Bolalar tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni


Sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadi va vazifalari



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə5/10
tarix25.01.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#99296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
JISMONIY MASHQLAR TEXNIKASI

Sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadi va vazifalari:


  • shaxs hayoti va salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatuv-chi omillarni bartaraf etish borasidagi nazariy bilim va amaliy ko`rsatmalarni o`zlashtirishga erishish;

  • kun tartibiga qat’iy amal qilish;

  • muntazam ravishda a chiniqib borish, faol jismoniy harakatni tashkil etish hamda sport bilan doimiy shug’ullanishga erishish;

  • to`g’ri ovqatlanish qoidalarining mohiyati va ahamiyati to`g’risidagi ma`lumotlarni puxta o`zlashtirish va ulardan amaliy faoliyatda foydalanish;



    • atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyat qoidalariga ega bo`lish;



    • turli xildagi jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning oldini olish layoqatiga ega bo`lish;

  • salbiy odatlarni o`zlashtirish (tamaki mahsulotlarini chekish, narkotik moddalar va spirtli ichimliklarni ise’mol qilish)ning rag’bati yuzaga kelmasligini ta`minlash;

  • jins sifatida to`g’ri tarbiyalanish, shaxsiy gigiena qoidalaridan xabardor bo`lish va ularga og’ishmay amal qilish;

  • o`zida yuksak axloqiy sifatlar, kuchli va mustahkam irodani hosil qilishga erishish, shuningdek, psixogigiena talablariga amal qilish;

- hayotning umumiy falsafasi - turmush muammolariga qarshi kurasha olish, milliy istiqlol g’oyasi va mafkura tamoyillariga zid bo`lgan aqidalarga qarshi immunitetni hosil qilish yo`lida nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish va hokazolar (A.Isimova, 2004) dan iboratdir.
Sog’lom turmush tarzini shakllantirishning nazariy, metodologik va fiziologik asoslari. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 23 dekabrdagi yig’lishida Respublika Birinchi Prezidenti I.Karimov «Bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi, hech mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning o`rnimizga kimlar kelishiga, qanday kadrlarni tarbiyalashimizga bog’liq bo`ladi». Keyin esa
«Bizning bolalarimiz bizdan ko`ra yaxshiroq, aqlliroq, donoroq va albatta, baxtli bo`lmog’i kerak», - degan edi.
Yangi jamiyatning zamonaviy tarbiya konsepsiyasi inson shaxsini, ya`ni, barkamol, yetuk, qo`yilgan maqsadga erkin va o`z kuchi bilan erisha oladigan yoshlarni shakllantirishga qaratilgandir. Bu bir tomondan, shaxsning har tomonlama gormonik rivojlanishini, o’yinchi tomondan, uning butun rivojlanishi jarayonida ruhiy, jismoniy, ma`naviy sog’lom o`sishini ta`minlashni o`z ichiga oladi.
Inson hayoti, sog’lig’i eng katta ijtimoiy boyliktdir. Bu oila, maktab va inson tarbiyasi, kamoloti bilan shug’ullanuvchi maskanlar oldiga sog’lom turmush tarzini shakllantirish masalasini ko`ndalang qo’yadi. Millat sog’ligi xam, tabiiy ravishda, sog’lom turmush tarzi orqali hal etiladi.
Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoyev alohida e`tibor berib ta`kidlaganidek: «Xalq sog’lig’ini mustahkamlash muhim vazifalardan biridir, yosh avlodning sog’lig’i haqida qayg’urish xam davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. Bularning, yosh av- lodning sog’lig’iga ta`sir qiluvchi asosiy yo’llarni bilishni, o`quvchilarda sog’lom turmush tarzining shakllantirishning metodologik, psixologik, pedagogik, tibbiy va gigienik asoslarini yaratishni taqozo etadi».
Har bir talaba «salomatlik» tushunchasi; salomatlik omillari; salomatlikni saqlashda organizmning himoyalanishi; valeologiya fani, uning tamoyillari va metodlari to`g’risida bilimlarga ega bo`lishi kerak.
Turmush tarzining o`zi inson yashashi uchun zarur bo`lgan tur-mush sharoitlarini o`zlashtirshp demak. O`zlashtiryup usuliga qarab uni sog’lom turmush tarzi va nosog’lom turmush tarzi deb ajratish mumkin, hamda sog’lom
turmush tarzini shakllanti-rishning rivojlanishi, boshqa fanlar bilan aloqasi, uning maq-sad va vazifalarini uzlashtirishi zarur.

Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə