Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslikka doir tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari



Yüklə 21,23 Kb.
səhifə3/3
tarix23.09.2023
ölçüsü21,23 Kb.
#123160
1   2   3
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslikka doir tasavvur

Taqqoslash - narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash - aqlning tahliliy ishi. Taqqoslash jarayoni murakkab, o’z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. o’quvchilar narsalarning belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim bo’lmagandan farq qilsalar, bu sintez, umumlashtirish va xulosali taqqoslash bo’lishi mumkin, chunki bunda faqat muhim belgilar bo’yicha taqqoslash mumkin bo’ladi.

Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin uch, to’rt va hatto undan ko’proq obyektlarni taq-qoslash mumkin bo’ladi. Taqqoslashni bir-biriga qarama-qarshi jihatlarni qo’yishdan boshlash qulay (qum sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan belgilarni emas, balki o’xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalarning eng muhim belgilarini aniqlaydilar.

Kuzatish va suhbatlar taqqoslash uchun materialdir. Taq-qoslashga kirishishdan oldin ularni qanday bilib borish kerakligini ko’rsatish kerak. Suhbat jarayoni shu ma'noda juda qulay. Chunonchi, 3- sinfda “O'simlik va hayvonot olami” mavzusini o’rganishda tabiatdagi kuzatishlardan keyin ushbu savollar bo’yicha suhbat o’tkazish mumkin: sen yashayotgan joyda qaysi o’simliklar ariq bo’ylaridagi nam tuproqda, qaysilari ariqdan uzoqda - quruq tuproqda o’sadi? o’simlklar va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlar jonsiz tabiatdagi qaysi o’zgarishlar bilan bog’liq? Nima uchun kuz oylarida havoning harorati o’zgaradi? Suvda o’sayotgan qamish quruqda o’sayotganlaridan tashqi ko’rinishi bo’yicha nima bilan farq qiladi? Qurbaqa va baqaning tuxumlarida qanday farq bor?

Maktab maydonidagi gulzorda o’suvchi o’simliklarni poyasi, barglari, gullari, mevalari bo’yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o’qituvchi o’quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko’rmagan, qabul qilish vositasida sezgilari sezmagan hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib berishi mumkin. Tahlil butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo’lish, o’xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g’alla o’simliklarining ildizi, poyasi, guli va mevasi bo’ladi. Ammo bu belgilarning o’xshashligida, masalan, bug’doy va makkajo’xorida farqlar ham bor.



Sintez bog’lanishlar o’rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir (g’alla o’simliklarining ildizlari ko’pgina ingichka ildizchalardan iborat; poyasi kovak - poxolcho’p; bargi ensiz va uzun; mevasi - don).

Fikrlash natijasida ilgari ko’rilmagan yangi bog’lanishlarni o’rnatsa bo’ladi. Tafakkur jarayonida o’quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog’lanishlarni aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran tanlaydi va qo’llaydi. o’qituvchi bolalarning har xil tushunchalardan foydalanishlarida, mantiqiy tafakkurning ayrim operatsiyalari jarayonida fikr yuritganlarida bu xatolarni osonlik bilan payqaydi.


“Nima uchun?”, “Nimaga?” savollariga javob talab qilib, o’qituvchi bolalarni o’z fikrlarini asoslashga, o’z oldilariga savollar qo’yishga va ularga to’g’ri javob berish uchun harakat qilishga o’rgatadi.

Foydalanilgan adabiyot:


  1. “Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi”, Toshkent 2017-y.


  2. M.I. Nuriddinova “Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi”, Toshkent-2005 y.


  3. A. Bahramov, Sh. Sharipova “Tabiatshunoslik” (3-sinflar uchun darslik), Toshkent- 2016 y.


Internet saytlar:


  1. www.ziyonet.uz


  2. www.edu.uz


  3. www.pedagog.uz




http://fayllar.org
Yüklə 21,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə