Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslikka doir tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari



Yüklə 21,23 Kb.
səhifə1/3
tarix23.09.2023
ölçüsü21,23 Kb.
#123160
  1   2   3
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslikka doir tasavvur


Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslikka doir tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari

Ajiniyoz nomidagi NDPIning boshlang’ich ta’lim fakulteti BTSTI yo’nalishi 3-V guruh talabasi Babajanova Nazokatning Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi fanidan yozgan


Mustaqil ishi
Mavzu:Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslikka doir tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik
Bajargan: Babajanova N
Qabul qilgan: Mirzabekova G’

Mavzu:Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslikka doir tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari.


REJA:

1.O’quv jarayonida tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish.

2.Umumiy tushunchalarni shakllantirishda tabiat vositalarining ro’li.

3.Tabiatshunoslik darslarida yakka tushunchalarni shakllantirish.

4.O’quv jarayonida mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirish.

Tayanch iboralar: “idrok”, “tasavvur”, “tushuncha”, “yakka tushunchalar”, “umumiy tushunchalar” “yig’ma tushunchalar”, “analiz, sintez”.

Boshlang’ich sinflarda tabiat to’g’risidagi bilimlar tarkibiga jonsiz tabiat jismlari va hodisalari, o’simlik va hayvonlar, odam tanasining tuzilishi va salomatlikni muhofaza qilish, har xil fasllarda qishloq xo’jalik mehnati to’g’risida tasavvur va tushunchalr oddiy geografik tasavvur hamda tushunchalar kiradi.

Bolalar maktabga kelishi bilan o’qituvchi rahbarligida atrof olam bilan maqsadga yo’nalgan holda tanishib boradilar. Atrof olam bilan tanishish ularning sezgi organlarining qabul qilishiga asoslanadi. Olamni bilib olishning birinchi bosqichi bolalarning barcha yangilarining qarab chiqishga, iloji bo’lsa ushlab ko’rishga qaratilgan tug’ma intilishdir. Shunga ko’ra dastlabki tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirish o’quvchiga o’rganish obyekti bilan bevosita muloqatda bo’lish imkoniyatini berishi kerak.

Ekskursiyalarda kuzatishlar vaqtida o’quvchilar kundalik hayotning narsalarini qabul qilib, ulardagi o’xshashlik va tafovut belgilarini topadilar. Ularda oddiy “tushunchalar shakllanadi” shakllanadi. Fikrlash jarayonida bolalarda aniq fikrlar vujudga keladi. Masalan, “bu gul qizil”, “bu o’simlik go’zaldir”. Fikr hosil bo’lishida :jism va hodisalarni tahlil qilish sintezlash, taqqoslash va umumlashtirish katta o’rin oladi. Fikr bevosita qabul qilish va tasavvurlar asosida shakllanadi. Fikrlash faoliyati jarayonida bolalarda atrof olam to’g’risidda tushunzhalar shakllanadi. Tushunchani ochib beriladigan fikrlar yig’indisi uning mazmunini tashkil qiladi.

Tabiatshunoslik darslarining asosiy maqsadi, o’quvchilarni tabiatni kuzatishga o’rgatish, ularda mehnat ko’nikmalari va tabiatga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Ana shu muhim talablarni bajarish, avvalo, tabiat haqidagi tasavvur va tushun-chalarni shakllantirishdan boshlanadi.

Maktab dasturi talablari asosida darslar samaradorligini oshi-rish, avvalo, o’quvchilarning mustaqil kuzatishlarini to’g’ri tashkil qila olishdadir.

O’quvchilarda u yoki bu tushunchani shakllantirishda narsalar to’g’risida aniq tasavvurlar hosil qilish, o’rganilayotgan materialni atrof-muhit bilan bog’lash, hissiy idrok muhim ahamiyatga ega, ya'ni tabiatshunoslik fanlarini o’rganish jarayonida olgan bilimlari asosida real borliq bilan ongli ravishda munosabat o’rnatishlari lozim. Shuning uchun fanga qiziqtirishning turli yo’llarini qo’llash, o’quv jihozlari vositasida olam va real tabiatni umumlashtirib, bir-biriga bog’lab tushuntirish lozim.

Tabiatshunoslik dasturi biologik, geografik, shuningdek, tabiatda kechadigan fizik, kimyoviy jarayonlarga oid elementar tushunchalarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi.

Tabiatshunoslik darslarida eng muhim tushunchalarni ajratib tushuntirish ilmiy dunyoqarashning shakllanishini ta'minlaydi.

Tabiatshunoslik tushunchalari umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar, hodisalar, jismlarning butun guruhi to’g’risidagi umumlashgan bilimlardir.

Chunonchi, “O'simliklar” tushunchasiga barcha o’simliklar uchun umumiy bo’lgan muhit belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil narsalar kiradi. Ularning hammasi o’sadi, rivojlanadi, nafas oladi, ko’payadi, ya'ni tirik organizm hisob-lanadi.

Tushunchalarni tasavvurlardan farq qila bilish kerak.


Yüklə 21,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə