Book · June 020 citations reads 18,691 author


Innovatsiya texnologiyalari



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Innovatsiya texnologiyalari 

 
iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish 
bosqichlarida qo’llaniluvchi usul va vositalar majmui bo’lib, o’z ichiga joriy etish, 
trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini oladi. 
Intellektual mulk
– ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochlik va mualliflik 
ob’ekti huquqi majmuiga kiruvchi fan, adabiyot, san’at va ishlab chiqarish sohasida 
ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik 
san’ati, jumladan, ovoz yozish, radio, televidenie asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, 
sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, ma’lumotlar bazasi, nou-xauning 
ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy ob’ektlar.
Inflyatsiya
– (lot. Inflatio – shishish, bo’rtish, ko’tarilish), pulning 
qadrsizlanishi – tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xo’jalik 
aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qog’oz pullar miqdorining ko’payib ketishi, 
pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan ta’minlanmagan 
pullarning paydo bo’lishi. 
Inflyatsiya darajasi
– ma’lum vaqt ichida (oy, yil) baholar darajasining 
foizdagi o’zgarishi. 


269 
Iste’mol krediti
– iste’mol ehtiyojlarini qondirish uchun qaytarishlik sharti 
bilan aholiga beriladigan pul mablag’lari yoki tovarlardan iborat kredit. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
– ishlab chiqarishni zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan 
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab 
chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar 
asosida ishlab chiqarishga innovatsiya texnologiyalarini joriy etish; ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini 
pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy 
etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə