Bosh ilmiy-metodik markaz fayziyeva maxbubaxon raximjonovna raqamli transformatsiya sharoitida ta



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə3/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#135979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Avtoreferat Fayziyeva 14.06

R.A.Eshchanov
Ilmiy darajalar beruvchi
Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi,
b.f.d., professor
KIRISH (falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda sifatli ta’lim berish, ta’lim olishni yaxshilash va o‘zlashtirish natijalarini baholash usullarini takomillashtirishda raqamli texnologiyalar va raqamli ta’lim resurslaridan foydalanilmoqda. YUNESKOning butunjahon ta’lim forumi-2023 da “uzoq muddatli va doimiy rivojlanib boruvchi raqamli transformatsiya sharoitida ta’limdagi tafovutlarni bartaraf etish uchun raqamli ta’lim kuchidan foydalanish zarurligi” e’tirof etilib,1 ta’limni demokratlashtirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va keng ko‘lamli professional imkoniyatlarga ega raqobatbardosh, tez o‘zgaruvchan dunyo uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Jahonda olib borilayotgan tadqiqotlar interfaol ta’lim olish imkoniyatini beruvchi onlayn ta’lim platformalari, inson intellektini aniqlash orqali mos kurslarni taqdim etuvchi o‘qitish tizimlarini ishlab chiqish bilan izohlanadi. Xususan, Buyuk Britaniya maktablari uchun Espresso raqamli resurslar tizimi, AQSH da o‘quvchining bilimiga mos topshiriqlar asosida o‘qituvchi Knewton tizimi ishlab chiqilgan. Bu kabi raqamli ta’lim platformalari tajribali va zamonaviy kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Bu borada raqamli ta’lim platformasini yaratish metodologiyasini hamda o‘quvchining bilim darajasini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan ta’limni amalga oshiruvchi ta’lim platformasi tarkibi va mazmunini ishlab chiqish zaruratini asoslaydi.
Uchinchi renessans yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilib, “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi asosida IT-infratuzilmani yaratish, umumta’lim maktablarini raqamlashtirish, shuningdek, axborot tizimlarini joriy etish va raqamli ta’lim platformalarini yaratish va ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish vazifalari belgilangan. Bu esa, raqamli transformatsiya sharoitida ta’limni tashkil etishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil qilish, raqamli texnologiyalarning ta’limga integratsiyasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashtirish, raqamli ta’lim platformalarini yaratish hamda ular asosida o‘qitishning xususiy-metodik asoslarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini belgilaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”, 2020 yil 5 oktabrdagi PF-6079-son “Raqamli О‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida”gi farmonlari, 2017 yil 6 apreldagi PQ-187-son “Umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”, 2020 yil 6 oktabrdagi PQ-4851-son “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”, 2020 yil 6 noyabrdagi PQ-4884- son “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarorlari qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə