97
o’tkazdi.
Vaholanki, britaniyalik va fransuz oilalarining turmush tarzi, hayotiy
ko’nikmasi, qiziquvchanligi, daromadlari bir-birlariga juda o’xshash bo’lsa ham,
mahalliy bozor tabiati, undagi raqobat, xaridorlar talabi birmuncha farq qilar ekan.
Bundan ko’rinib
turibdiki, har bir tashkilot, firma o’z bozori va xaridori
ko’lamini saqlash, ular salmog’ini
oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy
tarzda marketing tadqiqotlarini amalga oshirmog’i lozim.
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf harajatlarni talab etadi. Asosan
yirik firmalar o’z
tarkibiy tuzilmalari, sho’’ba tashkilotlari miqyosida marketing
tadqiqotlarini o’tkazadilar. Lekin, barcha sohalar bo’yicha tadqiqotlarni o’tkazishga
imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy bo’lmaganligi hamda xodimlarni butun yil
davomida ishda band qilib turish
qimmatga tushish sababli, ayrim muammolarni
ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar
va davriy tarzda
axborot olib turadilar.
Dostları ilə paylaş: