Bolalarning savod o’rgatish jarayoniga tayyorgarligini o’rganish” mavzusidagi kurs ishi


So'zdagi tovushlami sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo‘g‘inlami sanash



Yüklə 98 Kb.
səhifə11/12
tarix29.09.2023
ölçüsü98 Kb.
#124964
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bolalarning savod o’rgatish jarayoniga tayyorgarligini o’rganish

3. So'zdagi tovushlami sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo‘g‘inlami sanash: Olma — ol-ma; o-l-m-a— to ‘rtta tovush, to ‘rtta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush,ikki bo'g'in .... Bu usuldan o‘quv yilining ikkinchi yarmida va keying sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi. 4. Jarangli va jarangsiz undoshli so'zlarni amaliy taqqoslash: dil-til,zira-sira kabi.Savod o'rgatishda analiz va sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o'qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko'proq o'qish malakasini shakllantiradi.
II. Sintez mashqlari.
1. Tovush tomonidan analiz qilingan so'zni yoki bo'g'inni talaffuz qilish va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so'z yoki bo'g'inni o'qish.
2. O'rganilgan undosh yoki unli bilan (na, ni, no; la, lo, li; ay, uy, oy, ...) bo'g'in jadvalini tuzish; bo'g'in jadvalini kitobdan yoki matndan o'qish; kesma harflardan bo'g'in jadvalini tuzish.
3. Bola-lola-tola, boy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ukki-ikki, osh-ish kabi bir unli harf bilan farqlanadigan so'zlarni o'qish (bunday so'zlarni o'quvchilaming o'zlari topib o'qishlari mumkin).
4. So'zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo'shib, yangi so'z hosil
qilib o'qish: ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, !oy; о ‘roq-so ‘roq; olxol,sol; sava-savat; son-oson; ayiq-qayiq; olti-oltin.
5. So'z o'rtasiga harf qo'shib, yangi so'z hosil qilib o'qish: ko'mak-ko'lmak,zirak-ziyrak, tana-tashna, sila-siyla kabi.
6. Bo'g'inlarni almashtirib yangi so'z hosil qilish va o'qish: Gulnor-Norgul, asil-sila kabi.
7. Tovushlarning o'rnini almashtirib yangi so'zni hosil qilish va o'qish: somon-osmon, tilak-kalit, q o ‘y - yo'q.
8. Tovushni yoki bo'g'inni tushirib qoldirib, yangi so'z hosil qilish va o'qish: anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog‘la-bola.
9. Bo'g'in qo'shib yangi so'z hosil qilish va o'qish: bog'-bog'bon,gul-gulzor, paxta-paxtakor.
Sintetik ishlaming bu usullari tovush ustida ishlashni harf ustida ishlash bilan birga qo'shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo'lib, darsda yarim o'yin holatini vujudga keltirishga imkon yaratadi. Xulosa qilganda, faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib bo'lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi o'rin tutadi. O'quvchi so'zni analiz qilish bilan uni leksik ma’noga ega bo'lgan bir butunlik sifatida anglaydi, bu — sintezdir; so'z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir. Umuman, savod o'rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar tizimi bolaning faol fikrlashini ta’minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina o'quvchilaming bilish mustaqilligini ta ’minlaydi, “muammoli” vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o'stiradi. Tovush-harf tomonidan analiz va sintezni yengillashtiradigan foydali vositalar sifatida kesma harflar, kesma.bo'g'inlar va harf terish taxtasi, shuningdek, abak (harakat qiladigan lentali ko'rgazma), kadoskop, alifbo multimediyasi va shu kabi texnik vositalardan ham foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdek,yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun magnitafon yoki lingofon kabineti xizmat qiladi. Tovushlar artikulatsiyasi, diksiya ustida ishlash. Analiz-sintez ishlari tizimida tovushning o'zini analiz va sintez qilish, tovushni talaffuz qilish vaqtidagi nutq apparati organlarining holati va harakatini kuzatish (analiz) va harf bilan ifodalangan tovush va tovushlar birikmasini talaffuz qilish maqsadida nutq organlarini zarur holatga keltirish (sintez) muhim o'rin tutadi. Masalan, u tovushining analizida til tanglayga tomon baland ko'tariladi, tanglay bilan til orasida torgina bo'shliq qoladi, lablar bir-biriga yaqinlashib yumaloqlashadi, ovoz hosil bo'ladi; r tovushining sintezida og'iz ozroq ochiq, tishlar orasida bo'shliq bo'ladi, lablar ozgina kengroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglay (tepa)ga tomon baland ko'tarilgan holatda; ovoz eshitiladi, o'tayotgan havo kuchi bilan tilning uchi titraydi. Sinfda barcha tovushlarning artikulatsiyasi (hosil bo'lishi)ni ko'rsatib bo'lmaydi. Masalan, qorishiq portlovchilar (ch, j ), chuqur til orqa (q, g`, x), bo'g'iz tovushi (h) artikulatsiyasini ko'rsatish qiyin. Ammo bunday tovushlarning hosil bo'lishini tushuntirish uchun o'qituvchi,o'quvchilar diqqatini jalb qilgan holda, tovushni talaffuz qilib ko'rsatadi, so'ngra o'quvchilar talaffuz qiladilar. Bunday usulni bir necha bor takrorlagan ma’qul. Diksiya ustida ishlash o'quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq,jarangdor bo'lishiga erishishdir. U savod o'rgatish uchun ham, ifodali o'qish, orfoepik va orfografik malakani, xushovozlik ko'nikmasini o'stirish uchun ham juda muhimdir. Yaxshi diksiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog'liq, shuning uchun diksiyani o'stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligini oshirishga qaratiladi.
Diksiya ustida ishlashda quyidagicha mashq turlaridan foydalanish mumkin:
1. Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan, sara-shira-sara-shira kabi so'zlarni ovozni to qichqiriqqacha balandlatib, so'ngra esa ovozni to shivirlashgacha pasaytirib talaffuz qilish.
2. Talaffuz tempini mashq qilish. Shu sara-shira kabi so'zlarni sekin talaffuz qilib, tempni asta tezlashtira borish.
3. Ayrim undosh tovushlami, ayniqsa, o'quvchilar qiyinchilik bilan yoki noto'g'ri talaffuz qiladigan so'zlarni qayta talaffuz qilish mashqi.
4. Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish.Buning uchun tez aytishlardan foydalaniladi. Misol: Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish.Bolalarni so'zlayotganda to'g'ri nafas olishga, tovushlami to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish zarur. Ba’zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga uyaladilar. Bunday vaqtda tovushni, so'zni xor bilan talaffuz qildirish, xor bilan o'qitish, tez aytishlarni xor bilan ayttirish foydalidir. Savod o'rgatish davrida o'quvchilar nutqini o‘stirish Boshlang'ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilar nutqini o'stirishdir. Nutq o'stirish uch yo'nalishda: so'z ustida ishlash, so'z birikmasi va gap ustida ishlash, bog'lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan.Savod o'rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo'nalish bo'yicha ish olib boriladi. Ona tilidan olib boriladigan ishlaming hammasi, shu jumladan savod o'rgatish ham o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stirish bilan bog'liq holda uyushtiriladi. Savod o'rgatish davridagi ishlaming miqyosi keng bo'lib, ekskursiyalar, bolalaming kuzatishlari, predmet va sujetli rasm yuzasidan suhbat va shu kabilar bilan bog'lanadi. Bu davrda o'quvchilar nutqini o'stirishning vazifalari quyidagilardan iborat:
1) o'quvchilar nutqidagi kamchiliklami to'g'rilash;
2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog'liq holda lug'atini boyitish

XULOSA
Maktabda savod o’rgatish jarayoni juda muhim ahamiyatga ega jarayon hisoblanadi,chunki ayni shu davrda bolalarda yozish va o’qish ko’nikmasi shakllanadi.Bolalarga savod o’rgatish pedagogika fanidagina emas,balki ijtimoiy hayotda ham jiddiy masalalardan hisoblanadi.Chunki xalqning savodxonligi mustaqillik uchun , siyosiy onglilik uchun , madaniyat uchun kurash qurolidir.Shu sababli mustaqil O’zbekiston respublikamizda har bir kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Maktabda o'qitishelementar o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi. ,,Alifbe“ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o'quvchilar o'qish va yozishga o'rgatiladi. ya’ni o'qish va yozish ko'nikmasini egallaydilar.Savod o'rgatish davrida o'qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o'qish va yozish ko'nikmasi deyiladi.Bu ko'nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko'nikma bilimsiz shakllanmavdi. Bilim ko'nikmaga aylanmagan bo'lishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o'quvchi harflami tanib, ularni o'qiy olmasligi mumkin. Yozish ko'nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to 'g 'ri o'tirish, ruchkani barmoqlar orasida tulish,daftarni qiyalikda qo'yish kabilar ham o'rgatiladi.Bolаgа bir turdаgi tuzilmаlаrdаn foydаlаnmаgаn holdа sо‘zlаrning tо‘g‘ri tаrtibini qо‘llаshni о‘rgаnishdа yordаm berаdigаn mаshqlаrgа аlohidа e’tiborni qаrаtish zаrur.Muhimi, bolаdа gаp tаrkibi hаqidа vа hаr xil turdаgi gаplаrdа leksikаdаn tо‘g‘ri foydаlаnish hаqidа oddiy tаsаvvurlаr shаkllаnsin. Buning uchun bolаlаrgа gаpdа sо‘zlаrni biriktirishning turli usullаrini, sо‘zlаr о‘rtаsidаgi аyrim mаzmunli vа grаmmаtik bog‘liqliklаrdаn foydаlаnishni hаmdа gаpni intonаsion jihаtdаn rаsmiylаshtirishni о‘rgаtish zаrur.Bolalar aniq va tushunarli so’zlaydigan, iboralar, so’zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya'ni yaxshi diksiyaga ega bo’lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtiradilar. Ko’pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo’ladi, ular tovushlar va so’zlarni og’izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.Pedagog talaffuzning adabiy me'yorlariga rioya qilishi, o’z nutqida turli shevalar, mahalliy so’zlashuvlar ta'sirini bartaraf etishi, so’zlarda urg’uni to’g’ri qo’yishi lozim. ―Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir‖ – degan edi buyuk allomalarimizdan biri. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda egallangan bilimni kelgusidagi bilimlar uchun poydevor deb atasak, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa, qurilajak imorat ham shunchalik ko‘p yil, balki asrlarga ham asqotadi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim- tarbiya beruvchi o‘qituvchiga juda ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi.Hozirgi zamon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi erkin fikrli keng dunyoqarashli, izlanuvchan, intiluvchan, yangiliklarni tezda ilg‘ab oluvchi va innovatsion texnologiyalardan boxabar bo‘lishi lozim.Shundagina u ko‘zlagan maqsadiga yetishadi.Ona tili darslarida imloviy bilimlarni takomillashtirishning samarali metod va usullarini tanlay bilish hozirgi kun tilshunoslik ta‘lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifadir.O‘quvchilarda imloviy bilimni shakllantirishni savod o‘rgatish davridanoq boshlagan ma‘qul. Chunki, bu bilimlar ta‘limning keyingi bosqichlari uchun zarur bo‘ladi. Shuningdek, imloga oid tushunchalarni faqatgina ona tili darslarida emas, balki o‘qish, matematika, tabiatshunoslik, musiqa, odobnoma va boshqa darslarda ham kerakli o‘rinlarda shakllantirib borilsa, ko‘zlangan natijaga erishish mumkin.O‘quvchilarning imloviy bilim va tushunchalarini rivojlantirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi.Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta‘limning yangi-yangi yo‘l va usullarini izlashi, ilg‘or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Ona tili darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, yangi metodlardan samarali, unumli va o‘rinli foydalanish kutilgan natija beradi.Chunki, yangi pedagogik texnologiyaning har bir ko‘rinishi bolani fikrlashga, o‘z shaxsiy munosabatlarini izhor qilishga, ijod qilishga undaydi.Ayniqsa, ―Klaster‖, ―Bumerang‖, ―Aqliy hujum‖, ―Dumaloq stol‖, ―Muammoli vaziyat‖ kabi yangi pedagogik texnologiyalardan unumli va o‘z vaqtida foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.O‘quvchilarning imloga oid bilimlarini aniqlashda diktant va bayonlarning ahamiyati ham juda katta. Chunki, diktant va bayonlar o‘tilgan mavzular yuzasidan olingan bilimlarni yaqqol aks ettirguvchi ko‘zgudir.Tekshiruv diktantlari yozdirayotganda o‘qituvchi o‘tilgan mavzularga oid, imloga oid tushunchalarni aytib, ogohlantirib o‘tishi lozim.Bayonlar ham o‘quvchilarning imloviy bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Bayonlar, diktantlardan farqli o‘laroq, o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga, erkin, mustaqil fikrlay olishga, ijodiy faollikni ta‘minlashga xizmat qiladi.Yuqorida sanab o‘tilgan omillarni hisobga olgan holda, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga quyidagicha tavsiyalar berish mumkin: - ona tili darslarida o‘quvchilarning imloga oid bilimlarini takomillashtirishning eng maqbul usul va metodlarini ishlab chiqish; - fanlararo integratsiyani to‘g‘ri tashkil etish, ya‘ni nafaqat ona tili darslarida, balki matematika, o‘qish, musiqa, odobnoma va shu kabi o‘quv fanlarini o‘tayotganda ham imloga oid tushunchalarni shakllantirib borish; - tekshiruv diktantlari va bayonlar vositasida o‘quvchilarning imloga doir bilimlarini mustahkamlash, tekshirish, lozim bo‘lsa, qo‘shimcha darslar tashkil etish; - an‘anaviy dars o‘tish tizimini inkor etmagan holda, innovatsion usullardan foydalanib, darslarni yanada qiziqarliroq , yanada samaraliroq o‘tkazish va bu orqali o‘quvchilarni bilimga chanqoq, keng dunyoqarashli va erkin fikrlovchi insonlar bo‘lib yetishishlariga imkon yaratish; - ona tili darslarida o‘quvchilarning aylanma daftaridan tashqari, kichik ―Imlo lug‘ati‖ daftarini ham tashkil etish, bu daftarda imlosi qiyin va biroz tushunarsiz bo‘lgan so‘z va iboralarini qayd ettirib borish; - o‘quvchilarda imloviy bilim va malakalarni hosil qilish uchun, o‘z navbatida o‘qituvchi ham tinimsiz izlanish, yangiliklardan boxabar bo‘lib turish, o‘z ustida ishlash, o‘quvchilar bilan individual va jamoaviy ishlash, ta‘lim yangiliklariga oid turli konferensiya, seminar va yig‘inlarda ishtirok etib borishi lozim bo‘ladi. Umuman olganda, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalariga rioya qilish, nafaqat o‘quvchilarning, balki shu yurt tuprog‘ida yashayotgan, jozibali tilimizda biyron-biyron so‘zlayotgan har bir fuqaroning burchidir. Imlo qoidalari biz uchun xuddi yo‘l belgilaridek bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘quvchilarni bolalikdanoq bilimli, salohiyatli va aqli raso qilib tarbiyalash lozim. Shundagina, har qadamda, bot –bot duch keladiganimiz – imloviy xatoliklarning birmuncha oldi olinardi, deb o‘ylayman.



Yüklə 98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə