Bo’linish alomatlari


Son tushunchasini kengaytirish



Yüklə 114 Kb.
səhifə5/5
tarix11.12.2023
ölçüsü114 Kb.
#146477
1   2   3   4   5
Boʻlinish alomatlari

Son tushunchasini kengaytirish

Natural sonlar va noldan tashqari kasr sonlar, butun sonlar, ratsional sonlar, irratsional sonlar, haqiqiy sonlar mavjud. Son tushunchasining kengayishi jarayonidagi dastlabki to’plam natural sonlar to’plami N bo’ladi. Juda qadim zamonlarda paydo bo’lgan natural son tushunchasi ko’p asrlar davomida kengaydi va umumlashtirildi. Miqdorlarni aniqroq o’lchashga bo’lgan talab musbat kasr sonlar tushunchasiga olib keldi. Manfiy sonlar tushunchasining paydo bo’lishi tenglamalarni yechish va nazariy izlanishlar bilan bog’liq. Manfiy sonlarning kiritilishi bilan butun sonlar to’plami Z da, hamda ratsional sonlar to’plami Q da nol soni teng huquqli songa aylandi. Bizning eramizgacha V asrda Pifagor maktabida musbat ratsional sonlar kesmalar uzunliklarini aniq o’lchash uchun yetarli emasligi aniqlangan va keyinroq bu muammo hal qilingandan keyin irratsional sonlar paydo bo’lgan. XVI asrda o’nli kasrlarning kiritilishi bilan haqiqiy sonlarga qadam qo’yildi. Haqiqiy sonlar tushunchasi sonlar qatorining oxirgisi emas.




Kasr tuhunchasi

Kasrlarning paydo bo’lish tarixi miqdorlarni o’lchash bilan bog’liq. Masalan, kesma uzunligini o’lchashda kasrlarning paydo bo’lishini aniqlaymiz. a kesma va e birlik kesma berilgan bo’lsin, bunda e kesma har biri e1 ga teng bo’lgan n ta kesma yig’indisi. Agar a kesma har biri e1 ga teng m ta kesmadan tuzilgan bo’lsa, uning uzunligi ko’rinishda bo’lishi mumkin. belgi kasr deyiladi. Unda m va n – natural sonlar. Bu belgi quyidagicha o’qiladi: “n dan m”.


n kasrning maxraji, m kasrning surati.
Agar kasrning surati maxrajidan kichik bo’lsa, bunday kasrga to’g’ri kasr, agar kasrning surati maxrajidan katta yoki unga teng bo’lsa, bunday kasrga noto’g’ri kasr deyiladi.
Ta’rif: e uzunlik birligida bitta kesmaning uzunligini ifodalovchi kasrlar teng kasrlar deyiladi. Masalan, va kasrlar e uzunlik birligida bitta kesmaning uzunligini ifodalaydi. Shuning uchun ular teng. =
va kasrlar teng bo’lishi uchun m∙q=n∙p bo’lishi zarur va yetarlidir.
Kasrning asosiy xossasi:
Agar berilgan kasrning surat va maxraji bir xil natural songa ko’paytirilsa yoki bo’linsa, berilgan kasrga teng kasr hosil bo’ladi.
Bu xossadan kasrlarni qisqartirish va umumiy maxrajga keltirish tushunchalari kelib chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. L.P.Stoylova, A.M.Pishkalo Boshlang’ich matematika kursi asoslari. "O’qituvchi", 1991.

  2. N.Ya.Vilenkin. Matematika M., 1977.

  3. O.Xudoyberganov. Matematika T., 1980.

  4. N.N.Lavrova, L.P.Stoylova. Zadachnik-praktikum po matematiki M., 1985.

  5. R.Ibrohimov. Matematikadan masalalar to’plami. T., 1995.

  6. www.Ziyonet.uz

Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə