Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish mundarija



Yüklə 55,96 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü55,96 Kb.
#181987
1   2   3   4   5
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARINI IFODALI O\'QISHGA O\'RGATISH

So’z urg’usi tushgan bo’gindagi unli shu so’zning boshqa bo’g’inlardagi unli tovushlariga qaraganda kuchliroq va cho’ziqroq talaffuz etiladi. So’z urg’usi lingvistik adabiyotlarda leksik urg’u nomi bilan ham tilga olinadi. So’z urg’usi, asosan, so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. So’zlarga qo’shimcha qo’shilishi natijasida urg’u ham ko’chib boraveradi.
Masalan : ishchi, ishchilar, ishchilarga
Bu hodisa ko’proq, turkiy tillarga, jumladan, o’zbek tiliga ham xosdir. Ammo, bunda o’zbek tilida urg’uning o’rni o’zgarmas ekan degan xulosa chiqmaydi. O’zbek tilida shunday so’zlar borki, so’z boshida kelgan urg’u so’nggi bo’g’inlarga tushmaydi.
Masalan: qaysi, qanday, qancha
Demak, o’zbek tilida urg’u so’zning boshida, oxirida, o’rtasida ham kelishi mumkin. Masalan:
So’z boshida: kimdir, allakim
So’z o’rtasida: albatta, mardlarcha
So’z oxirida: oqqush, otboqar
O’zbek tilida urg’u ma’no farqlash uchun ham muhim rol o’ynaydi. Masalan:
Olma (meva ), olma(fe’l), kesma(ovqat turi), kesma(fe’l)
Bulardan tashqari boshqa tillardan o’zlashgan so’zlarda ham urg’u ma’noni farqlash uchun asosiy belgi bo’lib kelyapti. Shuning uchun ham o’quvchilarni matnni ifodali o’qishga o’rgatishdan oldin ularni matndagi so’zlarning ma’nosi bilan tanishtirish, so’zlarning urg’uli bo’g’inini aniqlashga o’rgatish lozim.

Ayiruv urg’usi. Gap bo’laklaridan birining alohida ta’kidlash uchun yoki so’zlovchining his – hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash uchun qo’llanadigan urg’u. U ikki turga bo’linadi: 1. Logik urg’u (mantiq urg’usi) 2. Emfatik urg’u (emotsional urg’u).

Mantiqiy urg’u. Mantiqiy urg’u matnda yashirin holatda keladi. Badiiy asarlarni ifodali o’qishdan oldin yashiringan mantiqiy urg’uni aniqlash uchun matnni avval bir necha marta o’qib, muallif maqsadini tushunish, so’ngra mantiqiy urg’uli so’zni aniqlash mumkin. Mantiqiy urg’uni aniqlab kelayotganda badiiy asardagi uyushib kelgan va ma’noni kuchaytirish uchun qo’llangan takror so’zlarni hamda ayrim gaplardagi ta’kidlovchi so’zlarga alohida e’tibor berish kerak. Odatda, mantiqiy urg’udan keyin qisqa pauza qilinadi. Masalan:

Ey Farg’ona!

Mushkul kunlar bolasini

Tishida tishlab,

Yuvib,

Tarab,

Sevib,

O’pib,

Quchib,

Opichlab,

Ey baxtlarni balog’atga yetkazgan ona! (Hamid Olimjon)


Yüklə 55,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə