Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


-mavzu: Uch yosh inqirozi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə17/62
tarix30.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#165396
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

2-mavzu: Uch yosh inqirozi.
Reja:

  1. L.S.Vigotskiy yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini

  2. D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasi

  3. Chaqaloqlik davri inqirozi

  4. 1 yosh inqirozi

  5. 3 yosh inqirozi

Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B. G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug‘ullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi o‘zining kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi.
Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning moxiyatini ochish maqsadga muvofiqdir.
L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruxiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi;
 Chaqaloqlik davri inqirozi.
 Go‘daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi inqiroz.
 Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz.
 Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz.
 Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha- 13 yoshdagi inqiroz.
 Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, 17 yoshdagi
inqiroz.
L.S.Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muxim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik muloxazalar bildirgan. Biroq, bu muloxazalarda ancha munozarali, bahsli o‘rinlar ham mavjud.
Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to‘g‘risidagi mulohazali va olg‘a surgan g‘oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir.
D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga,
ya’ni har qaysi rivojlanish pallasida biror bir faoliyatning ustunlik
qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli, nazariyaning asosiy moxiyatini tashkil qiladi.
D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim
topadi:
 Go‘daklik davri - tug‘ilgandan 1 yoshgacha - yetakchi faoliyat - bevosita
emotsional muloqot;
 Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - yetakchi faoliyat - predmetlar bilan nozik harakatlar kilish;
 Makgabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolli o‘yinlar;
 Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o‘qish;
 Kichik o‘smirlik davri -10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash,
samimiy) muloqot;
 Katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik davri - 16 yoshdai 17 yoshgacha; - yetakchi
faoliyat - o‘qish, kasb tanlash davri.
Yosh davrlari psixologiyasida bir necha kichik krizislar (inqirozlar) va
katta krizislar mavjud.
Yosh inqirozi - bu yosh bosqichlaridagi o‘tish qiyinchiliklaridir.
Kichik krizislarga quyidagilar kiradi:
 1 yosh krizisi
 7 yosh krizisi
 17-18 yosh krizisi
Katta krizislarga quyidagilar kiradi:
 Chaqaloqlik krizisi
 3 yosh krizisi
 13-14 yosh krizisi
Chaqaloqlik davri inqirozi
Bu davrda muloqot emotsional-ijobiy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bu esa bolada emotsional ijobiy xarakter, emotsional – ijobiy tonus shakllantiradi va bolada ham psixik, ham jismonan sog‘lom bo‘ladi.
Bolani onadan bu davrda ayirish bola psixik rivojlanishida jiddiy buzilishiga olib keladi va bu bolaning butun hayotiga ta’sir qiladi. Bolani onadan ayirish bilish jarayonlarining rivojlanishiga, emotsional rivojlanishiga ta’sir qiladi.
1 yosh inqirozi
Bu davr rivojlanishining ijtimoiy situatsiyasi quyidagilardan iborat:
bola – predmet – katta odam. Bu davrda bola diqqat e’tibori predmetga qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari bu davrda idrok, intellekt va nutq faoliyatlari rivojlanadi.
3 yosh inqirozi
Bu davr krizisi haqida Elda Gepper ―Uch yoshli bola shaxsi haqida‖
ilmiy ishida bir necha muhim belgilarni ko‘rsatib o‘tgan:
 Negativizm. Kattalarning ba’zi talablariga bola umuman rioya
qilmaydi.
 O‘jarlik. Shaxsiy fikrga ega bo‘lib, bola o‘z fikri va talablarini
qildiradi. U bilan hisoblashishini hohlaydi.
 Kattalarni tan olmaslik.
 Qarshilik – ota-onalar bilan urishishda namoyon bo‘ladi.
 Mustaqillik. Mustaqillikka intilish.
Bu krizis davrida bolaning mustaqil faoliyat yurita olish, kattalarga
taqlid qilish kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə