Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


so‘z ning kuchi bilan o‘n  sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga kel- di. Demak,  so‘z



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/129
tarix29.11.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#140177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

so‘z
ning kuchi bilan o‘n 
sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga kel-
di. Demak, 
so‘z
olam va undagi narsalardan oldin paydo 
bo‘lgan ekan. So‘zning cheksiz qudratini shundan ham bil-
sa bo‘ladi. Har qanday inson hayotida juda katta ahamiyat 
kasb etadigan badiiy adabiyot ana shunday qudratga ega
bo‘lgan 
so‘z 
bilan ish ko‘radigan san’at turidir. Shuning 
uchun ham badiiy adabiyot 
so‘z san’ati
deb yuritiladi.
Badiiy adabiyot san’atning murakkab va serqirra turi 
bo‘lib, insonda yuksak ma’naviyatni shakllantirishning eng 
ta’sirchan vositasidir. Insondagi ismsiz tuyg‘ular, nozik ke-
chinmalar, ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib, qo‘l bi-
lan ushlab, til bilan totinib, burun bilan iskab bo‘lmaydigan 


4
ruhiy holat jilvalarini faqat so‘z yordamida ifoda etish mum-
kin. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlaridan asosiy ish 
quroli va materiali so‘z ekanligi bilan ajralib turadi.
San’atning adabiyotdan boshqa har qanday turi inson 
hayo ti yoki hissiyotining faqat birgina holatini ifoda eta 
olad i. Badiiy adabiyot esa tasvirlanayotgan narsa yoki 
kimsa ning hozirgi holatini qanchalik ishonarli aks ettirsa, 
uning o‘tmishini ham, kelajagini ham shunchalik ta’sirchan 
va jonli tasvirlay oladi. Demak, odamda yuksak ma’naviy 
fazilatlarni shakllantirishda ko‘rkam (badiiy) adabiyotning 
imkoniyati benihoya katta. Siz teatr, kino, televideniyeda 
ham shunday imkoniyatlar bor-ku, deyishingiz mumkin. 
Unutmangki, har qanday spektakl, kino yoki telefi lmlarning 
negizida ham badiiy so‘z turadi.
Ko‘rkam adabiyotda aks ettirilgan hayot serqirra ekani-
dan tashqari, kishiga qattiq ta’sir ham qiladi. O‘zingizga 
juda yoqqan badiiy asarni o‘qigan holatingizni bir eslab 
ko‘ring. Asarda tasvirlangan obrazlarning ham, bu qah-
ramonlar kechirgan tuyg‘ularning ham sizga to‘g‘ridan 
to‘g‘ri daхli yo‘qligini yaхshi bilasiz. Asar dagi voqealar 
hozir ro‘y bermayotganligini ko‘rib turibsiz. Lekin siz 
asardan bosh ko‘tara olmaysiz. Asar qahramonlari sizga 
hech kim bo‘lmasalar-da, ular bilan go‘yo qarindosh-u
taqdirdoshday bo‘lib qolasiz. Ularning tuyg‘u va ke-
chinmalari siznikiga aylanib ketadi. Kitob qahramon-
lariga qo‘shilib quvonasiz yoki kuyunasiz. Ba’zan, hatto 
yig‘laysiz. Nega shunday? San’atning boshqa turlari ham 
odamga shu хilda ta’sir qilganligini ko‘rish mumkin. San’at 
asarlarining ta’sirchanligiga sabab nima ekan?
Mana, siz yettinchi yildirki, bir qancha o‘quv predmet-
lari bilan tanishib kelmoqdasiz. Ularning hammasi ham siz-
ga cheksiz olamning biror tarmog‘idagi hodisalar haqi da 


5
ilmiy ma’lumotlar berishga intiladi. Bu o‘quv fanlari sizning 
aq lingizni o‘stirishga, tafakkuringizni yangi-yangi aхborotlar 
bila n boyitishga, shu tariqa sizni zamon talablari ga javob 
bera oladigan, hayotning sinovlariga chidaydigan qilib tay-
yorlashga хizmat etadi. Siz o‘rgangan o‘quv fanlari yor-
damida dunyoning sirlari haqida bilimga ega bo‘lasiz.
Badiiy asarlar ham sizning aqlingizni o‘stirishga хizmat 
qiladi. Lekin ular aqlingizdan ham ko‘ra ko‘proq hissiyo-
ting iz ga, tuyg‘ularingizga ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asar 
yuragingizni bezovta qiladi. Sizni loqaydlikdan хalos etadi. 
Kitob varaqlari ichida yashayotgan qahramonlarning ho-
latiga befarq bo‘lmaydigan odam o‘zining atrofi dagi tirik 
kishilar ning quvonch-u g‘amlariga ham loqayd qarab tura 
olmaydi. Nima uchun badiiy asarlardagi qahramonlarning 
tuyg‘u-kechinmalari bizga o‘tadi, «yuqadi». Biror qiziqar-
li badiiy asarni o‘qigan kitobхon: «Ha, hayotda shunaqasi 
ham bo‘lar ekan- da», – deb qo‘ya qolmaydi. U qaysidir 
qahramonni yaхshi ko‘rib qoladi va unga o‘хshagisi ke-
ladi. Boshqa bir qahramondan esa nafratlanadi hamda un-
day bo‘lmaslikka intiladi. Asar ta’sirida bir muddat o‘yga 
cho‘madi.
Siz bultur o‘rgangan «Materik va okeanlar tabiiy 
geografi ya si», bu yil o‘qiydigan «O‘zbekiston tabiiy geo-
grafi yasi» singari darsliklarda kecha va kunduz, uning eng 
go‘zal hamda so‘lim fursati bo‘lmish tong to‘g‘risida, Qu-
yosh haqida ancha ma’lumot beriladi. Quyosh bo‘lmasa, 
Yerda hayot bo‘lishi mumkin emasligi ham aytila di. Bu 
ma’lumotlar sizning bi limlaringizni ko‘paytirishga ta’sir 
qiladi. Ular tufayli kecha, kunduz, tong va hokazolar bora-
sida oldin bilmagan narsa lardan xabardor bo‘lasiz. Ayni 
vaqtda, Sizda tongning juda go‘zalligi haqida tushuncha 
ham paydo bo‘ladi. Lekin bu tushuncha va axborotlar ta-


6
fakkuringizni o‘stirsa ham hissiyot va tuyg‘ularingizga 
deyarli ta’sir qilmaydi. Endi shoir Rauf Parfi ning «Tong 
otmoqda...» deb nomlangan she’ridan bir parchani o‘qib 
ko‘raylik:
Tong otmoqda. Tong o‘qlar otar,
Tong otmoqda, Quyosh – zambarak.
Yaralangan Yer shari yotar
Boshlarida yashil chambarak.
Shoir tong otishi qanday sodir bo‘lishini batafsil tas-
virlab, nima uchun shunday bo‘lganligini ilmiy asosda tu-
shuntirib bera yotgani yo‘q, balki mavjud hayotiy holatning 
badiiy man zarasini yaratmoqda. Bu manzarada tabiatshu-
noslik yoxud geografi ya ilmidagi axborotlarda bo‘lmagan 
bir narsa – shoirning tuyg‘u va kechinmalari bor! Shoir 
tong otish jarayonini juda go‘zal tasvir etadi. O‘quvchini 
ham tongning chindan-da chi royli otishiga ishontiradi. 
Quyosh ning zambarak bo‘lib, «o‘qlar» (nurlar) otishi, 
o‘sha o‘q lardan Yerni ng yaralani shi va bu yaralanish tu-
fayli o‘lim emas, balki boshida «yashil chambarak», ya’ni 
hayot paydo bo‘lishi juda ham o‘ziga xos, ta’sirchan ifo-
dalangan. Ayni damda, she’rda ma’lum darajada ilmiy ax-
borot ham yo‘q emas. 
Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan ona yur-
timiz Turkis tonning ozodligi yo‘lida kurashgan kishilarni 
bolsheviklar qanday shafqatsizlik bilan qirganligi, o‘lka 
nechog‘liq oyoqosti etilganligi to‘g‘risida tarixchi olim 
shunday yozadi: «Butun Turkiston o‘lkasida 1918-yildan 
1930-yillargacha davom etgan milliy ozodlik kurashi ja-
rayonida halok bo‘lganlarning sonini hech kim bilmay-
di. Taxminiy hisob-kitob qilishlaricha, faqat Turkiston 
o‘lkasida halok bo‘lganlar soni 800000 dan ortiq... Ko‘plab 


7
oilalar o‘z uy-joylarini tashlab, ...boshqa o‘lkalarga bosh 
olib ketishga majbur bo‘ldilar. O‘nlab qishloqlar bo‘shab, 
quzg‘unlar o‘lkasiga aylangan, dalalarni o‘t-o‘lan bosib, 
ekin ekilmay qolgan»
1
.
Xuddi shu hodisa ko‘plab turkistonlik vatanparvar adib-
lar tomo nidan turli janrlardagi asarlarda zo‘r qayg‘u-alam 
bilan aks ettirilgan. Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga» 
she’ridan olingan q uyi da gi parchaga quloq tutaylik:
Ko‘m-ko‘k, go‘zal o‘tloqlaring bosilg‘on,
Ustlarida na poda bor, na yilqi.
Podachilar qaysi dorga osilg‘on?
Ot kishnashi, qo‘y ma’rashi o‘rniga
Oh, yig‘i. Bu nega?!
Cho‘lponning she’ri ham bolsheviklar qirg‘ini, sho‘ro 
mustamlakachilari tomonidan o‘lkamizning vayronaga, 
o‘lik xonaga aylantirilgani haqida. Lekin bunda bironta 
raqam, bironta ism, nasab, nom keltirilmaydi. Vayron qi-
lingan shaharlar, egasiz qishloqlar sanalmaydi. Shunday 
bo‘lsa ham o‘quvchi qalbida bosqin chiga nafrat uyg‘onadi, 
u millatimiz boshiga ko‘p balolar keltirgan yovuz lardan 
g‘azablanadi, o‘tmishga beparvo qaramaydigan bo‘ladi. 
Aslida tarixchi olim ham raqamlarni loqaydlik bilan keltir-
gan emas. Uning ham qalbida nafrat tug‘yon urganligi 
ayon. Lekin ilmda olim xolis bo‘lishi shart. Xolis tasvir 
o‘quvchining ongiga ta’sir ko‘rsatsa ham, tuyg‘ularini jun-
bishga keltiradigan darajada bezovta qilmaydi. 
Cho‘lponning she’ri esa aynan tuyg‘ularga ta’sir 
ko‘rsatish uchun bitilgan. U she’rxonning hissiy dun-
yosini bezovta qiladi. Chunki shoirning o‘zi tuyg‘ular 
1
Yurakdagi Buxoro (to‘plam). Toshkent. «Sharq», 1998. 55-
bet.


8
girdobida. U xolis emas. Negaki, yomon ko‘rmay turib, 
nafrat qo‘zg‘ashning, yaxshi ko‘rmasdan esa, muhabbat 
uyg‘otishning imkoni yo‘q. Demak, olim ilmiy tad qiqotda 
xolis bo‘lishga, tuyg‘ularini mumkin qadar jilovlab, ke-
chinmalarini bildirmaslikka urinishi shart bo‘lsa, shoir 
o‘z hissiyotini yashirmaydi, uni imkon qadar o‘quvchiga 
«yuqtiradi». Shuning uchun ham badiiy asar ta’sirchan 
bo‘ladi. Uning musiqiy ohangi, so‘zlarning mahorat bilan 
ishlatilishi natijasida paydo bo‘lgan sehr li holat o‘quvchini 
o‘ziga jalb etadi. Aytilganlardan хulosa qi lish mumkinki, 
inson ilmiy adabiyot orqali dunyoni aql bilan tanisa, badiiy 
adabiyot orqali olamni ko‘ngil bilan tuyadi. Shu ma’noda 
ada biyotni hayotning in’ikosi (surati) deyish mumkin. 
Ammo unin g suratga tushirilgan ayni nusхasi emas.
Badiiy adabiyotning ilmdan tub farqi shundaki, u 
ma’naviy haqiqatlarni aks ettiradi, fan esa ilmiy haqiqat-
larni ifoda etadi. Il miy haqiqatning haqiqatligi fi kr, man-
tiq orqali bilinsa, ma’naviy haqiqatni his-tuyg‘u vositasida 
tuyish mumkin. Ma’naviy haqiqatlar inson mavjudligining 
maqsadini belgilab bersa, ilmiy haqiqatlar ana shu maqsad-
ga erishishga хizmat qiladigan vositalarni topib beradi. 
Bu holat shuni ko‘rsatadiki, inson faoliyatida ma’naviyat 
birlamchi ahamiyatga ega, ammo ilmsiz uni shakllantirish 
mumkin emas. Chunki ma’naviyatsiz fan bo‘lmaganidek, 
ilmsiz ma’naviyat ham yo‘qdir.
Badiiy asarlarning kishida his-tuyg‘u uyg‘otishining sa-
babi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, 
hissiyot, munosabatning mahsulidir. Adabiyotdan bo‘lak 
o‘quv fanlarida hissiyot bo‘rtib, ko‘zga tashlanib turmay-
di. Badiiy adabiyotda, asosan, tuyg‘ular bilan ish ko‘riladi. 
Hamisha ta’sirlar og‘ushida, munosabatlar va kechinma-
lar qurshovida bo‘linadi. Chunki yozuvchi o‘z kechinma 


9
va hissiyotlarini kitobхondan bekitmaydi, aksincha, unga 
yuqtirishga intiladi. Mana shu ning uchun ham badiiy asar 
qahramonlari хuddi tirik odamlarday, go‘yo yaqin kishilar-
day kitobxonni bezovta qiladi, o‘ylantiradi.
Asar yozayotgan ijodkor hech qachon хolis turmaydi. 
Chunki ijod jarayonining o‘zi хolislik, betarafl ik holati ning 
buzilishi oqibatidir. Shuning uchun ham ijodkor hamisha 
tuyg‘ular og‘ushida bo‘ladi. Chinakam ijod namunalari 
ijodkorlarning hissiyotlari ifodasidir. Adib doimo nimani-
dir yoq laydi yoki inkor qiladi. Yozuv chining tuyg‘ulari 
nechog‘liq kuchli, nigohi o‘tkir, dardlari sal moqli, tili biy-
ron bo‘lsa, o‘quvchi uning asarlariga shunchalik qattiq 
beriladi. Buning ustiga, badiiy asarlarning o‘ziga хos mu-
siqiyligi, ohangdorligi, so‘zlarning mahorat ila ishlatilishi 
tufayli paydo bo‘lgan holat, ijodkorning dunyoni tasvirlash-
dagi o‘ziga хosligi kitobхonni rom etadi.
Ba’zilar badiiy asarlarning ta’sirchanligiga sabab ularda 
qiziqarli voqealarning tasvirlanganligi deb o‘ylashadi. Hol-
buki, qiziqarli voqealarning o‘zi hali asarning badiiyligini 
to‘la ta’minlay olmaydi. Aхir, har bir odamning boshidan 
qanchadan qancha qiziq voqealar, sarguzashtlar o‘tgan. 
Lekin ular qog‘ozga tushirilsa, badiiy asar bo‘lib qolaver-
maydi-ku?! Ko‘rinadiki, badiiy adabiyotni ilmiy ada-
biyotdan farqlab turadigan narsa uning qiziq voqealar tas-
viriga bag‘ishlangani emas ekan. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, 
siz shu vaqtga qadar o‘qigan, yodlagan ko‘pgina she’rlarda, 
umuman, hech qanday voqea tasvirlanmaydi ham. Lekin 
ular sizga ta’sir ko‘rsata olga n.
Ko‘rkam adabiyotning asosiy belgisi va odamga chuqur 
ta’sir etishining boisi uning obrazli ekanidir. Agar shun-
day bo‘lsa, badiiy obraz o‘zi nima degan savol tug‘iladi. 
Yuqorida aytilganlarga asoslanadigan bo‘lsak, qisqagina 


10
qilib 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə