Bolalar lug'atini boyitishda ta'limiy o'yinlar mundarija


Xulosa va metodik tavsiyalar



Yüklə 38,87 Kb.
səhifə6/7
tarix03.01.2023
ölçüsü38,87 Kb.
#98125
1   2   3   4   5   6   7
BOLALAR LUG\'ATINI BOYITISHDA TA\'LIMIY O\'YINLAR

Xulosa va metodik tavsiyalar:
Nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki jahon tilshunosligida lug‘atlar dastlab maktablar uchun yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari hisoblangan, ya’ni ilk lug‘at namunalari aslida maktab uchun yaratilgan ibtidoiy o‘quv qo‘llanmalari bo‘lgan. Keyinchalik lug‘atchilik rivoji bilan ularning qamrovi kengaygan. Bugungi zamonning murakkab manzarasi ta’lim oldida ham qator muammolarni keltirib chiqardi. Axborot manbalari shu qadar rang-barang va takomillashganki, ta’lim jarayonida o‘qituvchi eng qulay, eng zamonaviy, eng qiziqarli, eng oson usul bilan ma’lumotni yetkazmasa, ko‘zlangan natijaga erishishi qiyin. Globallashuv davri, texnika asrida o‘quvchining diqqatini jalb qilish oson kechmaydi. Shu bois jahon tilshunosligida leksikografiyaning o‘quv lug‘atchiligi tarmog‘i eng rivojlangan sohaga aylandi. Ta’limiy maktab lug‘atlari o‘quvchining yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga mos tuzilib, e’tiborini o‘ziga jalb qila oladi, u kerakli ma’lumotni tez va qulay topish vositasi hisoblanadi. Shuningdek, u o‘quvchining doimo yonida bo‘la oladigan beminnat yordamchisi, so‘z zahirasini boyitadigan manba, to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri talaffuz, so‘z tanlash mahoratini oshiradigan bebaho xazinadir. Lug‘at beradigan yordamni o‘quvchi ota-onasi, o‘qituvchisi va boshqa kishisidan ham olishi mumkin, biroq ularning hech qaysisi bolaning lug‘atchalik boy doimiy hamrohi bo‘la olmaydi. Ona tili ta’limida o‘quvchining lug‘at boyligi, so‘z zahirasini tekshirish, imlo, badiiy asarlarda qo‘llangan tarixiy so‘zlar, dialektizmlar va shunga o‘xshash tilimizda mavjud leksemalardan xabardorlik darajasi, umuman, nafaqat yozma, balki og‘zaki savodxonligini aniqlash bosh mezonlardan hisoblanadi. O‘z va o‘zlashma qatlamga mansub shakldosh so‘zlarni ajratish (palata, palla, oqibat, rasta, banda, sandal, pilla va h.), ular orasidagi ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lgan shakldosh-ko‘p ma’noli so‘zlarni farqlash (kech, palla, band, pand, oqlamoq, bitmoq), talaffuzdosh so‘zlarni yozuvda va talaffuzda farqlash (nufuz-nufus, yod- yot, bod-bot), ma’nodosh so‘zlardagi ma’no nozikliklarini aniqlash, juftliklardagi imlosi buzilgan qismni topish (aksiz-aksis, xat-hat, Damas-Damaz) va boshqa shu kabi topshiriqlarni bajarish samaradorligi o‘quvchining o‘z ona tilisi lug‘at boyligini qay darajada o‘zlashtirgani, o‘z ustida mustaqil ishlashi bilan belgilanadi. Bunda esa unga axborot banklari – lug‘atlar yordamga keladi.
Tavsiyalar
Ta’limiy o‘yinlar bolalar lug‘atini faollashtirishning asosiy uslubiyotlaridan (metodlaridan) biridir. Ta’limiy o‘yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, 
chunki unda bolalar mashg‘ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Bolalarning aqliy faoliyatlarini kuchaytiradi, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlar uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Ta’limiy o‘yin bolalarning tevarak-atrof, ijtimoiy hayot to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o‘z shaxsiy tajribalari va mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini amalda qo‘llay bilishga o‘rgatadi, fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy kuchlarini, sensor jarayonini rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi. Har bir ta’limiy o‘yin o‘zining dastur mazmuniga ega. Bu “Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya dasturi” 
da o‘z aksini topgan. Masalan: 
1) buyumlar, ularning nomi, rangi, shakli, hajmi, sifati to‘g‘risida bilimlar
berish;
2) mehnatning har xil turlari va uning kishilar hayotidagi roli to‘g‘risidagi bilimlar
3) tabiat voqealari, narsalar, buyumlar, yil fasllari to‘g‘risidagi bilimlar; 
4) dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik
shakl, vaqt va fazoviy tushunchalar berish. Ta’limiy o‘yinlar, ularning ta’lim tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turlari har bir yosh guruhining o‘ziga xos ruhiy fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, bu o‘yinlarning tutgan o‘rni va vazifasi, mazmunli o‘tkazish uslublari “Bolalar bog‘chasida ta’lim tarbiya dasturi”da belgilab berilgan.


Yüklə 38,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə