4-mavzu: Ilmiy dunyoqarash va uni shakllantirish. Aqliy tarbiya



Yüklə 16,88 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü16,88 Kb.
#143076
19-Amaliy mashg\'ilot




14-mavzu: Ilmiy dunyoqarash va uni shakllantirish.Aqliy tarbiya
(Seminar mashg‘uloti ishlanmasi 2 soat)
Reja:
1.Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g’oyani shakllantirish o’quv -tarbiya jarayonining tarkibiy qisimlari.
2.O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qisimlari.
3.Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
4.Aqliy tarbiya vositalari.


1-topshiriq. “O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda nima qilish kerak?” mavzusidagi munozarani o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar



  1. O‘qituvchi savolni muhokama qilish uchun o‘rtaga tashlaydi va o‘ylash uchun bir daqiqa vaqt beradi.

  2. Talabalarning javoblari tinglanadi va doskaga ketma-ketlikda yozib boriladi. Garchi takrorlanish holati mavjud bo‘lsa ham, mazkur holatda hamma javoblarning yozib borilishi talab etiladi,.

  3. Hamma o‘z fikrini bildirib bo‘lgach, o‘qituvchi doskaga yozilganlarini talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi va to‘g‘ri javoblar ajratib olinadi.


2-topshiriq. Ilmiy dunyoqarash va uni shakllantirish doir blits-so‘rov savollari
1. Dunyoqarash deganda nima tushuniladi?
2. “Ilmiy”va “oddiy” dunyoqarash tushunchalariga izoh bering.
3. Fikr nima?
4. Fikrlashning qanday turlari ajratib ko‘rsatiladi?
5. Aqliy rivojlanish nima?
6. Induktiv fikrlashga ta’rif bering?


3-topshiriq. “Ilmiy dunyoqarash va uni shakllantirish.Aqliy tarbiya” mavzusida sayohat metodini tashkil etish va o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar



  1. Talabalar uch guruhga bo‘linadilar hamda ularga “vatanparvarlik”, “baynalmilallik” vaharbiy vatanparvarlik” mavzusiga doir ijodiy ish tayyorlash vazifasi topshiriladi;

  2. Guruhlarda ishlash uchun vatman qog‘ozi, marker va skoch kabi jihozlar taqdim etiladi.

  3. Guruhlarda ishlash tartibini o‘qituvchi boshqarib borishi va talabalarning har birining ishtirokini ta’minlashi zarur.

  4. Talabalar ularga berilgan mavzu bo‘yicha ijodiy ishni tayyorlab bo‘lganlaridan so‘ng, uning taqdimotini amalga oshirishadi.

4-topshiriq. Ilmiy dunyoqarash va uni shakllantirishga doir ijodiy test topshirig‘i
1. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying.
... izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim -tarbiyaning yo‘lga qo‘yilishi, uning turli yo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi.
2. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying.
... Umumlashgan fikrlash hodisalarni muayyan guruhlarida ko‘p uchraydigan harakat usullari yoki umumiy tamoyillarni topa olish bilan xarakterlanadi.
3. Gapni tugallang.
Aqliy tarbiya ta’lim oluvchining intellekti, bilish imko-niyatlarini, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Uning asosiy vazifasi – ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo‘yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirish. Ularni o‘zlashtirish natijasida dunyoqarash asoslari shakllanishi zarur ...
4. Gapni davom ettiring.
... Mustaqil fikrlash – bu insonning muammoni, uni hal qilish yo‘llarini o‘zi
ko‘ra olishi va unga mustaqil javob topa olish qobiliya-tidir.


4.2-topshiriq. Aqliy tarbiyaning maqsad va vazifalariga doir tushunchalar tahlili metodini bajarish

TUSHUNCHALAR TAHLILI

Tushunchalar

mazmuni

Kasbiy faoliyatingizdagi o‘rni

Aqlning teranligi







Aqlning barqarorligi







Intellekt







Aqliy tarbiya vositalar







Bilish faoliyati







Ilmiy qarash









Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



  1. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017.

  2. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.

  3. Djuraev R.X. va boshq. Pedagogik atamalar lug‘ati. –Toshkent, Fan, 2008.

  4. Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar /O‘quv qo‘llanma. O‘.Asqarova. –Toshkent, Istiqlol, 2005.

Yüklə 16,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə