Bolalar sporti asoslari


Erkin va yunon-rim kurashi*



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə23/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)
1-bayonnoma, Aholining turmush darajasi va uning daromadlari 2- kurs ishi, topshiriqlar uchun javoblar, Mahsulot va xizmatlar bozori va uni YaIMdagi salmog’i dinamikasi mustaqil ish
Erkin va yunon-rim kurashi*

Musobaqa talablari

Yoshi

12-13

14-15

16-18

Boshlarg’ich tayyorgarlik davomiyligi

1 yildan bo’lmasligi lozim

Nazorat me’yorlarini topshirish sharti bilan 4-5 oydan kam bo’lmasligi lozim

2 oydan kam bo’lmasligi lozim

Vazn toifalari

16 vazn: 32-35, 35-38, 38-41, 41-44, 44-47, 47-50, 50-53, 53-56, 56-59, 59-62, 62-65, 65-68, 68-71, 71-74, 74-77, 77 dan yuqori

11 vazn: 42-45, 45-48, 48-52, 52-56, 56-60, 60-65, 66-70, 70-75, 75-81, 81-87, 87 baland

Belgilangan sport razryadi uchun me’yoriy talablar

II o’smirlar razryadi-raqiblar ustidan 10 ta g’alaba, II o’smirlar razryadi yil davomida

I o’smirlar razryadi-raqiblar ustidan 12 g’alaba, II o’smirlar razryadi yoki raqiblar ustidan 6 g’alaba yil davomida I o’smirlar razryadi

Musobaqa ko’lami

Maktab o’quvchilari orasida

Respublika miq’yosida

Belgilangan ko’lamda

Yil uchun xalqaro musobaqalar soni

-

-

1-2

Kurash bo’yicha yil davomidigi musobaqalar soni (kubok)

2 martadan ko’p emas

4 martadan ko’p emas

6 martadan ko’p emas

Turli xil nufuzli musobaqalarda ishtirok etish kuni

1 martadan ko’p emas

2 martadan ko’p emas

3-4

Yil davomida ochiq birinchiliklarda ishtirok soni

Oyiga bir martta

Oyiga ikki marta

Oyiga 3-4 martta

Bellashuv davomiyligi

3+3 daq.

3+3 daq.

3+3 daq.

Kunlik bellashuvlar soni

Ikkitadan ko’p bo’lmagan

Ikkitadan ko’p bo’lmagan

Uchtadan ko’p bo’lmagan

Bir musobaqada bellashuvlar soni

2-4

4-6

6-8

Bir yil uchun taxminiy bellashuvlar soni

14-16

20-30

60-90

Musobaqalar orasidagi tanaffus

4 oydan kam bo’lmagan

2 oydan kam bo’lmagan

Oydan kam bo’lmagan

Tasnifiy musobaqalar oralig’idagi tanaffus

Oydan kam bo’lmagan

2 haftadan kam bo’lmagan

1 haftadan kam bo’lmagan

UJT va MJT bo’yicha kuzgi-bohorgi nazorat musobaqalari

Barcha yosh guruhlari uchun ikkita musobaqa

O’quv mashg’ulot musobaqalari tayyorgarlik darajasi uchun

Yil davomida barcha yosh guruhlari uchun


Izox. Bellashuvlar oralig’idagi dam olish – daq; musobaqalar oldidan vazn tashlash taqiqlanadi. Yosh o’smirlar, o’rta va katta yoshdagi yosh guhlari bo’yicha musobaqada ishtirok etishlari mumkin.

*musobaqalar +200 kam bo’lmagan va +300 xaroratdan yuqori bo’lmagan ochiq maydonda tashkil qilinadi.



Ma’lum yosh guruhlariga sport musobaqalarining o’z miqyosi muvofiqdir. 9-10 yoshli bolalar ichki maktab musobaqalariga 11-12 yoshlilar tuman va shahar musobaqalariga, 13-14 yoshlilar viloyat miqyosidagi musobaqalarga yuboriladi. 15 yoshdan boshlab yosh yigit va qizlarga Respublika, 16 yoshdan boshlab Jahon miqyosidagi musobaqalarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.

Yosh sportchilar uchun musobaqalarning optimal sonini aniqlash ham muhim ahamiyaga ega. Musobaqalarda ishtirok uzoq davom etmagan sport turlarida va bu musobaqadan so’ng yosh sportchi o’z kuchlarini tez tiklaganda, musobaqalarni ko’proq o’tkazish tavsiya etiladi. Chidamlilik va uzoq muddat paytida kuchli zo’riqishni talab qilgan sport turlarida musobaqalarni kamroq o’tkazish lozim.

Yosh sportchilar doimiy tarzda umumiy jismoniy tayyorgarlik va ko’p kurashli musobaqalarda muntazam ishtirok etishlari lozim. Bunday musobaqalar darslarda, jismoniy tarbiya jamoalari seksiyalarida hamda mazkur maktab joylashgan tumanda o’tkaziladi. Musobaqalarning soni yosh sportchining individual xususiyatlariga bog’liqdir. Texnik tayyorgarlik yetarli bo’lmaganida, organizmni tiklanishining uzoq davri talab qilinganida, asabiy notinch bo’lganida yosh sportchi musobaqalarda kamroq ishtirok etishi talab qilinadi va aksincha, a’lo darajada texnik tayyorgarlik bo’lganida, tez tiklanishida, asab tizimi muvozanatli bo’lganida yosh sportchi musobaqalarda ko’proq ishtirok eta oladi.

Tayyorgarlik davrida yosh sportchilar majburiy ravishda nazorat musobaqalarida ishtirok etadilar, bular tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki bular uchun maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi. Tayyorgarlik davridagi musobaqalar dasturi o’z ichiga yosh sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishiga qaratilgan mashqlarni o’z ichiga oladi.

Musobaqa davrida mashg’ulot darajasini oshirish uchun katta rolni musobaqalar, nazorat mashg’ulotlari va katta yuklamali mashg’ulot mashqlari o’ynaydi. Musobaqa davrining ikkinchi bosqichida, mashg’ulot mashqlarining katta hajmiga qiziqish noto’g’ridir, yuklamaning hajmini asta-sekin pasaytirib, intensivlikni oshirish lozim.

Yosh sportchilarni oddiy musobaqalarda ishtirok etishda, mashg’ulotlarni rejalashtirilishida alohida o’zgarishlarni talab qilmaydi, faqatgina biroz mashg’ulot yuklamasini pasaytirish, bir paytning o’zida unin musobaqa oldidagi oxirgi haftada intensivligini oshirish talab qilinadi. Bundan tashqari, musobaqa arafasida 1-2 kun dam olish va chigalyozdi mashqlar talab qilinadi. Mas’uliyatli musobaqalarga tayyorgarlik batafsilroq bo’lish kerak. Bu musobaqadan 3-4 hafta oldin nazorat mashg’ulotlari o’tkaziladi va bu mashg’ulotlar musobaqa o’tadigan vaqtga to’g’ri kelishi lozim. Musobaqa kuni yosh sportchi o’zi uchun eng yaxshi natijani ko’rsatishi uchun mashg’ulotlar rejasiga musobaqa sikli kiritiladi

Musobaqadan 24 soat chigalyozdi mashqlarini badarish lozim, ya’ni bu mashg’ulot mashqlari oldidagi chigalyozdi mashqlari bo’lishi lozim. Chigalyozdi mashqlarida haddan ziyod zo’riqish mumkin emas. Bunday chigalyozdi mashqlari yosh sportchining ishchanligini oshishiga ko’maklashadi.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə