Kapital qurilish – yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya
qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, ob’ektlar va vositalarni
mukammal ta’mirlash, shu jumladan, loyiha-qidiruv ishlarini bajarish.
Konsortsium (lot. consortium – shirkat, ishtirok etish) – 1) kompaniyalar,
banklarning kapitaltalab, juda keng ko’lamdagi iqtisodiy loyihani amalga oshirish
yoki qarzlarni hamkorlikda joylashtirish uchun tuzilgan vaqtinchalik birlashmasi; 2)
bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning
muvaqqat birlashmasi.
Kon’yunktura – bozorda ma’lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy holat
(asosan, talab hamda taklif nisbati va u bilan bog’liq bo’lgan narxlar darajasi orqali
yuzaga keladi).
Korxonaning innovatsiya salohiyati – korxonaning yangiliklarni joriy qilish
yordamida bozor sharoitlarida faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida
korxonaning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan rivojlanish qobiliyati.
Korxonaning innovatsiya salohiyati tashkilotning ichki innovatsiya jarayonidagi barcha
bosqichlarning (ijtimoiy mehnat va resurslarning sarf me’yorlari asosida) bir maromda
kechishiga imkon beradi.
Kredit (lot. creditum – qarz, credo – ishonaman)
– pul mablag’lari, tovar va
xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) to’lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum
muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablag’ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank,
korxona, xususiy shaxs va boshq.), ssuda oluvchi tomon debitor (qarzdor) deyiladi.
Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma bilan
rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi
iqtisodiy munosabatdir. Lekin, har qanday qarz munosabati ham kredit bo’la olmaydi.
271
Kredit munosabatida olingan mablag’ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq
(kelishilgan foizda) to’lanishi, muddatli, ma’lum tovar va nomoddiy aktivlar bilan
ta’minlangan bo’lishi, maqsadli ishlatilishi shart.