Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


Ikkinchi bandda shoir vatanning qanday jihatlariga urg‘u  berayotganini anglating. 3



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/129
tarix29.11.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#140177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

2.
Ikkinchi bandda shoir vatanning qanday jihatlariga urg‘u 
berayotganini anglating.
3.
Vatandan ko‘z yumib, unga o‘q otib, «boyonlara» sotgan 
«tug‘gonlar» kimlar va she’rda ularga qanday baho beril-
gan?
4.
Oltinchi to‘rtlikda tasvirlangan «bilguvchilar» kimlar va 
shoir ularga qanday ayb qo‘ygan?
5.
Keyingi baytda tilga olingan «bilimsizlar» kimlar va 
ularning aybi nimada deb o‘ylaysiz?
DARDIGA DARMON ISTAMAS
Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,
Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon
1
istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Ko‘nglidur oshuftai
2
lahvu tarab
3
, nafs-u havo
4
,
Tilsa zillat xanjari bag‘rini Luqmon istamas.
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Qo‘lidadir domi tama’
5
, ko‘zidadur kayfi xumor,
Soch oqarub qaddi хam
6
bo‘lsa pushaymon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Ilmsizlikda hama kelgan baloni anglayur,
Ittifoq-u g‘ayrat aylab lek irfon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
1
Mohi tobon
– yorug‘ oy, to‘lin oy.
2
О
shufta
– shaydо, оshiq.
3
Lahvu tarab
– befoyda hangomatalablik.
4
Nafs-u hav
о
– nafs istagi, kibr, maqtanchоqlik.
5
D
о
mi tama
’ – tama tuzоg‘i.
6
Х
am
– egilgan, bukilgan.
Savol va topshiriqlar:


20
O‘zga millat uchsalar hikmat topib so‘yi samo
1
,
Bizni ellar loaqal yer uzra davron istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
O‘zgalar etmoqda har kun bing
2
sanoyi ixtiro
3
,
Biz aqalli topmoqqa beranj bir non istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Bu na vahshat, na jaholat er-qiz-u, pir-u juvon,
Domi g‘afl atdin xalos o‘lmakka imkon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Ey Nihon, bing hayf, ey insoniyat, islomiyat,
Millati xor o‘lmag‘in hech nomusulmon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
 
 
 
 
 
 
 
1916

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə