Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ifodali o'qishga o'rgatish mundarija



Yüklə 55,96 Kb.
səhifə5/5
tarix22.03.2024
ölçüsü55,96 Kb.
#181987
1   2   3   4   5
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARINI IFODALI O\'QISHGA O\'RGATISH

Emfatik urg’u (emotsional urg’u). Urg’uning bu turi ham biror gap bo’lagiga alohida ta’kidlashga asoslanadi, ammo logik urg’uda so’zning ma’no tomoni ta’kidlansa, emfatik urg’uda shu ma’no bilan birga so’zlovchining his-hayajoni, voqelikka bo’lgan sub’ektiv munosabatni ifodalash ham maqsad qilinadi: bu urg’u gapdagi so’zning ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Masalan: Eh, qanday go’zal tog’lardagi qip-qizil lola. Ushbu gapda qanday go’zal birikmasiga emfatik urg’u tushgan.


Sintagma urg’u. Sintagma urg’usi nutq oqimining ma’no jihatdan muhim bo’lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo’llanilgan urg’u. Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik mezon b) sintaktik mezon. Bu mezonlar sintagmaning grammatik semantik jihatdan yaxlit, bir – butun konstruktsiya ekanligidan kelib chiqadi. Sintagma urg’usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, grammatik jihatdan bir butun bo’lgan qismni maxsus ta’kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagmalardan ajratish uchun xizmat qiladigan fonetik vositadir”. Ifodali o’qishda sintagma urg’usining o’rnini to’g’ri belgilamaslik – gapning mazmuni va ifodali nutqqa jiddiy putur yetkazadi. Sintagma urg’usining ahamiyati shundaki, u pauza, so’z yoki jumlalarning bo’linib –bo’linib, tez yoki sekin o’qilishi ovozning ko’tarilishi yoki pasayishi kabi intonatsiya vositalarning reallashuviga imkon beradi.

Pauza. Pauza (pausis) yunoncha so’z bo’lib, to’xtash, tinish degan ma’noni bildiradi. Demak, nutq davomidagi to’xtamlar pauza deyiladi. Pauza ifodali o’qishda eng muhim vosita bo’lib, u nutqning yorqin va ta’sirchan chiqishini ta’minlaydi. Zero, to’xtovsiz, nafas olmay uzluksiz qilinadigan nutq qo’pol va nazokatsiz tuyuladi, chunki insonning eshitish qobiliyatida me’yor tuyg’usi mavjud. Har bir narsa yoki hodisada me’yor bo’lganidek, nutqning ham o’z me’yori va maromi mavjud. Nutq jarayonida so’zlarning ketma-ket oqimi davomida ma’lum bir bo’laklardan keyin to’xtab tin olish, nutqning bir me’yorda bo’lishiga, ravon va yoqimli kechishiga xizmat qiladi. Pauza she’riy asarlarda misralar orasidagi turoqlarning oxiriga tushadi, ayrim so’z yoki birikmalarni bo’rttiradi, ularning ma’no va ahamiyatini ta’kidlaydi. She’riy nutqqa his-hayajon bag’ishlaydi. Pauza asarning janr xususiyati, mazmuni va sintaktik qurulishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan hodisadir. She’rdagi bayt yoki bandlar she’riyatning tugallangan bir bo’lagi sifatida doimo pauza bilan bir-biridan ajraladi.
Yüklə 55,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə