Davlat tilida ish yuritish fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 222,18 Kb.
səhifə1/4
tarix24.06.2023
ölçüsü222,18 Kb.
#118844
  1   2   3   4
UMAROV BEHRUZNING Davlat tilida ish yuritish fanidan




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
­­­­­­­­­­­­­­­IQTISODIYOT TURIZM FAKULTETI
IQTISODIYOT YO‘NALISHI
3-KURS 318-GURUH TALABASI
UMAROV BEHRUZNING
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH
FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI




TERMIZ – 2022

Xatlar tuzilishida dizaynni qanday o’rni bor
Reja:

  1. Rasmiy va shaxsiy xat, ularning farqlari

  2. Xat yozish birligi: vazifalari, tuzilishi, ahamiyati

Mavzuga davlat ta’lim standartlari tomonidan qo’yilgan talablar O’zbek hujjatchilik tarixini bilish. Rasmiy xatning shaxsiy xatdan farqini bilish.


Darsning maqsadi: O’zbek hujjatchilik tarixi, hijjat turlari haqida rasmiy va shaxsiy xatlar orasidagi farqni tishuntira olish.
Tarbiyaviy o’zbek xalqi tarixiga va qonunchiligiga huemat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi (Dunyoqarashni shakllantirish)hujjatchilik haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Darsning turi-Yangi bilimlarni o’zlashtirish.
Darsning metodi (uslubi)—Maruza,suhbat, test.
Fanlar aro bog’lanish(fanning nomi va usuli)Huquq, Kasbiy fanlar tarix, adabiyot, ona tili.
Xatlar juda xilma-xil bo'lib, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjat sanaladi. Xat orqali bajariladigan masalalar ko'lami juda keng bo'lib, bunday yozishmalar vositasida turli ko'rsatmalar so'rovlar javoblar tushuntirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi.
Xatlar rasmiy va shaxsiy bo'lib ulardan quyidagi o'rinlarda foydalaniladi.
Rasmiy xatlar tashkilotda ish yuritish jarayonida qo'llaniluvchi hujjatlarning umumiy miqdoriga nisbatab 80% ni tashkil etadi.
Xizmat xatlari xususiyatlarga ko'ra o'zaro farqlanadi.Xatlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin.
1 Javob xatni talab qiluvchi xatlar(da'vo xatlar, so'rov xatlar, iltimos xatlar)
2 Javob xatni talab qilmaydigan xatlar(ilova xat, eslatma xat,tasdiq xat, axbarot xat, kafolat xat va boshqalar).
Ushbu xatlar ma'lum bir maqsadda yoziladi: kafolat xatlarda-kafolatberish ifodalansa , ilova xatlarda-xatga ilova qilinayotgan hujjatlar haqida axborot beriladi.Biroq shunday xatlar borki aynan bir xat mazmunidaham kafolat berish ham iltimos, ham eslatish ma'nolari ifodalaniladi.
Rasmiy xatlar bosma ish qog'ozlariga yoziladi. Xat agarda oddiy qog'ozga yozilsa uning chap tomonidagi yuqori burchagiga xat jo'nataytgan muassasa nomi ko'rsatilgan to'rtburchak muhr qo'yiladi.
Har qanday rasmiy xati mantiqiy jihatdan o'zaro bog'liq uch qismdan iborat bo'ladi.
Xatning birinchi (kirish) qismida, odatda xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga majbur etuvchi asosiy sabab ko'rsatiladi.
Ikkinchi qismida xatda qo'yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi.
Xatning uchinchi (xulosa) qismida esa xat yozishdan ko'zlangan asosiy maqsad ifodalaniladi.
Qoidaga ko'ra xizmat xatlari bir betdan oshmasligi lozim.
Xizmat xatlari ikki nusxada yoziladi va imzolanadi.
Birinchi nusxa jo'natilib ikkinchi nusxa muassasaning o'zida saqlanadi.
Xizmat xatlari matnidan so'ng xatga imzo chekuvchi rahbar lavozimining nomi aniq ko'rsatilishi kerak.
Hujjat muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Xatda bayon qilingan masalalar bo'yicha javobgarlik bir necha shaxs zimmasiga yuklatilgan bo'lsa imzolar soni ikki va undan ortiq bo'lishi mumkin.
Xizmat xatlari vazifasi va mazmuniga ko'ra bir necha turga bo'linadi.
Hozir shulardan ayrimlari bilan tanishib o'tamiz.
Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlarni o'z ichiga oladi.
1.O'zR ger .
2.Muassasaning ramziy belgi(emblema)si.
3.Mukofotlar.
4.Vazirlik,boshqarma ismi.
5.Tashkilot nomi.
6.Bo’linma nomi.
7.Tasniflagich bo’yicha hujjatning xos raqami.
8.Muassasaning xos raqami.
9.Pochta telegraf adresi, bankdagi hisob-kitob raqami.
10.Sana.
11.shartli raqam(indeks).
12.Kelgan hujjat shartli raqami.
13.Hujjatning kelish sanasi.
14.Hujjat jo’natiladigan adres(xat oluvchi muassasaning nomi).
15.Munosabat belgisi(rezolutsiya).
16.Nazorat haqida belgi.
17.Matn sarlavhasi(xatning qisqacha mazmuni).
18.Matn.
19.Ilovalar haqida belgi.
20.Imzo.
21.Rozilik belgisi(viza).
22.Kelishuv haqida belgi.
23.bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami.
Axborot xat namunasi.

Darsliklar bilan ta’minlash haqida.


“O’qituvchi”nashriyoti o’zbek tilida o’quvchilar uchun quyidagi darsliklarni nashrdan chiqarilganligini sizga ma’lum qiladi:
“Jahon tarix”-7-sinf uchun
“Jahon tarix”-10- sinf uchun
“Umumiy biologiya”10-11-sinflar uchun
K.Abdullayev.”Yozishni o’rganamiz”.
Ushbu darslik va kitoblarni yetkazib borish uchun tegishli nusxada buyurmalr qabul qilinadi.
Ulgurji xaridorlarga darsliklarni sotib olishga chegirma (skedka)beriladi.

Shaxsiy xatlar-kishilar o’rtasidagi fikr mulohazalarni, ichki his tuyg’ularni, dard alam, hayotiy kechinmalarni bayon qilishda keng qo’llaniladi.
Shaxsiy xatlar badiiy adabiyotlarda keng qo’llaniladi.
Shaxsiy xatlar rasmiy xatlardan quyidagi belgilari bilan farq qilinadi.
Rasmiy xatlarda zaruriy qismlari mavjud bo’ladi.
Shaxsiy xatlar esa quyidagicha yoziladi.A.Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanidagi Otabekning Mirzakarim qutidor yozgan ushbu xatini keltiramiz.
Muxtaram qayn otamizga!
Siz bilan meni qorong’u zindonlarga tushirib dor ostilarigacha toprtgan buning ila o’zining vaxshiyona tilagiga yeta olmagan keyin mrning tilimdan soxta taloq xati yozib darvoza yonidagi haydattirishiga muvaffaq bo’lgan va bir gunohsizniu shahid etgan Homid ismli bir to’ng’izni nihoyat ikki yillik sargardonlik so’ngida yordamchilari bilan tuproqqa qorishishga muvaffaq bo’ldim... Sizni shonli hovlingizni yonida voqe bo’lgan bu kurash albatta sizni va uy ichingiz ham yor do’stlaringizni anchagina tinchsizlikka qo’ygan bo’lsa kerak... Sizdan bu ulug’ gunohi uchun avf so’rab haydalgan o’g’lingiz- Otabek Yusufbek hoji o’g’li??
Xatdan ko’rinib turibdiki ikki yillik hijron azobini boshidan o’tkazgan qanchadan-qancha voqealar bayon etilgan.
Bizga ma’lumki Navoiy davrida ham xatlarning o’rni juda katta bo’lgan.
Navoiy Husayn Boyqaroga yozgan xatlarida, mamlakatni idora qilishning o’sha zamon uchun eng ajoyib va demogiratik usullarni tavsiya qiladi.Mazlumlarning arzu dodiga yetish, zolimlarni ish boshidan haydash, maktablar ochish, mamlakat iqtisodiyotini oyoqqa bostirish uchun savdo ishlarini rivojlantirish, poraxo’rlarga qattiq jazolar berish, fisq majlislarga hirs qo’ymaslik, qimorxona, ichkilikxonalarni yopishni talab qiladi. Navoyining shu xatlardan ba’zi namunalarni ko’raylik.
“Erta bilan xaramdan chiqqach, devonda o’tirib dodhox surilsa dog’i dodhox surarda o’zlik bilan mashg’illik qilinsa, agar mazlumga birovdan zulm o’tgan bo’sa zolimlarga mujibu intihoh bo’lsa”.
“Atrof- javonidan dog’i elning ariza doshti kelsa bor uzanur elni ko’p to’xtatilmasa. Har qaysisiga o’z holiga ko’ra iltifot qilinsa”.
“Yana ulkim, Majlis qurib chag’ir icharga ko’p hirs ko’rsatilmasa”.
“Ov va qushga mashg’ullik qilmoq ko’p bo’lmasa”.
“Devonbeklarga hukm qilinsakim, har kun devonda o’tirib, musulmonlar ishini bitirsalar”.Bu kunki ishni tonglag’a qo’masala”.
“Shaharni idora qilish ishiga yaxshi e’tibor qilinsa.Andohkim, sharobxona, baytullutf, qimorxona bularga o’xshash nomashru ishlarni man qilinsa”.
VI. Mustahkamlash uchun savollar.
1.Rasmiy va shaxsiy xatlar o’rtasida qanday farq bor.
2.Javob xatni talab qiluvchi xatlarga nimalar kiradi.
3.Ilova,tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat qanday xat hisoblanadi.
4.Shaxsiy xat deganda nimani tushunasiz.
5.Siz shaxsiy xat yozganmisiz va qanday mavzuda.Misollar keltiring.
6.Badiiy adabiyotda uchragan shaxsiy xatlardan na’munalar keltiring.

  1. Xat yozish birligi: vazifalari, tuzilishi, ahamiyati


Yüklə 222,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə