Bolalar sporti asoslari


Sport mashg‘ulotini rejalashtirish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə145/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

3.Sport mashg‘ulotini rejalashtirish.

Sport mashg‘ulotini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim shartlaridan biri uni to‘g‘ri rejalashtirishdir. Sport mashg‘ulotlarini rejalashtirish bu sport tayyorgarligi jarayoni oldiga qo‘yiladigan vazifalarini yechilishini oldindan taxmin qilib ko‘ra biladigan shart-sharoiti, vosita va uslublari, sportchi tomonidan erishilishi lozim bo‘lgan sport natijalarini oldindan bilish. Yosh sportchilarning tayyorgarligini to‘g‘ri rejalashtirish – bu sportchilarning mazkur kontingenti yoxud bitta sportchi xususiyatlarining tahlilidan kelib chiqqan holda, tayyorlov jarayonida asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlab olib, ularni vaqt bo‘yicha taqsimlashdir. Sport maktabida o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida rejalashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: istiqbollik (ko‘p yillik), joriy (yillik) va operativlik. Rejalashtirishning asosiy hujjatlari yosh sportchilarni tayyorlashning guruh va individual istiqbolli rejalaridir. Joriy yillik rejalashtirishning hujjatlari mashg‘ulotning yillik guruh va individual rejalaridir. Operativ rejalashtirish hujjatlari esa 1 oylik yoki 1 haftalik siklga mo‘ljallangan mashg‘ulotning guruhli va individual rejalaridir. Yuqorida sanab o‘tilgan rejalashtirishning barcha hujjatlari sport maktablari uchun tuzilgan o‘quv dasturlari asosida tuziladi. Sport tayyorgarligining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, murabbiy muayyan vazifaalrni belgilaydi, bu vazifalar ko‘p yillik tayyorgarlik mobaynida va uning alohida bosqichlarida hal etilishi lozim. Bundan so‘ng mashg‘ulot jarayonining mazmuni aniqlanadi, vositalar tanlanadi, sport tayyorgarligi bosqichlari belgilanadi, shu bilan birga, mashg‘ulotlarning namunali soni, optimal mashg‘ulot va musobaqa yuklamalari, nazorat me’yorlari va boshqa ko‘rsatkichlar belgilanadi. Ko‘p yillik mashg‘ulotning istiqbolli rejalashtirish ahamiyati juda ham kattadir. Bolaligida boshlangan va ko‘p yillar davom etadigan insonni jismoniy tarbiyalash jarayoni u tizimli tarzda yosh sportchining o‘sayotgan organizmining yoshga oid xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan istiqbolli reja asosida amalga oshirilgandagina yuqori samaraga erishadi. Ko‘p murabbiylar ko‘p yillik mashg‘ulotning istiqbolli rejalashtirilishining ahamiyatini to‘g‘ri boholamaydilar, ular sportchini 1 haftalik yoki oylik, eng yuqori jismoniy holati esa yillik sikl doirasida rejalashtiradi. Bolalar, o‘spirinlar, yosh yigit va qizlar bilan mashg‘ulotda asosiysi ko‘p yillik tayyorgarlikning istiqbolli rejasidir, chunki bolalik, o‘spirin, hattoki yosh yigit va qizlar yoshiga nisbatan yuqori sport natijaga erishish sportchining tayyorgarligi to‘g‘ri olib borilayotganidan darak bermaydi.

Katta sportchilarning terma jamoasi tayyorgarligini amalga oshiruvchi murabbiylar to‘laqonli zaxiraga ega bo‘lishlari uchun ko‘p yillik tayyorgarlikni rejalashtirish samarali bo‘lishi lozim. Istiqbolli reja yosh sportchilarni tayyorlashning asosidir. Oldindan bir qator yillarga sportchini takomillashtirish istiqbolli to‘g‘ri belgilanganligiga, mashg‘ulot vosita va uslublari ratsional rejalashtirilganligiga, yuklama nazorat me’yorlari to‘g‘ri tanlanganligiga ko‘p jihatdan sportchi yutuqlarining o‘sish sur’atlari yillik sikllarda uning tayyorgarlikgining natijaviyligi bog‘liq bo‘ladi.

Istiqbolli rejalar turli muddatlarga ishlab chiqilishi mumkin, ular yosh sportchilarning yoshi, tayyorgarlik darajasi, sport malakasiga bog‘liq holda ishlab chiqiladi. Kichik yoshdagi sportchilar uchun 2-3 yilga mo‘ljallangan guruh istiqbolli rejalarni tuzish maqsadga muvoqif. Kattaroq yoshdagi yosh sportchilar uchun bir qator yillarga ham guruh, ham individual rejalarni ishlab chiqish lozim. Masalan, bolalar, o‘spirin sport maktabini yakunlanishiga qadar reja tuzish lozim. Istiqbolli rejani tuzish bir nechta yillik rejalarni mexanik tarzda ko‘chirish va bunda yildan-yilga bitta vazifalarni, bitta mazmun bilan ko‘chirishdan iborat emasdir. Rejada sportchi tayyorgarligiga yildan-yilga tobora o‘sib borayotgan talablar tendentsiyani aks etish muhim. Bunga bog‘liq ravishda mashg‘ulot vazifalarini izchil o‘zgarishini, mashg‘ulot yuklamalarini oshishini, tayyorgarlikning har bir bosqichida nazorat me’yorlari va boshqa ko‘rsatkichlarni

izchil o‘zgarishini oldindan nazarda tutish lozim. Istiqbolli rejaga faqatgina asosiy ma’lumotlar (ortiqcha detallashuvsiz)siz kiritilishi lozim, ularga tayangan holda yillik rejalarni tuzish imkoniyati bo‘lishi lozim. Istiqbolli rejalar ham sportchilar guruhi (masalan, sport maktabi bo‘limining ma’lum belgilangan yosh guruhi uchun) hamda bitta sportchi uchun ishlab chiqilishi mumkin. Birinchi holatda, bu guruh reja, ikkinchisida, individual reja bo‘ladi. guruh va individual istiqbolli rejalar o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim, ular birbiri bilan to‘liq muvofiqlikda tuziladi.

Sport tayyorgarligining umumiy (guruhli) quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga kiritadi: guruhning qisqa tavsifi, ko‘p yillik mashg‘ulotning maqsad va asosiy vazifalari, bosqichlar bo‘yicha mashg‘ulot jarayonini tayyorgarlik bosqichlari va asosiy bosqichlari (bosh vazifalar, ularning har bir bosqichdagi hajmi). Sportchi tayyorgarligini tavsiflovchi omillar sport texnik ko‘rsatkichi va nazorat me’yorlari, pedagogik va shifokor nazorati ostida olib boriladi. Umumiy (guruh) istiqbolli rejalari faqatgina asosiy ma’lumotlardan iboratdir, ularga qarab, joriy (yillik), operativ rejalashtirishni to‘g‘ri amalga oshirish mumkin. Istiqbolli rejalashtirishning muvaffaqiyati avvalambor, maqsadni to‘g‘ri tanlash bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, sportchining yoshi va tayyorgarlik darajasi, uning hayotiy, o‘qishi va ish rejimiga ham e’tibor qaratish lozim. Bir qator yillarga oldindan sport tayyorgarligini rejalashtirganda vazifalarni qo‘yishda ma’lum izchillikka rioya qilish va ularni 1 yil davomida darhol hal etmaslik lozim. Sportchini sport maktabida bo‘lishining 1-2-3 yilida murabbiy e’tiborini asosan, shug‘ullanayotganlarning hamma tomonlama tayyorgarligining mustaqil fundamentini yaratish va ularni sport texnikasiga o‘qitishga qaratishi lozim. Keyingi yillarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash, sport texnikasida takomillashish bo‘yicha vazifalar shug‘ullanayotganlarning yoshga oid xususiyatlari, ularning

tayyorgarlik darajasi va boshqa omillar bilan muvofiq tarzda hal qilinadi. Masalan, 11-16 yoshda alohida e’tibor tezlikni tarbiyalashga qaratilsa, 15-16 yoshda sportchining mushak kuchi va maxsus chidamliligini rivojlantirishga bo‘lgan mashqlarni bajarishga qaratiladi.

Yangi vazifalarni qo‘yish, nazorat me’yorlarini ishlab chiqish, dastlabki yillarda sportchi mashg‘ulotining mazmun va uslublarini chuqur tahlilida asoslanishi lozim. Bunda sportchi tayyorgarligining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, qanday sifatlarni yanada mukammallashtirish kerakligini aniqlash lozim.

Dastlabki rejada bajarilmay qolgan ko‘rsatkichlarni aniqlash, ularning bajarilmasligining sabablarini aniqlash, sport natijalari o‘sishining belgilangan sur’atlariga erishilganligini ham aniqlash nihoyatda muhimdir. Bu munosabatda shifokor nazorati katta yordamni ko‘rsata oladi, uning yordamida sportchining sog‘lig‘i, jsmoniy rivoji va funktsional imkoniyatlari haqida dastlabki ma’lumotlarni olish mumkin, bu esa o‘z vaqtida mashg‘ulot jarayonini o‘zgartirish

imkoniyatini beradi.

Ko‘p yillik sport tayyorgarligi jarayonlarini qanday qonunlarini murabbiy istiqbolli rejani tuzishda hisobga olishi lozim.

Sport takomillashuvi uchun hamma tomonlama tayyorgarlik nihoyatda katta ahamiyatga ega. Yosh sportchining hamma tomonlama jismoniy tayyorgarligi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikdan kelib chiqadi. Sport mahorati oshgani sari umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik asta-sekin va izchil o‘zgaradi.

Mashg‘ulot yuklamasining butun hajmiga nisbatan foiz ko‘rinishidagi umumiy jismoniy tayyorgarlik miqdori maxsus tayyorgarligining asta-sekin muvofiq o‘sishi bilan bir paytda kamayib boradi.

Yosh sportchini ko‘p yillik mashg‘ulot jarayonida tayyorgarligini asta-sekin oshishini ta’minlash uchun mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarini to‘g‘ri rejalashtirish muhimdir. Sportchining tayyorgarligi mashg‘ulot va musobaqa yuklamalari barcha bosqichlarida yosh sportchi organizmining funktsional imkoniyatlariga to‘liq muvofiq bo‘lgandagina rivojlanadi.

Eng kuchli yosh sportchilar mashg‘uloti mazmunining tahlili, ilmiy tadqiqotlarning ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, bir qator yillar davomida ularning mashg‘ulot yuklamalari asta-sekin oshadi. Shu sababli yosh sportchilarning perspektiv rejalarida mashg‘ulot yuklamalarini yildan-yilga asta-sekin o‘sishi nazardi tutilishi lozim.

Keyingi yillik siklining har bir davri dastlabki yillik siklining muvofiq dasturiga nisbatan mashg‘ulot yuklamalarining yuqoriroq darajada boshlanishi va yakunlanishi lozim. Shunday qilib, yildan-yilga yuklamalarning izchilligi, ularning bir qator yillarida to‘xtovsiz o‘sishi ta’minlanadi. Yuklamalarni vaqtinchalik pasayish va yuksalish davrlari joriy (yillik) rejalarda aniqlanishi lozim, bunda yosh sportchining holati va tayyorgarlikning muayyan vazifalari hisobga olinadi. Bir qator yillarda mashg‘ulot yuklamalarni yosh sportchilarda o‘zgarishi, asosan, ularning hajmini oshishi, haftalik, oylik va yillik sikllarda mashg‘ulotlar sonining

oshishi hisobiga amalga oshishi lozim.

Mashg‘ulot yuklamalarini oshishining qat’iy izchilligi sekin ko‘payishi alohida ahamiyatga ega. Shifokor tadqiqotlarining ma’lumotlariga ko‘ra, yosh sportchilarning tayyorgarligida jiddiy kamchiliklar mashg‘ulot yuklamalarining intensivligi va hajmini oshirishda izchillik va ketma-ketlik buzilganida kuzatilagn. Yosh sportchi musobaqa tayyorgarligini to‘g‘ri rejalashtirish ham muhim ahamiyatga ega. O‘spirin va yoshlar aksariyat hollarda musobaqalarda ishtirok etib, musobaqa xarakteridagi yuqori yuklamalarni bajaradilar. Albatta, nazorat musobaqa va musobaqalarning o‘zlari zarurdir, chunki ular yosh sportchini musobaqa vaziyatida harakat qilishga o‘rgatadi. O‘z imkoniyatlarini aniqlash imkoniyatini berib, murabbiyga o‘z tarbiyalanuvchisining progressini kuzatish imkoniyatini beradi. Ammo mazkur sharoitlarda ish katta energetik sarf-xarajatlar, yuqori asab va jismoniy zo‘riqish bilan bog‘liqligi va bularning barchasi keyingi uzoq muddatli tiklanishini hisobga olsak, yosh sportchini nazorat musobaqa va

musobaqalarda haddan ziyod tez-tez ishtirok etishi unga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Texnikaning to‘g‘ri asoslari shakllanmaganda ham musobaqalarda ishtirok etish maqsadga muvofiq emas. Musobaqalarni rejalashtirishda asta-sekinlik, izchillik tamoyiliga qat’iy rioya

qilish lozim. Bunda yillar bo‘yicha musobaqalar soni katta yoshli sportchilardan ko‘ra, ancha sekin o‘zgarishi lozim. Istiqbolli rejalarni ishlab chiqishda yosh portchilarning individual xususiyatlarini, ularni tayyorgarlik darajasini batafsil hisobga olib, shundan kelib chiqqan holda, yildagi musobaqalarning muayyan soni haqidagi masalani hal qilish lozim.



Istiqbolli rejani tuzganda, murabbiy mashg‘ulotning ko‘p yillik jarayonini umumiy qonuni bo‘lgan – sport tayyorgarligining rejalashtirayotgan butun davrida natijalarni to‘xtovsiz o‘sishidan kelib chiqishi lozim.
Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə