Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslikka doir tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari



Yüklə 21,23 Kb.
səhifə2/3
tarix23.09.2023
ölçüsü21,23 Kb.
#123160
1   2   3
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslikka doir tasavvur

Tasavvur sezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasavvur qilishning mahsulidir. Tushuncha tafakkur mahsuloti hisoblanadi. Tushunchalar qabul qilinadigan va tasavvur etiladigan narsalar ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Masalan, qushni tasavvur qilish uchun unga qarash kifoya. O’sha qush to’g’risida tushuncha hosil qilish uchun esa aniq bilimlar va ularni tizimlashtirish bo’yicha fikrlash kerak bo’ladi.

Qabul qilish va tasavvurlar ayrim narsalarning qiyofasidir. Tushunchalar esa o’zida butun narsalar sinfiga taalluqli umumlashgan mazmunni aks ettiradi. Masalan, “barg” tushunchasi daraxt, buta, o’t o’simliklarda o’sadigan hamma barglarga taalluqlidir.

Tasavvurlar tushunchalarning sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasavvurlar bilan tushunchalar o’rtasida keskin chegara yo’q. Tasavvurlar narsalarning muhim xususiyatlarini tobora ko’proq aks ettirib borishi bilan umumlashadi hamda ushunchalarga aylanadi. Ayni vaqtda tushuncha o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. U yoki bu narsa yoxud tabiat obyektlari to’g’risida tasavvurlarning bo’lishi ular to’g’risidagi tushunchadan dalolat bermaydi. Tu-shuncha ko’pgina ayrim hodisalarning muhim belgilarini umum-lashishi sifatida hosil bo’ladi.

1-2- sinflarda o’quvchilar “Atrofimizdagi olam” fanidan umumiy tabiatshunoslik tushunchalarini oladilar. Kelgusi sinflarda ular tajribalar o’tkazish, kuzatishlar, ekskursiyalar, amaliy ishlar vaqtida tabiat to’g’risida aniq tushunchalarga ega bo’ladilar.

Umumiy tushunchalarni shakllantirishda o’qituvchi:

1) obyektlarni maqsadga yo’nalgan holda qabul qilib olinishini tashkil etishi;

2) tabiat jismlari va hodisalari to’g’risidagi har bir yangi tu-shunchani tahlil qilishi va barcha narsalarda, ilgari o’zlash-tirilganlarda takrorlanadigan muhim belgilarni ajratishi;

3) ikkinchi darajali, uncha muhim bo’lmagan barcha belgilarni mavhumlashtirish, buning uchun uncha muhim bo’lmagan turlanadigan belgili, lekin muhim belgilarini saqlagan (masalan, lola va binafsha, boychechak va lola) narsalardan foydalanishi lozim.

Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda har xil fikrlash operatsiyalaridan, ya'ni tahlil, sintez, taqqoslash, mavhum-lashtirish, konkretlashtirish, umumiylashtirish kabilardan foyda-lanishga alohida ahamiyat berish kerak.

Tabiatshunoslik kursida tushunchalar umumiylashtirish va mavhumlashtirishning darajasi bo’yicha har xildir. Ularning asosiy ta'riflari:

1) mazmuni;

2) hajmi;

3) shu tushunchaning boshqa tushunchalar bilan bog’lanishi va munosabatidir.

Mazmun tushunchalarning eng muhim belgilari bilan xarakterlanadi. Tabiatning eng muhim belgilarini ajratish uchun “belgi” va “eng muhim belgi”ni farqlash kerak. N.I.Kondakov: “Belgi-bu barcha narsa yoki hodisalarning ko’rsatkichi, tomonidir, ularga qarab narsa va hodisalarni tanlab olish, aniqlash yoki ta'riflash mumkin”, - deb belgilaydi, “eng muhim belgi - bu shunday belgiki, unda narsaning tub tabiati ifodalanadi, shu bilan boshqa tur va guruhdagi narsalardan farqlanadi... Agar bu belgi mustasno qilinsa, bunda tushuncha parchalanadi, mavjud bo’lmay qoladi”. Mazmuni bolyicha tushunchalar oddiy va murakkabga bo’tinadi. Masalan, “Quruqlik yuzasining shakllari” murakkab tushuncha. Uning eng muhim belgisi: tekis yuza (tekislik)ning ko’tarilgan (tepalik, tog’lar), pasayganligi (tog’ oralig’i jarlik)dir. Shu paytning o’zida tepalikka oddiy tushuncha sifatida ham qarashimiz mumkin; uning eng muhim belgisi tagi, cho’qqili va yon bag’irligidir.



Tushunchalar hajmiga qarab, alohida va umumiy bo’ladilar. (Masalan, tabiatshunoslik kursida “O'z o’lkamizning tabiati”,
“Tabiatda mavsumiy o'zgarishlar” tushunchalarini umumiy deb atash mumkin, ular hissiy qabul qilishlar bilan bog’liqdir va alohida tushunchalar, umumiy tasavvurlardan iborat. Alohida va umumiy tushunchalar ham geografik, ham biologik kelib chiqishiga ega bo’lishi mumkin. Geografik tushunchalar alohida (Toshkent) va umumiy (tog’lar, foydali qazilmalar) tushunchalarga, biologik tushunchalar tur (chittak, lola, archa, avlod, hayvonlar, bargli o’simliklar) tushun-chalariga bo’linadi.

Har xil tushunchalarni shakllantirishda tasavvurlar bilan tushunchalar o’rtasiga chegara qo’yish mumkin. Tasavvurlar tobora umumlashib borib, tushuncha belgilariga ega bo’ladi. Tushuncha muayyan holga kelib, tasavvuiga o’tadi.

Tabiatshunoslik kursida tabiat va odamlar faoliyatini o’iganishda dastur qator tasavvur hamda tushunchalarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Birinchi tabiatshunoslik darsida o’quvchilar “tabiat”, “jonsiz tabiat”, “jonli tabiat” kabi tushunchalar bilan tanishadilar va maktabgacha bo’lgan yoshda ham 1-4- sinflarda shakllangan tabiatning real qismlari va hodisalari to’g’risidagi tasavvurlar sistemaga olinadi.

Tushunchalarni shakllantirishda shuni nazarda tutish kerakki, tushuncha ayrim elementlardan tarkib topadi. Chunonchi, “tepalik” tushunchasi quyidagi elementlardan: cho’qqisi, tagi, tik yonbag’irlik, yotiq yonbag’irlik kabilardan tarkib topadi. “Daryo” tushunchasi quyidagi unsurlarni: quyilish joyi, boshi (boshlanishi), o’zani, o’ng va chap qiig’og’i kabilarni o’z ichiga oladi.

Tabiat obyektlari va hodisalari to’g’risida to’g’ri tushuncha hosil qilish uchun avval ularni kuzatish, keyin ularning tasvirini (surat, jadval, xarita, sxema) qarab chiqish, o’qituvchining hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan tushunchani darslik bo’yicha mustahkamlash kerak. O’qituvchining maqsadga yo’nalgan ishi tushunchalarning muvaffaqiyatli shakllanishiga yordam beradi.

Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish. Yakka tushunchalar boshqa narsalar, hodisalarga xos bo’lgan yakka belgilardir. Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan mustah-kamlansa, yakka tushuncha nom yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt bo’lmaydi.

O’quvchilar e'tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bog’lanishiga qaratmoq, ya'ni obyektning yakka xususiyatini ta'kidlamoq zarur; agar u geografik obyekt bo’lsa, unda obyektga fazoviy xarakteristika berish, ya'ni joylashgan o’rnini xaritadan aniqlash kerak.

Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda umumiy bo’lmagan tushunchalardan umumiyroq bo’lgan tushunchalarga kelish bo’yicha o’tkaziladigan mashqlar katta ahamiyatga ega. Masalan, tur doirasidagi “bo'ri”, “tulki”, “yo'lbars”, “sher” tushunchalari avlod doirasidagi “yirtqichlar” tushunchasiga kiradi. Bunda farq ettiruvchi xususiyatlar (tur belgilari): junlarining rangi, tana tuzilishi, harakatlanish xususiyatlari shu hayvonlarning tashqi ko’rinishidayoq ma'lum bo’ladi. Ularning avlod doirasidagi umumiy belgisi boshqa hayvonning go’shti bilan oziqlanish qobiliyatidir. o’quvchilarni avlod doirasidagi belgilarni tur doirasidagi belgilardan farqlashga o’rgatish uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va aniq belgilarni o’zida saqlagan bo’lishi kerak. Masalan, “na'matak, siren, ligustrumlar - buta”, degan ta'rif noto’g’ri, chunki unda aniqlik yo’q. Buning o’rniga “na'matak, siren, ligustrumlar - buta, chunki ularda asosiy poya yo’q, ildizdan esa birdaniga bir nechta novdalar o'sgan”, deyish kerak.


Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o’zlashtirilishini ta'minlovchi metodik sharoitlar.

O’quv materialini o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirmaslik hollari ham mavjud. Buning sababi shundaki, ularning bilimlari tasavvurlar darajasida qolgan. Darsda bir mavzu bo’yicha shakllantirilgan tushun-chalar keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog’lanmaydi. Tushunchalarni rivojlantirishning zarur sharoiti tizimdir. Jumladan, tabiatshunoslik tushunchalarining hosil bo’lishi muayyan metodik sharoitlarda amalga oshadi.

Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish-kuzatishlarga asoslanib, o’iganilayotgan narsa yoki hodisa to’g’risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilingan sharoitda to’g’ri bo’lishi mumkin.

Tushunchani birlamchi tarzda hosil bo’lishida obyektlar va ko’rgazmali materialning har xil turlari Gadvallar, sxemalar, suratlar va hokazolar) katta ahamiyatga egadir. O’quvchilar tafakkurini rivqjlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb qilmasdan turib tushunchalarning o’zlashtirilishiga erishish mumkin emas. o’quvchilarning fikrlash faoliyatini rag’batlantirish uchun o’qituvchi mavzu va darsni boshlab, ular oldiga muammolar qo’yadi. o’quv materialini bayon qila borib, o’quvchilarni sabab va oqibatlarni, tabiat hodisalari o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashga jalb qilishga harakat qiladi. Jonajon o’lkaning tabiati mavzusi misol bo’lib xizmat qilishi mumkin, unda har xil o’simliklar hayotining tuproq, suv, oziq moddalar va boshqa omillarga bog’liqligi (3- sinf), o’simlik va hayvonlar hayotining tabiiy sharoitlarga bog’liqligi (4-sinf) ko’rsatilgan. Tabiatshunoslik tushunchalarining o’zlashtirilishida predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o’qish, matematika, ona tili, musiqa, ashula, mehnat, rasm olish bilan) aloqa o’rnatish muhim rol o’ynaydi.

Predmetlararo aloqadan muntazam, uzluksiz foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarini hayotda qo’llashga, o’quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog’lanish o’rnatishga o’rgatadi. O’quvchilarni faol fikrlashlarini tarbiyalashda o’qituvchining savollari katta rol o’ynaydi. Tabiatshunoslik darslarida darslik matnini tiklashda (esga olishda) tahlilni, sintezni, umum-lashtirishni talab qiluvchi savollar berish kerak. Javobda sintezni, talab qiluvchi, tushunchalarni kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. Bunga quyidagi savollar misol bo’lishi mumkin: cho’lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qmg’oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Dasht va cho'l tabiatining o’xshashligi nimada? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o’smaydi? va hokazolar.

Tushunchalarni rivojlantiruvchi savollar majmuasi tabiiy narsalarni jadvaldagi ularning tasviri bilan taqqoslashni, sxemalar chizishni, doskada ularni rasm va gerbariylar bilan uzviylashtirishni o’z ichiga oladi. Masalan, 3- sinfda quyidagilar shunday savollardan bo’lishi mumkin: chigit ekilgandan keyin unda qanday jarayon boradi? Qish vaqtida daraxt bilan butani bir-biridan qanday ajratish mumkin? Yerda hamma tomonlarga harakat qilganda ham janubga boradigan joy bormi? (Xarita yoki globusdan ko’rsating). Tabiatda suv aylanishining sxematik tasvirini bering.

O’quvchilar jadvaldan foydalanib, o’simlik va hayvonlarning tashqi xususiyatlarini taqqoslaydilar, ular har xil tabiiy sharoitlarda yashashga qanday moslanganliklarini hikoya qiladi. Tushuntirish jarayonida o’qituvchi o’quvchilaming o’z ijodiy daftarlariga ko’chirib olishlari uchun doskaga oddiy sxemalarni chizishi mumkin. o’quvchilarga uyda sxemalar chizishni taklif qilish ham mumkin, kelgusi darsda esa chizilgan sxemalar birgalikda aniqlanadi va to’ldiriladi.

Shunga o’xshash ishlar o’qituvchi tomonidan oldindan ilib qo’yilgan jadvallarni to’ldirish bo’yicha ham o’tkaziladi. Jadvallar taqqoslash va umumlashtirish uchun sinfda (umumlashtiruvchi darslarda) hamda uyda to’ldirilishi mumkin. Solishtirma jadvallar sinfdagi amaliy ishlarda tirik tabiat burchagida hamda maktab o’quv-tajriba maydonchasida tajribalar o’tkazishda qo’llaniladi.

O’qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ularni tashkil qiluvchi elementlar bo’yicha o’quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni o’zlashtirilishining qadrini bilish o’qituvchiga o’qitishning borishini fahmlashga, bilimni o’zlash-tirish jarayoniga to’g’ri rahbarlik qilishga yordam beradi. Tushunchalarni ajratib o’qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo’llaydi (savollarni takrorlash tizimini puxta tuzadi, eng samarali ko’rgazmali qurollarni aniqlaydi).

Tabiiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkurning rivojlanuvchi mantiqiga alohida ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini hisobga olib, uni kengroq qarab chiqishga to’g’ri keladi.




Yüklə 21,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə