96
Reklamaning vazifasi – mavjud bozor segmentini mustaxkamlash, yangi xaridorlarni
jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy
xususiyati – uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor
psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham
egadir.
Marketingning qo’llashdan
oldin avvalombor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy –
iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki, marketing – murakkab,
harakat va sabr toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir
tomondan aholining yetarli darajada yuqori bo’lgan ehtiyoji va talabiga, uning xarid
qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob
berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash uchun tovar
assortimentini tez o’zgartirish, uni ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan
berishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni
muvozanatlashtirishga imkon
beradi. Bundan tashqari, marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani boshqarish va
rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar,
yuqori darajada jixozlangan bozor kanallari orqali realizatsiya
qilishdan iborat
tashkiliy masalalarni hal qilish zarur.
Dostları ilə paylaş: