Book · June 020 citations reads 18,691 author


Ochiq aktsiyadorlik jamiyati



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Ochiq aktsiyadorlik jamiyati
– ishtirokchilari o’zlariga qarashli aktsiyalarni 
boshqa aktsiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf etishi (sotishi) mumkin bo’lgan 
aktsiyadorlik jamiyati.
Pay
, hissa – firma, kompaniya, jamiyat, shirkatning umumiy kapitalida 
muayyan jismoniy va yuridik shaxs hissasiga to’g’ri keladigan pul badali summasi 
yoki ulushi. Pay egasi oladigan daromad dividend deyiladi. 
Patent
(lot. patens – ochiq, aniq-ravshan) – texnik echim (ixtiro)ning davlat 
tomonidan e’tirof etilganligini va ixtirochining o’z ixtirosiga olgan mutlaq huquqini 
tasdiqlovchi hujjat.
Portfel investitsiyalar 
– kapitalni korxonalar qimmatli qog’ozlariga (korxona 
ustav kapitalining 10 %dan kam qismini) joylashtirish (investorlarga ular faoliyatini 
bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi).
Penya 
(lot. poena – jazolash) – majburiyatlarning o’z vaqtida bajarmaganligi 
uchun to’lanadigan pul jarimasi. Kechiktirib yuborilgan majburiyat summasidan 
foizlarda belgilanadi va kechikkan muddatning har bir kuni uchun undiriladi. 
Pudrat shartnomasi
(rus. podryad – bir yo’la) – fuqarolik-huquqiy bitim, 
unga ko’ra, bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig’iga 
binoan, muayyan ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan 
muddatda topshirish majburiyatini oladi. Buyurtmachi ish natijasini qabul qilib olish 
va buning uchun haq to’lash majburiyatini oladi.
Preferentsiya
– 1) investitsiya va innovatsiya xarajatlarini moliyalashtirish 
uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq imtiyozi ko’rinishida belgilangan 
imtiyoz, engillik; 2) iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga 
solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan 
beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə