279
Soliq tizimi
- mamlakat doirasida (hududida) to’lovchilardan (yuridik va
jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa
to’lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari yig’indisi.
Ssuda
(rus.) – moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to’lash va qaytarib berish
sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik.
Ssuda kapitali
– vaqtincha foydalanib qaytarish, ma’lum foiz haq to’lash
sharti bilan qarzga beriladigan pul kapitali. Ssuda kapitalining iqtisodiy ma’nodagi
o’ziga xos xususiyati shundaki, u foiz ko’rinishida foyda keltiradi.
Subventsiya
(lot. subvenire – yordamga kelmoq) – markaziy organlar
tomonidan
muayyan tadbirni, ob’ektni maqsadli moliyalash uchun ajratiladigan pul
nafaqasi. Maqsadli foydalanish talablari buzilganda subventsiya uni bergan organ
tomonidan qaytarib olinadi. Davlat ma’qullagan iqtisodiy
va madaniy rivojlantirish
dasturlari, loyihalari subventsiya orqali pul bilan ta’minlanadi.
Subsidiya
(lot. subsidium – yordam, nafaqa, qo’llab-quvvatlash) – davlat
byudjeti, mahalliy byudjetlar mablag’lari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik
shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablag’i yoki
natura shaklidagi yordam. Subsidiyalar davlat tomonidan
qaytarib olmaslik sharti
bilan ajratiladi.
Sug’urta
– 1) tabiiy ofatlar, har xil baxtsiz hodisalar ro’y berishi natijasida
ko’rilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari to’lash
uchun maqsadli pul
jamg’armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy
munosabatlar tizimi; 2) yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta
mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta
hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta
tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish.
Dostları ilə paylaş: