Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Sug’urta faoliyati
– sug’urta bozori professional ishtirokchilarining sug’urtani 
amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati. 
Sug’urta kompaniyasi 

 
1) sug’urta faoliyatini amalga oshirishga 
ixtisoslashgan yuridik shaxs, sug’urta xizmatlari bozorining professional 
ishtirokchisi; 2) sug’urtalovchi rolida maydonga tushuvchi, ya’ni sug’urta hodisasi 


280 
ro’y bergan chog’da sug’urtalangan shaxsning zararlarini qoplash majburiyatini 
o’ziga oluvchi tashkilot.
Sug’urta mukofotlari (to’lovlari)
– sug’urta qilinuvchilar tomonidan 
sug’urtalovchilarga to’lanadigan badal pullari bo’lib, ularning miqdori va hisoblash 
tartibi sug’urta shartnomasi bilan belgilanadi va ham so’m, ham chet el valyutasida 
to’lanadi. 
Sug’urta polisi
, sug’urta vasiqasi – sug’urta shartnomasi yuridik kuchga 
kirganini tasdiqlaydigan hujjat. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat
– O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy 
shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro 
tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga 
qaratilgan faoliyati.
 
Tizimli risklar
 
(investitsiya portfeli risklari) – bu xatar ta’siriga ba’zi bir 
qimmatli qog’ozlar emas, balki butun bozor, uning katta bir qismi risklarga uchraydi. 
Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko’ra ko’pchilik 
emitent va qimmatli qog’ozlar egalari zarar ko’rishlari mumkin: foiz riski; valyuta 
riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar. 
Tizimsiz risklar
– xatarga ba’zi bir qimmatli qog’ozlar yoki ularning 
majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog’ozlari yoki 
tarmoqning qimmatli qog’ozlari kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; 
nolikvidlilik riski. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə