Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/129
tarix29.11.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#140177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

og‘zaki
va 
yozma
adabiyot. Og‘zaki adabiyot qadimiy, yozma ada-
biyot esa undan keyinroq paydo bo‘lgan. Siz yozuv ning 
og‘zaki nutqdan keyin paydo bo‘lganini bilasiz. Og‘zaki 
ada biyot yoki хalq og‘zaki ijodi namunalarining dast-
lab kim tomonidan yaratilganligi ma’lum bo‘lmaydi. Bu 
хildagi asarlar og‘izdan og‘izga o‘tib yetib keladi. Badiiy 
adabiyot ifoda хususiyatiga ko‘ra 
lirik, epik
va 
dramatik 
singari turlarga bo‘linadi. Har bir adabiy tur esa, o‘z navba-
tida muayyan janrlardan tashkil topadi. Bu haqda siz o‘quv 
yili davomida chuqurroq bilib olasi z.
Odamda ko‘ngil bo‘lganligi uchun ham u hamisha 
go‘zallikka intilib yashaydi. Mutafakkirlarning: «Dunyoni 
go‘zallik qutqaradi», – degan iborasi, aslida, olamni pokiza 
ko‘ngil saqlab qolishi mumkin deganidir. Shuning uchun 
ham san’at odamlar hayotida muhim o‘rin tutadi. Chunki 
uning yordamida inson ko‘ngli ezgulik va go‘zallikka osh-
no bo‘ladi.


12
1.
So‘zning ilohiy mohiyatini tushuntirishga urinib ko‘ring.
2.
Ko‘rkam adabiyotning so‘z san’ati deyilishi sababini tu-
shun tiring.
3.
Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlariga qaraganda ser-
qirra va ifoda imkoniyati kengligi sababini izohlang.
4.
Badiiy va ilmiy adabiyotlar o‘rtasidagi asosiy farqni ko‘r-
sating.
5.
Badiiy obraz tushunchasiga ta’rif bering.
6.
Adabiy asarning kitobxon tuyg‘ulariga ta’sir etish sababi 
ni mada?
7.
Og‘zaki va yozma adabiyotga xos belgilarni ko‘rsating.
8.
Borliq badiiy adabiyotda san’atning boshqa turlariga qara-
ganda to‘laroq aks ettirilishi sababini izohlang.
Savol va topshiriqlar:



14
Millatim nasli bashardur
1
, Vatanim kurrai arz
2
,
Ikkisin xizmati farzdur, ikkisindan jon qarz.
amza 1889-yilning 6-martida Qo‘qon shahrida 
tug‘il gan. Otasi, o‘zining ta’biri bilan aytganda, 
«Buхoroga borib хalq do‘qtiri bo‘lib qaytgan»-
ligi uchun shoir nomiga tabibning o‘g‘li ma’-
nosida Hakimzoda qo‘shib aytiladi. Niyoziy 
shoirning adabiy taхallusi. Hamza o‘z tarjimayi 
holida o‘n yoshida «o‘zbekcha, forschaga 
tom savodli» bo‘lganli gini yodga oladi. Ya’ni bu ikki 
tilda o‘qib, yozib, fi krlay olish iqtidoriga ega bo‘lgan. Shu 
boisdan bo‘lsa kerak, Hamza o‘n yoshidan Qo‘qondagi 
madrasalardan birida o‘qiy boshlaydi. 1908-yilda Naman-
gan ga borib, tahsilni davom ettiradi. U yerda Abdulla 
To‘q mullin degan tatar ma’rifatchisi bilan tanishadi. Shoir 
tarjimayi holida eslashicha, o‘n yoshlaridan she’r mashq 
qila boshlagan. To‘qmullin Ham za ning yuz sahifadan or-
1
 Bashar
– odam, kishilik, inson. 
2
 Kurrai arz
– yer kurrasi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə