Ekologik tarbiyaga yo‘naltirilgan sanalar
|
|
11-yanvar
|
Qo‘riqxona va milliy bog‘lar kuni
|
2- fevral
|
Butunjahon suv-botqoqlik joylari kuni
|
19-fevral
|
Dengiz sutemizuvchilarini himoya qilish kuni
|
14-mart
|
To‘g‘onlarga qarshi Xalqaro harakatlar kuni
|
21-mart
|
Navro‘z bayrami
|
22 -mart
|
Butunjahon suv (suv resurslarini muhofaza qilish) kuni
|
1-aprel
|
Xalqaro qushlar kuni
|
7-aprel
|
Butunjahon salomatlik kuni
|
15-aprel
|
Ekologik bilimlar kuni
|
18–22-aprel
|
Bog‘lar marshi kunlari
|
22-aprel
|
Xalqaro Yer kuni
|
24 aprel
|
Butunjahon laboratoriyadagi hayvonlarni himoya qilish kuni
|
1–10-may
|
Qushlarni kuzatish bo‘yicha bahoriy o‘n kunlik
|
3-may
|
Quyosh kuni
|
12-may
|
Ekologik ta’lim kuni
|
15-may
|
Xalqaro iqlim kuni
|
15-maydan 15-iyungacha
|
Kichik daryolar va suv havzalarini himoya qilish bo‘yicha harakat kunlari
|
22-may
|
Xalqaro biologik xilma-xillik kuni
|
5-iyun
|
Butunjahon atrof-muhit kuni
|
8-iyun
|
Butunjahon okeanlar kuni
|
17-iyun
|
Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni
|
11-iyul
|
Xalqaro aholi kuni
|
|
|
2-avgust
|
O‘zbekiston ekologik harakati tashkil topgan kun
|
11-sentabr
|
Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi tashkil etilgan kun (WWF)
|
1- sentabr
|
Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni
|
22-sentabr
|
Butunjahon avtomobilsiz harakatlanish kuni
|
25-sentabr
|
Butunjahon dengiz kuni
|
27-sentabr
|
Xalqaro turizm kuni
|
4-oktabr
|
Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni
|
6-oktabr
|
Xalqaro yashash muhitlarini muhofaza qilish kuni
|
Oyning ikkinchi chorshanbasi
|
Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni
|
29-noyabr
|
Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamiyati kuni
|
3-dekabr
|
Xalqaro pestitsidlarga qarshi kurash kuni
|
11-dekabr
|
Xalqaro tog‘lar kuni
|
Taklif etilayotgan fazilatlarning asosiy maqsadi XXI asr sivilizatsiyasi darajasiga va tabiatga xavf tug‘diruvchi kuchli antropogen ta’sirlarga mos keladigan yangicha odob va axloqqa asoslangan ekologik dunyoqarashni tarbiyalashdan iboratdir.
Ekologik ta’limdan barqaror rivojlanish ta’limi sari
Barqaror rivojlanish ta’limi – barqaror rivojlanish bilan bog‘liq aholining ekologik va axloqiy xabardorligi, qadriyatlar va amaliy yondashuvlar, ko‘nikmalar (BMT Sammiti. Rio-de-Janeyro, 1992). «Barqarorlik konsepsiyasi nafaqat ekologiya, balki qashshoqlik, aholishunoslik, salomatlik, oziq-ovqat xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari masalalari bilan bog‘liq. Barqarorlik madaniy turfa xillik va an’anaviy bilimlarni e’tirof etuvchi axloqiy tushuncha» (YUNESKO anjumani, Saloniki, 1997-yil). Barqaror rivojlanish ta’limi tushunchasi ekologik ta’limdan farqlanadi. Agarda ekologik ta’lim – ekotizimlarni muhofaza qilish, ularning tabiiy resusrlaridan oqilona foydalanish va buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash masalasiga qaratilgan bo‘lsa, BRT ijtimoiy hayot, iqtisodiyot va atrof tabiiy muhit bilan uzviy bog‘liqligiga o‘z e’tiborini qaratadi (9.5.1-rasm). Barqaror rivojlanish ta’limining asosiy g‘oyasi – ijtimoiy faoliyatga jalb etilgan va muammolarni yechishda ishtirok etayotgan fuqarolarni tarbiyalash (BMT Sammiti, Yoxannesburg, 2002 - yil).
9.5.1-rasm. Barqaror rivojlanish va ta’lim.
Barqaror rivojlanish ta’limi bo‘yicha YUNESKOning xalqaro anjumani (2009-yil 31-mart–2-aprel Bonn, Germaniya) bo‘lib o‘tdi. Bonn deklaratsiyasida davlat siyosati va amaliyot doirasida quyidagi vazifalar belgilandi (9.5.2-rasm). Inson rivojlanishi va fuqarolik jamiyati faolligi global muammolarni hal qiluvchi asosiy omildir (YUNESKO anjumani, Gamburg, 1997-yil).
Barqaror rivojlanish ta’limi bo‘yicha turli davlatlarda mahalliy sharoitga moslashtirilgan tarzda quyidagi ishlar qilindi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: |