbarlik qilish (tarbiyachining bolalarga o‘qib yoki hikoya qilib berishi, o‘yin to‘g‘risida savollar va jamoa bo‘lib gapirib berish va hokazo). Bolalarning rolli o‘yinlariga, ular nutqiga rahbarlik qilishda qanday usullardan foydalanilsa, boshqa o‘yinlarda ham shu usullarda foydalaniladi. Bolalar lug‘atini boyitish, ularning ijodiy faoliyatlarida
tasviriy san’at bilan tanishish tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari jarayonida ham amalga oshiriladi. Masalan, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalar ranglarning nomlaini, ularning farqlarini, materiallarning nomlarini (yelim, loy, plastilin, bo‘yoq va hokazo), tasviriy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan (bo‘yash, botirish, qirqish, yasash, rasm solish), materiallarning sifatiga doir (oq rangli qog‘oz, rangli qalamlar kabi) maxsus so‘zlarni o‘zlashtirib oladilar. Teleko‘rsatuvlarni, kinofilmlarni tomosha qilish bolalarning dunyoqarashini kengaytiradi, ular uchun notanish, yangi bo‘lgan so‘zlarning tushunarla bo‘lishiga yordam beradi.
Ayniqsa, dramalashgan o‘yinlar, qo‘g‘irchoq va stol teatrlari, ertaliklarda, turli bayramlarda, bolalar konsertlarida ishtirok etishlari ularning lug‘atlarini faollashtirishga yordam beradi. Ona tili mashg‘ulotlarida nutq ustida ishlash tarbiyachining asosiy vazifasi bo‘lib, bu vazifalarni maqsadli amalga oshirishda u bir qancha usul va uslubiyotlardan foydalanadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalar bilan oddiy matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, jismoniy tarbiya, musiqa va boshqa mashg‘ulotlarni tashkil etadi. Bu mashg‘ulotlarda bolalar sanashga o‘rganadilar, vaqt va uning qismlarini, geometrik shakllarni, narsalarning o‘lchamini, oddiy matematik tasavvurlarni bilib oladilar, loy va plastilindan har xil buyumlar yasash, rasm chizish (tasviriy faoliyat mashg‘uloti), ashulalar, raqslar (musiqa), gimnastika mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarishga (jismoniy tarbiya) o‘rganadilar. Asosiy dastur vazifalari bilan bir qatorda, lug‘atni boyitish va faollashtirish vazifasi ham kiritiladi. Masalan, oddiy matematik tasavvurlarini o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalar geometrik shakllarning nomlarini: uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, oval, doira va boshqalarni; vaqt tushunchalarini: ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi, sahar, shom, xufton o‘lchamlarning nomlarini: katta, kichik, uzun, qisqa, baland, past va hokazo; fazoviy tushunchalarni: pastda, balandda, yonda, orqada, oldinda va son tushunchalarini bilib oladilar. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida esa harakat nomlarini, masalan, yurish, o‘tish, kelish, ketish, kirish; qadam qo‘yish, qadam tashlab o‘tish; yugurish, chopish, yugurib boorish, sakrab-sakrab o‘tish, tirmashib tushish va hokazolarni bilib oladilar va ularni o‘z nutqlarida ishlatishga o‘rganadilar. Shunday qilib, bolalar bog‘chasida lug‘at ishi turli xildagi vositalar yig‘indisining bolalarga ta’sir etishi asosida amalga oshiriladi.



Yüklə 38,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə