Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlarni tashkil etish



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə6/23
tarix13.02.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#100725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
boshlangich sinf mehnat darslarida qogozdan amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi

I-bobga xulosa
Bugungi kunda respublikamizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ta`lim va tarbiya tizimini isloh kilish, milliy kadrlar tayyorlashni zamon kadrlar darajasiga kutarish masalasi davlat mikiyosidagi muxim muammo sifatida karalmokda.
Shu boisdan bugungi kundagi mehnat ta`limi ham amalga oshirishi kerak bo’lgan bir qancha vazifalarni o’z oldiga maqsad qilib quygan. Bu vazifalarni bajarishda mehnat ta`limi o’qituvchisidan etuk bilimli, tajribali, mukammal bo’lishni talab etadi.
Mehnat darslarida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini qiziqarli, mazmunli va ilmiy-metodik jixatdan to’g`ri tashkil etish har bir o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi.
Har bir fan o’qituvchisiga o’z uslubi, o’z usulining o’ziga xosligiga ega bo’lish huquqi berilgan, shuning uchun mehnat darslarida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarida turli ko’rgazmali qurollardan foydalanib tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.
Mehnat ta`limida qog`ozdan amaliy ish topshiriqlarini bajarishga o’rgatish o’qituvchidan muntazam katta tayyorgarlikni, har bitta mashg`ulotni doimo nazorat qilishni, o’quvchilarni mashg`ulotga oid bilimlar bilan qurollantirib, uni amalda qo’llashni va mavzular mazmunini mukammalashtirib o’quv jarayonini to’g`ri tashkil etish talab etadi.
O’quvchilar mehnat darslarida eng avvalo qog`oz turlari, ishlab chiqarilishi, qog`ozning hususiyatlari, ishlov berish usullari bilan tanishadilar. Bu barcha o’quv anjomlari dafgarlar, kitoblar, o’quv qo’llanmalari, bosiladigai qog`oz turlari: yoziladigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va oynoma qog`ozlaridir.
Mehnat ta`lim darslarida o’quvchilar turli qog`ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari; rangi, qalinligi, zichligi siyohni shimish xususiyati, sathining xarakteri – siliq g`adir-budirligi bilan tanishadilar.
Bu esa o’quvchilarni qog`oz va kartonga ishlov berish malaka va ko’nikmalarini egallashga, ijodiy qobiliyatlarini o’stirishga, bilimga qiziqishini o’stirishga yordam beradi.

II bob. Boshlang’ich sinf mehnat darslarida amaliy ishlarni tashkil etishning shakl va metodlari.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə