Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Real investitsiyalar 
– xo’jalik sub’ektining operatsion faoliyatini amalga 
oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishi bilan bog’liq aktivlarni 
yaratishga sarflangan kapital. 


277 
Reinvestitsiya 
– investitsiyalar bo’yicha daromadlar ko’rinishida olingan va 
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yo’naltirilgan mablag’lar; investorning faoliyati 
natijasida olingan foydani (daromadni) muomalaga kiritish (qayta investitsiyalash). 
Respublika byudjeti 
– davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni 
moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va 
ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun 
ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. 
Rekvizitsiya
(lot. reguisitio – talab qilib olish, olib qo’yish) – mulkni haq 
to’lab majburiy ravishda davlat egaligiga to’la yoki vaqtincha foydalanish uchun 
olish. 
Rekonstruktsiya 
(qurilish, qayta tiklash) 

1) mavjud narsa (bino, inshoot)ni 
yaxshilash, amaliy ahamiyatini oshirish, takomillashtirish maqsadida tubdan qayta 
qurish; 2) faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va 
asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
texnologik bo’g’inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li 
bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman o’zgartirish.
Rentabellik
(nem. rentabel – daromadli, foydali) – korxona yoki 
tadbirkorlikning daromadliligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy 
faoliyatning samaradorligi. Rentabellik foyda olib ishlashning qiyosiy, ya’ni sarf-
xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan ko’rsatkich bo’lib, foizlarda ifodalanadi. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə