Book · June 020 citations reads 18,691 author


Ishlab chiqarish samaradorligi



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Ishlab chiqarish samaradorligi
– korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, 
iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy 
samaraning muayyan qiymatga ega bo’lgan resurslarni qo’llagan holda eng yuqori 
ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab bo’lgan ishlab chiqarish omillari, resurslar 
sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari
– korxonaning mahsulot ishlab chiqarish 
maqsadlarida iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. 
Iqtisodiy faol aholi
– milliy xo’jalikda band bo’lgan barcha kishilar bilan bir 
qatorda ish qidirayotgan mehnatga layoqatli aholi. Ular iqtisodiy jihatdan faol va 
tegishli faoliyatda qatnashishi mumkin, biroq, daromad oladigan manbalari kam yoki 
mablag’lari yo’qligi tufayli bu faoliyatni amalga oshira olmaydilar. 
Kapital
(nem. kapital; lot. capitalis – bosh, asosiy) sarmoya – keng ma’noda – 
o’z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo’lgan jami vositalar va mablag’lar; 
yangi qiymat keltiruvchi, o’zini-o’zi ko’paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar 
ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma’noda – ishlab 
chiqarish vositalari ko’rinishidagi ishga qo’yilgan, ishlab turgan daromad manbai. 
Kapital bozori
, fond bozori – bo’sh turgan pul mablag’larini to’plash, ularni 
ssuda kapitaliga aylantirish, so’ngra uni ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilari 


270 
o’rtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qog’ozlar, korxonalarning aktsiyalari 
hamda davlat obligatsiyalari bilan oldi-sotdi operatsiyalari olib boriladi. 
Kapital qo’yilmalar
, kapital mablag’lar – ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi 
fondlarni ko’paytirishga, ob’ektni qurishga sarf qilinadigan, ishlab chiqarishga 
qo’yilgan mablag’.

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə