Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlarni tashkil etish



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə4/23
tarix13.02.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#100725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
boshlangich sinf mehnat darslarida qogozdan amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi

Qog`ozni buklash usullari. Qog`ozni teng ikkiga buklash uchun qog`oz stol yoki parta ustiga qo’yiiladi va o’ng hamda chap qo’li bilan qog`ozni uziga yakin turgan tomonining ikki uchidan ushlab, uni pastki uchlari bilan tenglashtiriladi. Bunda qog`ozning uchlarining qirrasi bir-biriga to’g’ri tushishi kerak. Ana shundagina qog`oz qo’l bilan tekislanib, uning bukilgan chizig’i ustidan tirnok bosib yurgiziladi.
Qog`ozni bukilgan joyidan yirtish. Qog`ozni yirtishdan oldin, avval ehtiyotlik bilan ochiladi, uning bir tomoni o’ng qo’l bilan bosilib, chap qo’l bilan bukilgan chiziqdan sekin yirtiladi, Bukilgan chiziq ustiga chizgichni qo’yib, xam qog`ozni yirtish mumkin.
Qog`ozni bukilgan joyini pichoqda qirqish. Qog`ozni buklab, tirnok bilan bosib iz tushiriladi. Shundan so’ng uning buklangan chizig’ini o’ng tomonga qilib stol ustiga qo’yiladi, uning orasiga pichoqni tiqib yurgiziladi.
Qog`ozni kaychi bilan qirqish. Qaychi o’ng qo’lda ushlanadi. Ish vaqtida qaychini harakatsiz ushlab, qirqilayotgan qog`ozni, undagi kesish chizig’i aniq ko’rinishi uchun aylantirib turiladi.
Qog`ozni yopishtirish. Stolning ustiga gazita yozib, uning ustiga kerakli o’lchamda qirqib olingan rangli yoki istalgan qog`oz qo’yiladi va mo’yqalam yordamida urtasidan chetiga avval chap, so’ngra o’ng tomonga qarab elim surtiladi. Elimni tez, yupqa qilib surtiladi. Elim surtilgan qog`ozni yopishtiriladigan predmetning ustiga qo’yib, uning ustidan g’ijimlanishlar bo’lmasligi uchun toza latta bilan bosib tekislanadi.
Qog`oz va kartonni o’lchash usullari. Mehnat darslarida qog`ozni o’lchash usullari unchalik murakkab emas va ular matematika darslarida qo’llanadigan asboblar yordamida bajariladi. Birinchi navbatda bu oddiy chizgich, uchburchak chizg’ich va sirkuldir.
Qog`oz va karton bilan ishlash darslarining asosiy xususiyati shundaki, bu darsda buyumlarning umumiy ko’rinishidagi yig`ma, chizma va buyumning namunasi yoki faqat texnikaviy rasm va chizmalardan foydalaniladi.
O’qituvchi o’quvchilarning yig`ma chizmani o’qishga, chizma va namunadan barcha detallarni, ularning o’lchamini aniqlash va har qaysi detalni mustaqil belgilab olishga o’rgatadi. O’qituvchi o’quvchilarga namuna va mehnat darsidagi chizmani ko’rsatib, bolalar bilan maketni yasash uchun nechta detal tayyorlash kerakligini, ularning o’lchami shakli qanday bo’lishini aniqlaydilar.
Bolalar chizmaga qarab to’g`ri burchak, uchburchak shaklida ekanligini aytadilar. Qog`oz va karton bilan ishlash mashg`ulotlari o’quvchilar oldindan qo’yidagi tayyorgarlik ko’rishadi: stolning ustiga qog`oz yozib, ish uchun kerakli ish qurollari va materiallarni olib tayyorlaydilar. Har bir mashg`ulot oxirida o’quvchilar keyingi mashg`ulotda kerakli bo’ladigan narsalarni yozib oladilar.
O’quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishlari, o’z ishini rejalashtira bilishlari, vaqtdan unumli foydalanishlari shu bilan birga ish joylarini toza va ozoda, sinf xonasini tozalab qo’yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo’llanilganidek qog`oz bilan ishlash darslarida ham ta`limning ko’rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan mehnat darslarida turli xil namuna, rasm, sxematik namuna, turli predmetlardan shuningdek texnik vositalardan foydalaniladi.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə