Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Majburiy zaxira talabi 
– tijorat banklari jalb qilgan mablag’laridan ma’lum 
bir qismining Markaziy bankning zaxira fondiga o’tkazilishi. 
Marketing xizmatlari
– maxsus tayyorgarlik ko’rgan marketologlar guruhi, 
uyushmasi, bo’limi va boshqarmasining faoliyat majmui. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat 

 
a’zolari jamiyat majburiyatlari bo’yicha 
faqat o’zlari qo’shgan ulush doirasida javobgar bo’ladigan jamiyat. 
Maqsadli soliq imtiyozlari
– xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan davlatning 
maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va boshqa dasturlarining bajarilganligi 
uchun soliqqa tortish hajmining pasaytirilishi. Investitsion soliq kreditidan farqli 
ravishda o’zaro manfaatdorlik (o’zaro foydalilik) asosida mintaqaviy byudjetga borib 
tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya hokimiyati organlari tomonidan har 
qanday korxonaga berilishi mumkin. 
Milliy valyuta
– bu muayyan mamlakatda muomalada yuruvchi va tanho 
to’lov vositasi deb qabul qilingan puldir. Har bir milliy valyutaning boshqa valyutaga 
almasha olish xususiyati valyuta konvertatsiyasi deyiladi. To’liq konvertirlanuvchi va 
qisman konvertirlanuvchi valyutalar bo’ladi. Valyutalarning konvertirlanish darajasi 
mamlakat iqtisodiyotining ochiqligi, uning rivojlanganligi va eksport salohiyatiga 
bog’liq bo’ladi. 
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi 
– halol raqobat sharoitida jahon 
bozori talablarini qondiruvchi, iqtisodiy o’sish va turmush sifatini oshirishni 
ta’minlaydigan tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish hamda o’rta va 
uzoq muddatga iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlab turish qobiliyati.


273 
Mikrolizing

mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar (tijorat 
banklari va boshqa kredit muassasalari) tomonidan lizing oluvchining topshirig’iga 
binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun 
lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda 
tutiladigan xizmat. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 
«Mikromoliyalash to’g’risida»gi hamda «Lizing to’g’risida»gi qonun hujjatlariga 
muvofiq eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada 
beriladi. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə