Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


  « Erta ona tilim agar yo‘qolsa, Men bugun o‘lishga bo‘-



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/129
tarix29.11.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#140177
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

3. 
«
Erta ona tilim agar yo‘qolsa, Men bugun o‘lishga bo‘-
lurman rizo
» satrlarini izohlab bering.
4. 
She’rning so‘nggi bandi mazmunini tushuntiring. Siz 
o‘zbek ti liga nisbatan R. Hamzatov she’rining so‘nggi 
bandidagi e’tirofni qo‘llay olasizmi?
5.
Shoir nima uchun ona tiliga bu qadar katta muhabbat bilan 
qa raydi, deb o‘ylaysiz? Tilga muhabbat – elga muhabbat, 
uning tarixiga, ruhiyatiga muhabbat deb hisoblaysizmi?
6. 
She’rni yod oling.
KENJA NEVARAM SHAHRIZODGA
Nega yig‘layapsan, ayt, qo‘zichog‘im,
Nima bo‘ldi? Yomon tush ko‘rdingmi yo?
Otang bor, onang bor – suyangan tog‘ing,
Boshingda girgitton tevarak dunyo.
Savol va topshiriqlar:


43
Ota-yu onamdan ayrilib, ne tong,
Ko‘p ko‘rdim qismatning ozorin qattiq.
Yig‘lasam yarashar men yetim – bobong,
Nega sen bunchalar yig‘laysan achchiq?
Bilmaysan sen hali xusumat nima,
Aldov, xiyonatdan emas holing tang.
Toza bu ko‘nglingda g‘am qolmas sira
Allasin aytganda mehribon onang.
Do‘stlarni ko‘rdim men iymonsiz taqir,
Dushmanlar yo‘limni to‘sdi g‘ov bo‘lib.
Sen nega yig‘laysan? Yig‘lay men, axir,
Ko‘nglim yig‘ilarga ketdi-ku to‘lib.
Sen urush neligin bilmaysan mutlaq,
Yondi olovida barcha tirik jon.
Sening boshing uzra nur sochar har choq
Tinch va osoyishta lojuvard osmon.
Urushdan qaytmadi ikkita akam,
Eslasam, ko‘zimdan sizadi namlar.
Haqqim bordir mening tinmay yig‘lasam,
Sochim oqartirdi adoqsiz g‘amlar.
Bola yig‘isida ma’no bor ekan,
Tinglasam, shunday der u mitti yurak:
«Siz ko‘rgan azob-ku o‘tmishda qolgan,
Men uni ertaga tortishim kerak!»
1.
She’rning birinchi bandi mazmunini sharhlang. Bobo ning 
nevaraga berayotgan savolining ma’nosini chaqing.
2.
Ota-onasidan ayrilgan boboning tug‘ganlari yonida bo‘la 
turib yig‘layotgan nevarasini tushunmayotgani tasviridagi 
yumorni his etishga urining.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə