Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlarni tashkil etish


Bitiruv malakaviy ishning ishlanganlik darajasi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə2/23
tarix13.02.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#100725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
boshlangich sinf mehnat darslarida qogozdan amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi

Bitiruv malakaviy ishning ishlanganlik darajasi.Respublikamizda mustaqillik yillarida umum ta’lim maktablarida ta’lim sohasida, o’qitishni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish hozirgi jamiyat taraqqiyoti talabidan kelib chiqmoqda.
Ayniqsa, boshlang’ich sinf mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarning aqliy-jismoniy, estetik tarbiyalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat ta’limini o’qitish usullari texnologiyalari haqida olimlarimizdan K. Davlatov, R. Mavlonova, X. Egamov, I. Choriev, N. Shodiev, M.Magdiev, Sh. Sharipov, N.Muslimov va boshqalar o’zlarining darslik va uslubiy qo’llanmalari mavjud.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Boshlang’ich sinf mehnat darslarida qog’ozdan amaliy ishlarni tashkil etishning samarali shakl va usullarini ishlab chiqish .
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:

  1. Mehnat darslarida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini tashkil etishni nazariy va amaliy asoslash.

  2. Mehnat darslarida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini tashkil etish mazmuni, shakli, metodlarini aniqlash

  3. Mehnat darslarida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini tashkil etish amaliy-didaktik vositalarini tanlash va amaliyotga tadbiq etish.

  4. Mehnat darslarida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini tashkil etish bo’yicha amaliy topshiriqlarni, dars ishlanmalari, tavsiyalarini ishlab chiqish

Bitiruv malakaviy ishning ob`ekti: Boshlang`ich sinf mehnat ta`limida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini tashkil etish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: Boshlang`ich sinf mehnat ta`limida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini tashkil etish mazmuni, shakli, vosita va metodlari.
Bitiruv malkaviy ishining ilmiy farazi: Boshlang`ich sinf mehnat ta`limida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini tashkil etish borasida yuutqlari qo’lga kiritish mumkin, agarda:
- qog`oz bilan ishlashga oid nazariy va ilmiy-metodik asoslar ishlab chikilsa va asoslab berilsa:
- qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini tashkil etish mazmuni, shakl va metodlari ishlab chiqilsa va ta`lim jarayonida keng joriy etilsa:
- qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini tashkil etish mehnat ta`limining samarali usullaridan foydalanilsa:
- qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini tashkil etish ta`sir kursatuvchi omillar aniqlansa va mehnat ta`limi jarayonida ularni ko’chaytirishga alohida e`tibor qaratilsa:

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə