|
Book · January 013 citation reads 419 1Ma’naviyatni yuzaga keltiruvchi omillarni ekologik fanlarda aks ettirish
|
səhifə | 118/144 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 4,14 Mb. | | #139862 |
| Ekologiyanazariyasi
Ma’naviyat
ko‘rsatkichlari
|
O‘quv kursi
mavzulari
|
Aytilishi yoki
ko‘rsatilishi lozim
|
89 I. Karimov. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». – T.: «Ma’naviyat», 2008. 30-b.
90 I. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008. 30-b.
|
|
bo‘lgan materiallar
|
Ma’naviy meros omillari
|
Ma’naviy merosni ardoqlash
|
|
|
Urf-odatlar va an’analarga sodiq qolish
|
|
|
Diniy qadriyatlarni ardoqlash
|
|
|
Madaniy va moddiy boylik omillari
|
Davlat va ona tiliga bo‘lgan e’zoz
|
|
|
O‘z xalqiga bo‘lgan mehr-muhabbat
|
|
|
Vatanparvarlik hissi bilan yashash va
o‘z yurti bilan faxrlanish
|
|
|
Ona yeriga va atrof-muhitga bo‘lgan muhabbat
|
|
|
Yaratilgan moddiy, jumladan tarixiy boyliklarni saqlash
|
|
|
Tarixiy omillar
|
Vatan tarixini bilish
|
|
|
Buyuk allomalardan o‘rnak olish
|
|
|
Tarixiy obidalar haqida tasavvurlarga ega
bo‘lish
|
|
|
Qadimdan shakllangan milliy ta’lim-tarbiyaning ijobiy xususiyatlarini saqlash
|
|
|
Kelajakka ishonch omillari
|
Yurtimizda bo‘layotgan davriy o‘zgarishlarga
ijobiy baho bera olish
|
|
|
Iftixor tuyg‘usi orqali o‘zga yurtlar bilan qiyosiy tasavvurga ega bo‘lish
|
|
|
Iqtisodiy, ijtimoiy, sotsial salohiyatini ko‘ra
bilish
|
|
|
Barkamol avlodni shakllantirish
|
|
|
Yettinchidan, olingan tajriba va natijalarni ilmiy yoki publitsistik maqola sifatida keng ommalashtirish. Xuddi shu maqola singari har bir ekolog o‘z fanini ma’naviyat ko‘rsatkichlariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqishi, ta’lim jarayonida erishilgan yutuqlar va kamchiliklar haqida konstruktiv, ya’ni muammolarning yechimini topish taklifi bilan chiqadigan maqolalarni ommaviy axborot vositalari orqali keng pedagoglar jamoasiga yetkazish. Buning uchun respublika va viloyat miqyosidagi gazetalarda «Ma’naviyat va ekologik ta’lim», «Yuksak ma’naviyatli o‘quvchi–talaba–tinglovchi qanday bo‘lmog‘i kerak» kabi maxsus ruknlarni ochish va unga nisbatan «aks sado» debatlarini shakllantirish, teleko‘rsatuv va radioeshittiruvlarda chiqishlar qilish lozim.
Sakkizinchidan, tegishli ekologik faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha seminar mashg‘ulotlari, konkurs hamda tanlovlarni o‘tkazish. Respublika va mahalliy miqyosdagi anjumanlarning kun tartibiga yoki ish rejasiga
«Ekologiya va ma’naviyat», «Ekologik ta’lim va ma’naviyat» kabi masalalarni kiritish kerakdir. Rejalashtirilayotgan ekologik fan va ta’lim konferensiyalarining maxsus ruknlarini: «Yuksak ma’naviyatli ekolog qanday bo‘lmog‘i kerak?», «Ekologik ta’limda ma’naviyat ko‘rsatkichlari» kabi nomlar bilan atash maqsadga muvofiqdir. Yuqorida aytib o‘tilgan ijtimoiy fan pedagoglari uchun O‘zMUda o‘tkazilgan seminarga o‘xshash ekologik fanlar pedagoglari uchun ham Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarini ekologik ta’limda o‘qitish masalasiga bag‘ishlangan maxsus seminarni tashkil etish juda dolzarb masaladir.
Xulosa qilib aytganda, ekologik ta’limda davlatimizning millat va jamiyat rivojidagi ijobiy ishlari, turli sohada erishayotgan yutuqlarini yoki siyosatini o‘z vaqtida bevosita, juda bo‘lmaganda bilvosita tarzda aks ettirish ekologiyaning ijtimoiy nufuzini so‘zsiz oshiradi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, fan, jumladan ekologiya – insoniyat madaniyatining eng qadimiy, eng muhim va murakkab tarkibiy qismlaridan biri. Bu yana, insonga o‘zining o‘sib boruvchi moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatni qayta o‘zgartirish va unga moslashish imkonini beruvchi inson bilimlarining turfa xil ko‘rinishli butun bir dunyosidir. Bundan tashqari yangi bilimlarni yaratishga yo‘naltirilgan tadqiqot faoliyatining murakkab tizimi hamdir.
Jamiyat moddiy madaniyatining katta qismi bo‘lgan fan, avvalambor, tabiiy fanlar yutuqlari negizida yaratilgan. Dunyoning ilmiy manzarasi hamisha inson konsepsiyasining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan. Tabiatni ilmiy tushunish, ayniqsa hozirgi davrda, insonning ichki ma’naviy dunyosining mazmunini: o‘zini namoyon qilishi, tuyg‘ulari, tashvishlari, uning ehtiyojlari va qiziqishlarini mohiyatan belgilaydi deb hisoblaymiz. Shunday ekan, jamiyat uchun sog‘lom g‘oya, sog‘lom mafkurani shakllantirishda ilm, fan va madaniyatning barcha sohalari yutuqlaridan oqilona foydalanishimiz zarur.
Ekologik fanlarning o‘z oldiga qo‘ygan predmeti bilan teng ravishda mafkuraviy g‘oyalar, fan va ta’limdagi
yangicha yondashuvlar ham bevosita izlanish va o‘qitish predmeti bo‘la oladi.
Bugungi kunda fan-texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanib, inson va tabiat o‘rtasidagi tabiiy muvozanat buzilayotganligi oqibatida atrof-muhitga katta ziyon yetkazilmoqda. Ona tabiatga istiqbolni ko‘zlab munosabatda bo‘lish, kelajak avlodga uni go‘zal va tabiiyligicha qoldirish – bugungi kunning muhim vazifasi. Tabiatga nisbatan inson qanchalik salbiy munosabatda bo‘lsa, tabiat ham insonga nisbatan aynan shunday javob qaytaradi. Har bir inson ongida ekologik madaniyat qay darajada shakllansa, jamiyat ham shu darajada taraqqiy etadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|