Oltin-valyuta zaxiralari –
mamlakatning markaziy emissiya banki yoki
xazinasida quyma va tanga shaklida to’plangan
markazlashgan
oltin zaxira fondi.
Oltin-valyuta zaxiralariga hukumat va markaziy banklarga tegishli bo’lgan oltin
quymalari va oltin tangalar, xorijiy bank hisob raqamlaridagi valyuta mablag’lari,
xorijiy mamlakatlar banknotlari, tangalari va davlat qimmatli qog’ozlari kiradi. Oltin-
valyuta zaxiralari mamlakatning pul birligini mustahkamlash, uni barqaror ushlab
turish, shuningdek, ichki valyuta bozorini zaruriy valyuta mablag’lari bilan
ta’minlash maqsadida shakllantiriladi.
Omonat – mijozning ma’lum bir shartlar asosida bankka qo’ygan pul
mablag’lari.
Omonat sertifikati , depozit sertifikati – omonat banki yoki boshqa kredit
muassasasining pul omonatga qo’yilganligini tasdiqlovchi hujjat. U pul belgilangan
muddat o’tishi bilan omonatni va u bo’yicha foizlarni talab qilib olish uchun asos
bo’lib xizmat qiladi.
Optsion (nem. option – tanlash, istak) – sotuvchi yoki xaridorga qimmatli
qog’ozlar yoki tovarlarni muayyan muddat davomida belgilangan narxlarda sotib
olish yoki sotish huquqini beradigan shartnoma.
Osiyo taraqqiyot banki – xalqaro mintaqaviy bank. Bankni tuzish haqidagi bitim 15
ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan bo’lib, 1966 yil 22 avgustda kuchga kirgan.
Shtab kvartirasi Manila (Fillipin)da. Bank faoliyatining asosiy maqsadi Osiyodagi
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga ko’maklashishi,
moliyaviy, texnik va iqtisodiy yordam ko’rsatish.
Oferta , offerta (lot. offero – taklif etaman) – bir shaxsning boshqa shaxsga
tovar etkazib berish, biror-bir xizmat ko’rsatish va b. uchun shartnoma tuzish istagi
va shartlari haqida yozma yoki og’zaki xabarnomasi.
Offshor zona – yuridik shaxslarga nisbatan soliq imtiyozlari yaratilgan,
buxgalteriya hisoboti va audit bo’yicha talablar yumshatilgan, bojxona to’lovlari va
276
savdo cheklovlari qisman yoki butunlay olib tashlangan ma’lum davlatning erkin
iqtisodiy hududi.