Bolalar psixologiyasi fanining metodlari


shartlarga amal qilingani lozim



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/24
tarix21.03.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#84636
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bolalar psixologiyasi fanining metodlari

shartlarga amal qilingani lozim: 

 

 

1.



 

Suhbat jarayoniga puxta tayyorlanish; 

2.

 

Suhbatning  mavzusi  va  mazmuni  o`rganilayotgan  ob’ektning,  shaxsning  yoshiga    va  individual 



xususiyatlariga mos bo`lishi; 

3.

 



Suhbat jarayonida beriladigan savollarning mazmunli va puxta bo`lishi; 

4.

 



Tadqiqotchi  tomonidan  beriladigan  savollarga  o`rganiluvchining  to`g`ri  va  to`liq  javob  qaytarishiga 

erishish; 

5.

 

Suhbat jarayonini aniq muddatga mo`ljallash, uni haddan tashqari cho`zib yubormaslik.  



 


mo’ljallanayotgan,  o’rganilishi  talab  qilinadigan  katta  sonli  reprezentativ 

sinaluvchilarda (2-3 ming) testni o’tkazish orqali amalga oshiriladi. 

Test standartlashtirilishi 2 bosqichda o’tkaziladi. 1  – bosqichda testni qo’llash 

yo’riqnomasi shakllanadi: topshiriqlar tanlanadi, uni o’tkazish uchun ko’rsatmalar 

ishlab chiqiladi, sinaluvchiga beriladigan yo’riqnoma tuziladi va testni o’tkazishning 

boshqa  masalalari  ko’rib  chiqiladi.  2  –  bosqichda  normalar  aniqlanadi,  ya’ni  test 

natijalarini  baholash  uchun  boshqa  individlar  yoki  guruhlar  natijalari  bilan 

solishtirish uchun normalar tizimi belgilanadi. 

Testning  ishonchliligi  –  shu  test  qayta  o’tkazilganda  (aynan  shu 

tekshiruvchilarda) olingan ma’lumotlarning bir-biri bilan mos kelishi. Ishonchlilikni 

baholashning asosiy ko’rsatkichi korrelyatsiya koeffitsenti. 

Testning validligi – test qanday maqsadda yaratilgan bo’lsa, o’sha maqsad uchun 

qo’llaniladi.  

Qo’llanilish sohasiga qarab: 

1.

 

Intellekt testlari. 



2.

 

 Maxsus qobiliyatlarni  aniqlash va yutuqqa erishish testlari. 



3.

 

SHaxs xususiyatlarini aniqlash testlari. 



4.

 

Qiziqishlar, ustanovka, qadriyatlarni aniqlash testlari. 



5.

 

SHaxslararo munosabatlar diagnostikasi uchun mo’ljallangan testlar farqlandi. 



    Masalan, shaxslararo munosabatlarni va shaxs sifatlarini diagnostika qilish uchun 

ko’pincha amerikalik psixolog T. Liri tomonidan yaratilgan metodika qo’llaniladi. 

Bu  metodik  so’rovnoma  bo’lib,  128  ta  punktdan  iborat.  Sinaluvchi  o’zi  va 

atrofidagilarda  muayyan  hislatlarning  mavjudligini,  shuningdek,  o’zida  va 

sheriklarida bo’lishini xohlaydigan sifatlarni ko’rsatadi. Natijalar qayta ishlangach, 

tadqiqotchi  sinaluvchining  shaxsi,  yo’nalishini  aniqlab  va  shu  asosda  shaxslararo 

o’zaro ta’sirni prognoz qilishi mumkin. 

       SHunday  qilib,      testlar  –  bu  maxsus  metodlar  bo’lib,  u  yoki  bu  ijtimoiy 

psixologik  hodisa qisqa  muddat  ichida  tekshiriladi. Testlar asrimizning boshlarida 

kashf qilingan bo’lib, ular 20 – 30 yillarda hayotga, amaliyotga shiddat bilan kirib 

keldi.  Natijada  maxsus  soha  –  psixometrika  yuzaga  keldi.  Testlarni  qo’llashning 

qulayligi shundaki, bir test yordamida ma’lum shaxsning u yoki bu xususiyatlarini 

bir necha marta, takroran sinab ko’rish mumkin. 


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə