Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Fb= Fs+Fm+(Db-Xb) 
bu yerda, Fs-mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan foyda, Fm-korxona 
mulkini sotishdan tushgan foyda; Db-boshqa operatsiyalardan tushgan daromad, Xb-
boshqa operatsiyalar bo’yicha xarajatlar. 
Yalpi foyda-foyda solig’i olish uchun soliq to’lanadigan baza hisoblanadi. 
Korxonani o’z ixtiyorida qoladigan foyda, ya’ni sof foyda (Fs) qiziqtiradi va 
quyidagiga teng bo’ladi: 
Fs=Fb-Sf 
bu yerda, Fb-balans foyda. 
Sf-foyda solig’i va boshqa majburiy to’lovlar. Zamonaviy sharoitida korxona 
o’z ixtiyorida qoladigan foydani o’zi mustaqil taqsimlaydi va bu yerda shunday savol 
kelib chiqadi, bu foydani qanday qilib eng samarali taqsimlash mumkin? Uni ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga; uy-joy, dam olish uyi, bog’cha va ishlab chiqarishga 
mo’ljallangan ob’ektlarni qurishga; agar aksionerlik jamiyati bo’lsa divident 


126 
to’lashga; xayriya maqsadlariga va boshqalarga yo’naltirilishi mumkin. Foydadan 
samarali foydalanish uchun korxonaninng ayni vaqtdagi va istiqboldagi texnik 
holatini va korxona jamoasini ijtimoiy holatini yaxshi bilish lozim. 
Agar korxona ishchilari ijtimoy sohada, shu jumladan ish haqi darajasi 
bo’yicha, boshqa korxonalarga nisbatan yaxshiroq ta’minlangan bo’lsa, bu holda 
foyda birinchi navbatda ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilishi lozim. 
Yana shuni ta’kidlash lozimki, agar korxonaning texnik rivojlanish darajasi 
past bo’lib, bu korxonaning raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga to’sqinlik 
qilib, korxonani bankrotlikka olib kelsa, bunday holda, foydani korxonani 
rivojlantirish uchun yo’naltirish lozim. Shunday qilib, korxona foydasi uning 
iqtisodiy va ijtimoiy darajasiga asoslangan holda taqsimlanishi lozim. 
Korxonada ushbu muhim qoidaga amal qilishlari lozim-«foyda korxonaning 
istiqbolida rivojlantirishni amalga oshirishga turtki berishi lozim». Shunday qoida 
borki, ishlab chiqarishni rivojlanishi, oxir oqibatda korxona hajmini o’sishiga olib 
keladi, bu esa kelajakda korxona jamoasini ijtimoy muammolarini hal bo’lishiga va 
korxona investitsiya imkoniyatlarini kengayishiga olib keladi. 
b) 
«Amartizatsiya ajratmalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai 
sifatida»
Amartizatsiya asosiy vositalarni normativ xizmati muddati davomida qiymatini 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o’tkazib borish jarayonidir. 
Asosiy vositalar tarkibiga xizmat muddati bir yildan kam bo’lmagan, qiymati 
50 minimal maoshdan yuqori bo’lgan va o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot tannarxiga asta sekinlik bilan o’tkazib boradigan ishlab chiqarish vositalar 
kiradi. Ular: bino, inshoot, asbob-uskuna, mashina, transport vositalari, o’lchovchi 
uskunalar va h.k. 
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida ham jismonan, ham ma’naviy 
eskiradi. Ob’ektlar qiymati hisoblangan amortizatsiya ajratmalari hisobidan 
qoplanadi. 
Amortizatsiya ajratmalari investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim 
manbalaridan biri hisoblanadi. Ular qayta ishlab chiqarishni (ya’ni takror ishlab 


127 
chiqarish) tashkil qilib qolmay, balki ma’lum darajada ularni kengaytirishga ham 
mo’ljallangan bo’ladi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida amortizatsiya 
korxonaning investitsiya ehtiyojini 70-80%ini qondiradi. Mamlakatimizni bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tishi 
bilan 
amortizatsiya 
ajratmalarini 
investitsiyalarni 
moliyalashtirish manbai sifatidagi ahamiyati ham o’sdi. Bu birinchi navbatda asosiy
fondlarning tez-tez qayta baholanishi va ko’p korxonalarning zararga intilayotganligi 
bilan bog’liq. 
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida boshqalariga nisbatan 
ustunlik tomoni shundaki, korxonaning har qanday moliyaviy holatida, bu manba o’z 
o’rniga ega bo’ladi va doimo korxona ixtiyorida bo’ladi. 
Raqobat jarayoni, asosiy fondlarni yangilab turishni talab etadi, bu esa 
kelgusidagi investitsiyalar uchun tezlashtirilgan amortizatsiya ajratmalarini 
hisoblashni taqozo etadi. Shunday qilib, intensiv tarzdagi qayta ishlab chiqarish 
amalga oshiriladi. Buning natijasida amortizatsiya ajratmalari, o’zi alohida bir shaklni 
tashkil qiladi. Boshqa qilib aytganda, kengayadi va investitsiyalash uchun oldingisiga 
nisbatan barqaror moliyaviy bazaga aylanadi. Shunday qilib, amortizatsiya 
ajratmalari korxonaning investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi muhim vositaga 
aylanadi. 
v) 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə