Monopoliya (yun. mono – tanho, poleo – sotaman) – iqtisodiyotning bir
sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli.
Moddiy xarajatlar –
xom ashyo
va asosiy materiallar, yordamchi materiallar,
yoqilg’i, energiya va boshqa xarajatlardan iborat.
Mehnat unumdorligi – ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining
foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi. Mehnat unumdorligi ishlovchining
ma’lum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan
o’lchanadi.
Mehnat unumdorligining o’sishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda
mehnat sarfining kamayishi demakdir.
Mualliflik huquqi – keng ma’noda – fan, adabiyot va san’at asarlarini
yaratish, foydalanish va huquqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni
tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig’indisi; fuqarolik huquqining bir bo’limi. Tor
ma’noda – asar muallifiga tegishli bo’lgan va qonunlarda mustahkamlanib qo’yilgan
shaxsiy va mulkiy huquqlar tizimini tashkil etadi.
Narx , baho – tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal
qiluvchi iqtisodiy dastak.
Nominal qiymat (lot. nominalis – nomi yozilgan) – pul belgilari, banknotlar,
qimmatli qog’ozlarning ustiga yozib qo’yilgan qiymati, narxi.
Nou-xau (ingl. know how – qandayligini bilaman), ishlab chiqarish siri – hali
hammaga ma’lum bo’lmagan va keng tarqalmagan yangi ilmiy-texnikaviy, ishlab
chiqarish-texnologik, boshqarish, moliyaviy-iqtisodiy, tijoratga oid bilimlar majmui
va ularni amaliyotda qo’llash tajribalari; ularga tanho ega bo’lish. U korxona uchun
ham, shaxs uchun ham muayyan ustunlikni ta’minlaydi.
Noaniqlik (mavhumlik) – investitsiya loyihasini amalga oshirish shart-
sharoitlari haqidagi ma’lumotlarning to’liq yoki aniq emasligi.
275
Obligatsiya – foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog’oz. Davlat
organlari tomonidan byudjet defitsitini qoplash uchun va aktsiyadorlik jamiyatlari
tomonidan kapitalni jalb qilish maqsadida chiqariladi.