278
iqtisodiy adabiyotlarda sarmoya investitsiya deb ham ataladi.
Sinditsiyalashtirilgan kredit
– bir necha
banklar tomonidan yirik
investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash.
Smeta
(rus.) – oldindan tuzilgan kirim-chiqim hisobi. 1) xarajatlar smetasi –
mahsulot ishlab chiqarish, ish, xizmatlarni bajarish bo’yicha to’liq
xarajatlar hisobi;
2) daromadlar va xarajatlar smetasi – korxona, tashkilot, muassasaning xo’jalik
faoliyatini moliyalashtirishda foydalaniladigan pul mablag’lari
tushumlari va uni
sarflash bo’yicha hujjatlashtirilgan buxgalteriya rejasi. Ba’zan ishlab chiqarishga,
ob’ektlarni qurishga alohida
xarajatlar smetasi tuziladi; 3) smeta bo’yicha
moliyalashtirish –xarajatlarni qoplash uchun taqdim etilgan xarajatlar hisoblariga
ko’ra davlat byudjetidan pul mablag’lari ajratish.
Soliqlar
–
qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo’yicha xo’jalik
yurituvchi
sub’ektlardan va fuqarolardan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy byudjetga
olinadigan majburiy to’lovlar.
Dostları ilə paylaş: