Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlarni tashkil etish



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə9/23
tarix13.02.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#100725
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
boshlangich sinf mehnat darslarida qogozdan amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzu orqali jonivorlarga mehr muhabbatli bo’lish ularga ozor yetkazmaslik va jonivorlarga nisbatan mehribonlik ruhida tarbiyalash.

  • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda mehnat to’g’risida bilim ko’nikma malakalarni hosil qilish va rivojlantirish, mustaqil fikrlash va tafakkurini o’stirish.

    Dars turi: An’anaviy
    Dars tipi: Yangi bilm beruvchi
    Dars metodi: tushintirish, suhbat, ko’rgazmalilik
    Dars jihozi: rangli qog’ozlar, yelim, qaychi, qalam, chizg’ich, ko’rgazmali rasm
    Darsning borishi:
    I.Tashkiliy qism
    a) salomlashish
    b) davomatni aniqlash
    c) o’quvchilarni darsga hozirligini tekshirish
    Ma’naviy daqiqa.

    • Hozir o’lakamizda qaysi fasl! (Kuz fasli)

    • Bu faslda qanday o’zgarishlar ro’y beradi? … (yomg’ir yog’adi, daraxtlar bargi sarg’ayadi va bargini to’kadi, …)

    Kuz faslida qanday bayramlar bor?
    (Mustaqillik kuni, “O’qituvchilar kuni”, “Til bayrami”!)
    II. uy vazifasini tekshirish va baholash.
    Ungcha o’quvchilar DVD tasmasiga yozilgan ertakni eshitishadi. Uy vazifasini yahshi bajarib kelgan o’quvchining ishi na’muna qilib ko’rsatiladi.
    III. Yangi mavzu bayoni.
    bolajonlar hamma darsga tayyormi
    Bugun biz sizlar bilan “Qurbaqa” maketini yasashni o’rganamiz.
    Yangi mavzuni boshlashdan oldin
    jismoniy daqiqa” o’tkaziladi.
    O’ng qo’limda qaychijon
    Chap qo’limda qog’ozboy
    Qiziqaman yelimlayman
    Mehnatdan men qo’rqmayman
    Yasash bosqichlari:
    1-Bosqich: Kvadrat shaklidagi rangli qog`ozni qirqib olinadi 2-Bosqich: Do’ppi shaklida buklanadi.
    3-Bosqich. Hosil bo’lgan uchburchakning bir tomonidagi pastki ikki uchi yuqoriga qaratib buklanadi.
    4-Bosqich: Yuqoriga buklangan tomonning pastki qismidagi ikki uchi o’rtadagi chiziqka etkazdirilib yuqoriga buklanadi.
    5-Bosqich. Uchburchakning orqa tomonidagi ikki uchi esa haklning yuqori qismidagi uchidan ichkariga qaratib pastga buklanadi.
    6-Bosqich: buklangan qogozning ichkariga buklangan qirg`og`i orqaga qaytarib, yangi hosil bo’lgan uchburchak chetiga etkazib buklanadi.
    7-Bosqich: Hosil bo’ltan shaklning katta-kichikligiga qarab uning pastki qismidan 1-2 sm qismi ichkariga buklanadi. 8-Bosqich: buklangan qismidan 0,5-1 sm qolirib, avvalgi holatga tomon yani tashqariga buklanadi. Natijada “Qurbaqa” hosil bo’ladi. Buni, buklangan joyidan salgina bosib, so’ng qo’yib yuborilsa, u xuddi tabiiy qurbaqadek sakraydi. Shuningdek bu shaklga yana qurbaqaning ko’zi va og`zini ham chizish mumkin.
    Keyin bolalar bilan mavzu yuzasidan savol javob o’tkaziladi savollar proyektorda ovozli tarzda ko’rsatiladi va eshitiladi. Savollardan namunalar.

    • Bolajonlar qurbaqa qanday hayvon?

    • U qayerda yashaydi?

    • Qurbaqalarning qanday turlari bor?

    • Qurbaqalarning ranglari qanday bo’ladi

    Qani endi bolajonlar “qurbaqa” yasashni boshlaymiz. Bizga rangli qog’oz , qaychi, chap tomonda qog’ozlar, oldinda yelim ahlat uchun quticha.

    Yüklə 1,44 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə