Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda pedagogik


-BOB. O’QISH DARSLARINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSIDA TASHKIL ETISH METODIKASI



Yüklə 404,5 Kb.
səhifə7/17
tarix29.09.2023
ölçüsü404,5 Kb.
#124730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
4d21f10023ee560093402daa85be7f2a BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.

2-BOB. O’QISH DARSLARINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSIDA TASHKIL ETISH METODIKASI.
2.1. O’qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning shakllari.
Yurtimizda ta’lim mazmuniga alohida e’tibor qaratilib, DTS o’quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o’tkazilmoqda, pedogogik texnologiyalar asosida o’quv jarayonining samaradorligi oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot komminikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o’zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to’g’ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O’qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko’pgina metodlaridan foydalaniladi.
Bola hayotida bog‘chadan so‘ng maktabning dastlabki davrlari muhim o‘rin tutadi. Shu bois boshlang‘ich ta’lim davri ta’lim jarayonidagi eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakl- lanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi.
Bu davrda bolaning zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir mashg‘ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o‘yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o‘quv faoliyatiga o‘tganligi bilan xarakterlanadi.
Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallash- tiradilar va uni chuqur o‘zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, taTim jarayonida qoTlanadigan didaktik o‘yinlaming roli beqiyosdir. Didaktik o‘yinlar taTim jarayoni samaradorligini oshiradi, taTim jarayonida o‘quvchilar faolligini, o‘qish motivlarini rivojlan- tiradi. 0‘qish motivlari ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o‘rin tutadi.
Didaktik o’yinlar boshlang‘ich sinflarda ta’limning samarali borishiga o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya’ni didaktik o‘yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o‘quv- chilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi.
Didaktik o‘yinlar nafaqat boshlang‘ich sinflarda, balki ta’limning keyingi bosqichlarida ham o‘quvchilarning bilimga boTgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki boTishi mumkin. Ayniqsa qiyin o‘z- lashtiruvchi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday oyinlar samarali ta’sir koTsatadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshlang‘ich sinflar uchun yaratilayotgan o‘quv qo’llanmalarida shu sohaga oid materiallar tanqisligi ko‘zga tashlanib turadi.
Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Pedagogik texnologiya o‘quvchilar qobi- liyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko‘zlangan natijaga erishishda eng qulay yo‘l va usullami tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, u
Haqiqatdan ham ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi, oquvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
Shuning uchun ham ta’lim ishiga texnologik yondashuv katta ahamiyatga ega.
Ta’lim ishiga texnologik yondashuv:
— ta’lim jarayoni maqsadini aniq belgilashni;
— o‘qish-o‘qitish jarayonini uzviy bog‘liq bosqichlar, fazalar, amallarga ajratish, bo‘lishni;
— ta’lim jarayonida mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
— loyihalashtirilgan ishlar, amallaming barcha- sini bir xil bajarishni nazarda tutadi.
Pedagogik texnologiyada ta’lim jarayonining maqsadini belgilash muhim bo‘lib, u rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham o‘qituvchilar maqsadni aniq belgilashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Har bir o‘qituvchi avvalo o‘zi o‘qitadigan o‘quv predmeti va har bir o‘tiladigan darsi maqsadini aniq belgilashi kerak.
Shuni ta’kidlash lozimki, belgilangan maqsad asosida o‘tkaziladigan didaktik jarayonning aniq loyihasi ishlab chiqilsa, uni amalga oshirish osonlashadi.
Didaktik jarayonning samarali o‘tishida motivlar muhim o‘rin tutadi. Chunki qiziqib, aniq maqsad asosida egallangan bilimlargina samarali bo‘ladi.
Motiv kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi da’vat, turtki. Shunday ekan, muallimlar bolada o‘qish motivlarini hosil qilishga intilishlari va uni o‘stirishlari kerak. Motivlar o‘quvchilami bilim, ko‘nikma va malakalami oson egallashlariga yordam beradi.
Motiv bolada bilim olishga ishtiyoq va qiziqish uyg‘otadi. 0‘qituvchilar bundan mohirlik bilan foydalanishlari va o‘quvchilarga beriladigan mustaqil ishlar tizimini ishlab chiqishlari foydadan xoli bo‘lmaydi.
Boshlang‘ich sinf oqituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli didaktik o‘yinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi.
Chunki 6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo‘lib, bolalar oldida jiddiy sinov turadi. Bola yangi hayot - maktab hayotiga kirib boradi. Endi u yangi jamoaning a’zosi ekanligini his etishga, intizomga bo‘ysunishga, yangi rejimga moslashishga majbur boMadi. Bola yosh bo‘lishiga qaramay, endi uning maktabda oqish, uy vazifalarini bajarish, murakkab materiallarni o‘r- ganish kabi zarur yumushlari ko‘p. Muhimi, o‘yindan maktabga, kundalik majburiy va davomli mehnatga o‘tish bola hayotida tub burilishdir. Hatto maktabgacha tarbiya muassasalaridan kelgan bolalar uchun ham bu oson kechmaydi. Uydan maktabga kelgan bolalarga esa yana ham qiyin. Ayniqsa, sinfda 40—45 daqiqalik darsda o‘tirish, tinglash va topshiriqlarni bajarish, uzoq aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi. Bola maktabdan, o‘qishdan sovib ketishi mumkin. Shuning uchun ham o‘qituvchilar bolalarning maktabdagi hayotini qiziqarli tashkil etishga intilishlari, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. Motiv o‘z- o‘zidan hosil bolmaydi. Uni bolalar yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos didaktik o‘yinlar va mustaqil ishlar vositasida hosil qilish mumkin.
Ayniqsa boshlang‘ich ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarni qiziqarli olib borish natijasida o’quvchilarni darsga jalb etish samarali bo‘ladi. Shunday darslarda bolalar diqqati toliq jalb etiladi, xotirasi yaxshi ishlaydi. Motivlar o‘quvchilaming bilimlarini chuqur egallashlariga yordam beradi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’lim jarayonini qiziqarli motivlar asosida tashkil etishga e’tibor qaratishlari zarur.
«Pedagogik texnologiya» tushunchasining vujudga kelishi, ta`limning ilk tashkiliy va metodik shakllarining vujudga kelishi bilan bogliq. Individual ta`lim o’quv-tarbiya jarayonining eng qadimiy tashkiliy shakli bo’lib, u dastavval qadimgi Yunonistonda paydo bo’lgan edi. O’qituvchi bir o’quvchi bilan ishlab, ta`limni bevosita tashkil etgan, boshqargan, nazorat etgan. O’qituvchi matnlarni o’qib bergan yoki bolalariga o’qitib so’zlatgan. Qoida va ta`riflarni yodlash, jismoniy mashqlarni bajarish musiqa asboblarida u yoki bu kuyni ijro etish yo’llari bilan bolalar hayot, san`at, notiqlik, jismoniy madaniyatga oid bilimlarni o’zlashtirgan.
Keyinchalik individual ta`lim o’rnini guruhlar asosida o’qitish egallagan. O’rta asrlarga kelib qoidalarni yodlash, bir xil tipdagi mashqlarni bajarish, og’zaki savol-javob, yuqori pag’onalarda esa ma`ruza, munozara ta`limning yetakchi usullariga aylana boshlagan. Bu holat asta-sekin sinf - dars sistemasini keltirib chiqarib yangi texnogiyalarni kelib chiqishiga zamin hozirlagan.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida xorijiy mamalakatlarda ko’plab pedagogik nazariyalar vujudga keldi. Ularning ayrimlari ta`lim-tarbiya tizimini yaxshilashga, o’quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan edi.
Shu davrlarda «Yangi maktablar» degan pedagogik oqim paydo bo’lib, uning asoschisi fransuz pedagogi E.Demolen edi. Bunday maktablar Angliya, AQSh, Fransiya, Belgiya, Shvesariya kabi ko’plab davlatlarda ochildi. Jenevada «Yangi maktablarning xalqaro birlashmasi» tuzildi va unda yangi maktablarga qo’yilgan talablar belgilab berildi. Bu maktablar xususiy bo’lib, unda haq to’lashga kodir kishilarning bolalarigina o’qitilgan. Yangi maktablarda ish yaxshi yo’lga qo’yilgan, to’liq jihozlangan kabinet va laboratoriyalar tashkil etilgan, «erkin va faol» metodlar qo’llanilgan. O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish organlari bo’lgan.
Maktablarning amaliy pedagogik laboratoriyasi bo’lib, bolalarning miyasini yodlab olingan bilimlar bilan to’ldirish orqali ta`lim berish o’rniga, ularning fikrlash qobiliyatini umumiy o’stirish yo’li bilan ta`lim berishga harakat qilingan. O’quvchilarga qanday qilib kuzatish, gipotezalar topishni, o’z taxminlarini tekshirib ko’rishni o’rgatganlar. Bunday maktablarda o’qitish faktlarga va tajribaga tayanishga, bolalarning tashabbuskorligi va mustaqilligini tarbiyalashga asoslangan edi.
XIX asr oxirlarida Germaniyada pedagog Vilgelm Avgust Lay (1862- 1926) «ish-harakat pedagogikasi»ga asos soldi. Uning g’oyalarida ham o’ziga xos ijobiy tomonlari, yangiliklar bor edi. Lay pedagogik jarayonda ifodalash, tasvirlashga katta ahamiyat berdi, chunki uning fikricha, mana shunday ifodalash yoki tasvirlash jarayonida o’quvchilar o’z faolliklarini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladilar, harakat qiladilar.
Uning fikricha, tasvirlashning har qanday turlari: rasm solish, loy va plastilindan buyumlar yasash, har xil narsalarning modelini yasash, chizmachilik, dramatizasiya, ashula, musiqa, raqslar, shuningdek, o’simlik hamda hayvonlarni parvarish qilish tajribalarini o’tkazish, og’zaki va yozma ishlar va shu kabilar ta`lim jarayonidagi «ifodalash» vositalaridir. Lay fikricha hamma darslar ana shu qoidalar asosiga qurilishi lozim.
Mavzuning barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish; o’quvchilarning ravon va to’g’ri, ongli va ifodali o’qishining takomillashuviga erishish; Mashg’ulotga o’quvchilarning faol qatnashuviga erishish; ularning o’qish motivlarini qo’zg’ash va qiziqtirish, o’quvchilarni faollashtirish yo’llarini bеlgilash va qo’yilgan maqsadga to’liq erishish; Pеdagogik tеxnologiyalarni o’zlashtirish va boshlang’ich ta'limda uni qo’llash yo’llarini izlash va takomillashtirish, o’z ustida ishlash; Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’qish motivlarini o’stirish ustida ishlash; Darsni hayotiy tajribalar bilan bog’lash.
Va buning oqibatida o’quvchi to’g’ri, ongli va ifodali o’qishga o’rganad Turli mashqlar vositasida tеz o’qish malakalari takomillashadi. Vatan haqidagi tushunchalari kеngayadi, Vatanga muhabbat shakllanadi, Vatandan g’ururlanish, ya'ni milliy g’umr shakllanishiga asos yaraladi. Matn bilan mustaqil ishlashga o’rganish. O’z fikrini erkin bayon etishga o’rganish; o’rganilganlar asosida ertak, maqol, hikmatli so’zlar, tеz aytishlarni o’rganish. o’rtoqlari fikrini ma'qullash yoki yangi fikrlarni aytishga o’rganish.
Dars qurilishida ham qat'iy andoza, birinchidan, ijodkorlikka yo’l bеrmaydi, ikkinchidan, o’quvchilarning imkoniyatlarini chеklab qo’yadi. Shuning uchun ham biz o’qish darsnining taxminiy algoritmini diqqatingizga havola etamiz:
Darsning maqsadi.
Ta'limiy maqsad:
a) o’quvchilarning to’g’ri va ravon o’qish malakalarini shakllantirish;
b) matn mazmuniga ko’ra, o’quvchilarning xususiyatiga mos tabiat, jamiyat va inson tafakkuri haqidagi bilimlarni hosil qilish;
Tarbiyaviy maqsad:
a) o’quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish;
b) matn mazmuniga ko’ra aqliy, ma'naviy-a'loqiy, estеtik, jismoniy, mеhnat, ekologik, iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
a) o’quvchilarning o’qish malakalarini rivojlantirish;
b) tеz, ravon, to’g’ri va ifodali o’qishga o’rgatish;
d) dunyoqarashlarni, hulq-odob, insoniy munosabatlarni, aqliy, jismoniy va boshqa sifatlarni rivojlantirish;
Darsni tashkil etish:
Birinchidan, o’qituvchi o’quvchilarga darsga qiziqish uyg’otishi zarur. Yani, Motiv hosil qilish: Buni darsning o’tgan darsni mustahkamlash qismida va yangi darsni o’tishga tayyorgarlik qismida, butun dars davomida ham amalga oshiriladi. Motiv hosil qilishda turli didaktik o’yinlar, topshiriqlar, musobaqalar va boshqa ish usullaridan foydalaniladi.
2-O’quv elеmеnti. Matnni o’qishga tayyorgarlik: yozuvchi haqida ma'lumot bеriladi. Matn mazmuni haqida tushuntirilib, o’quvchilarning matn- ga qiziqishlari oshiriladi. Ba'zan matn mazmuni haqida gap boshlab, qolganini kitobdan o’qib, o’rganamiz, dеb, o’qituvchi bolalarning matnga qiziqishini oshiradi. Tarbiyaviy ta'sirini kuchaytiradi.
3-O’quv elеmеnti. Matnni o’qish va mazmunini so’zlash. Bunda o’qituvchi matnni o’zi o’qib bеradi va mazmunini tushuntiradi yoki bu ishni tashkil etishda o’quvchilar faolyatidan ham foydalanishi mumkin.
4-O’quv elеmеnti. Quvnoq daqiqa.
5-O’quv elеmеnti. Lug’at ustida ishlash. Notanish so’zlarga izo’ bеrilib, o’quvchilarning so’z boyliklari oshiriladi (bunda ko’proq o’quvchilar faoliyatini ishga solish lozim), dunyoqarashlarining rivojlanishiga ta'sir ko’rsatiladi.
6-O’quv elеmеnti. O’quvchilar matnni o’qiydilar. Bunda ham motivni ri- vojlantirish uchun o’quvchilar guruhlashtirilishi mumkin. 2 ta, 3 ta 4 tadan o’quvchilar guruhi matnnni navbat bilan o’qiydilar. To’g’ri, ravon va ifodali o’qishga alohida diqqat qaratiladi. Shu talablarga rioya qilgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
7-O’quv elеmеnti. Topshiriq bilan o’qish. O’qituvchi o’quvchilarning o’qish malakalarini rivojlantirish, o’qiganini tushunib olishga o’rgatish uchun turli mashq usullaridan foydalanadi. Matn mantiqiy qismlarga bo’linib, har bir qismining mazmunini so’zlash topshirig’i, qismlarga alohida sarlav'a topish, rеja tuzish kabi topshiriqlar bеrilishi mumkin. Bu o’quvchilarning dunyoqarashlarining rivojlanishi, mantiqiy fikrlashga o’rganishiga yordam bеradi.
8-O’quv elеmеnti. Quvnoq daqiqa.
9-O’quv elеmеnti. Matn mazmuni ustida ishlash. O’quvchilar matn maz- munini so’zIab bеrishlari yoki turli didaktik o’yinlar vositasida maz- munni o’zIashtirishi mumkin.
Masalan, «Davom ettir» o’yini: O’qituvchi matn mazmunini hikoya qilishni boshlaydi, bir o’quvchi uni davom ettiradi. Shu taxlitda barcha o’quvchilarni matn hikoyasiga qatnashtirish mumkin.
«Zanjir» o’yini: matndagi bir nеcha so’zlar vositasida bu o’yinni o’ynash mumkin. O’qituvchi boshlab bir so’z aytadi, so’zning tugagan harfidan boshlanadigan so’zni bir o’quvchi aytadi, shu taxlitda hamma o’quvchilarni o’yinga qatnashtirish mumkin.
«Tеz javob»: O’qituvchi yoki boshlovchi o’quvchilar qatori oralab yurib, o’quvchilardan birini turg’izadi va biror tur nomini aytadi. O’quvchi shu turga kimvchi so’z topib aytishi lozim. Javob uchgacha sanaguncha aytilishi kеrak. Javob bеrolmagan o’quvchi o’yindan chiqadi. O’yin toki bir o’quvchi qolguncha davom еttiriladi. Bunday o’yin davomida o’quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash malakasi rivojlanib, atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga o’rganadi, atrofdagi sodir bo’ladigan voqеa va hodisalarga qiziqishi ortadi.
Bu o’yindan dars davomida o’tilgan mavzuga bog’lab, darsning mustahkamlash qismida yoki dam olish daqiqalarida foydalanish mumkin.
O’qituvchi: «Hayvon».
O’quvchi: «It».
O’qituvchi: «O’quv quroli».
O’quvchi: «Daftar».
O’qituvchi: «Sinf jihozi».
O’quvchi: «Xantaxta».
O’qituvchi: «Ertaklar».
O’quvchi: «Zumrad va Qimmat» va hakozo.
Shu kabi o’yinlardan foydalanish orqali o’qituvchi o’quvchilarning o’qish motivini rivojolantiradi va ularning dunyoqarashlarining rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi, o’quvchilarda topqirlik, chaqqonlik, bilimdonlik kabi sifatlarni rivojlantiradi, xulqiga ta'sir ko’rsatadi.
10-O’quv elеmеnti. O’quvchilar bilimini nazorat qilish. Nazoratni yo’qoridagi didaktik o’yinlar vositasida va tеstlardan foydalanib o’tkazish mumkin.
Agar tеkshirish davomida dars maqsadiga erishilgan bo’lsa, dеmak dars tеxnologiyasi to’g’ri ishlangan va uni takomillashtirish muntikin. Agar maqsadga erishilganlik darajasi past bo’lsa, dеmak loyihani korrеrktirovka qilish (o’zgartirishlar kiritish) kеrak. O’qituvchi qaеrda xato qilganini bilib, xatolarini tuzatadi.
Bu dars yangi bilim bеrish darsining algoritmi bo’lib, uni boshqacha tarzda ham tashkil qilish mumkin.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan o’rinli foydalanish talab etiladi
O’zbеk xalqining ulug’ allomalaridan biri Abu Rayhon Bеruniy asarlarida yosh avlodga bilim bеrishning turli yo’llari va vositalari haqida tushunchalar bеrilgan bo’lib, ularni mustaqil fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash xususida to’xtalib o’tgan. «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida Bеruniy sxolastik mеtodlardan voz kеchish, dars samaradorligini oshirish yo’llarini izlash bolalarning xotirasini rivojlantirishga, fikrlashga o’rgatishini ta'kidlab o’tgan. «Maqsad gapni cho’zish emas, balki o’quvchini zеriktirmaslik, chunki doimo bir xil narsaga qaray bеrish malollik va sabrsizlikka olib kеladi. O’quvchi fandan-fanga o’tib tursa, turli bog’larda yurganga o’xshaydi. Birini ko’rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o’ziga yarasha lazzat bor dеyilganidеk ularni ko’rishga qiziqadi va ko’zdan kеchirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol kеltiradi»10
Ta'lim bеrish o`qituvchidan izlanishni, pеdagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy salohiyatga boy bo`lgan ustozgina mavzuni pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’quvchilarga mahorat bilan etkazib bеradi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta'lim mеtodlarini tanlay biladi, kеrakli vositalardan o`z o`rnida foydalanadi.
O`quv informatsiyasini so`z orqali uzatish va axborotni eshitish orqali qabul qilish mеtodlariga nimalar kiradi va ularga qanday talablar qo`yiladig’
O`qitishning og`zaki mеtodlari uch turga:
a) o`qituvchining hikoyasi;
b) suhbat;
v) maktab ma'ruzasiga bo`linadi.
Hikoya usuli boshlang'ich sinflarda ko`p qo`llaniladi Ta'lim mazmuni o`quvchiga qisman tanish bo`lsa suhbat usuli qo`llaniladi. Og`zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning o`qituvchining bayon qilishi va o`quvchilarning shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab ongli va mustahkam o`zlashtirishlari birligiga amal qiladi.
Hikoya maktab ta'lim tizimida eng ko`p qo`llanadigan usul bo`lib, u hamma sinflarda barcha fanlarni o`qitishda, maktab ta'limining hamma bosqichlarida qo`llaniladi. Boshlang`ich sinflarda bu ancha qisqa va aniq bo`ladi, sinflarning o`rta guruhiga kеlib hikoya ancha kattaroq hajmda va davomli bo`ladi.
O`quv matеrialini og`zaki bayon qilish usuli quyidagi bir qator didaktik qoida va talablarga asosan qo`llaniladi:
O’qish darslarida bayon qilinayotgan matеriallar g`oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy hamda nazariyani amaliyot bilan bog'lashga qaratilgan bo`lishi kеrak. Bayon qilinadigan matеriallarning tarbiyaviy ahamiyatini to`g`ri ko`rsatish orqali o`quvchiga tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish mumkin. Oqish darslarini tashkil etishning qanday hollarida suhbat usuli qo`llaniladig’ Uni qo`yishda qanday qoidalarga amal qilish lozim? Suhbat usuli - savol-javob usuli dеb ham yuritiladi.
O`quvchilar darsga etarli darajada tayyor bo`lsa o`qituvchi rahbarligida muammoli savollarga javoblarni o`zlari axtarib topadigan suhbatlar maqsadga muvofiqdir. Bunday suhbatlar evritsik izlanish, ahtarib topish haraktеrida bo`ladi.
O`qish jarayonida o`rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo`llaniladi.
Suhbatlar, ayniqsa, o`qitishning tarbiyalovchilik haraktеrida dunyoqarash, e'tiqodni tarkib toptirishda qo`l kеladi. Suhbatlar butun sinf hamda o`quvchilarning ayrim guruhlari bilan ham o`tkaziladi.
Suhbatlar orqali:
a) O`quvchilarning o`z hayotlarida uchratgan voqеa, hodisalar yuzasidan savollar bеrish orqali o`quvchilarning mustaqil fikr qilishlarini amalga oshiradigan holatlarga e'tibor qilish, o`quvchilarning ilgari o`rgangan tayanch bilimlarini esga tushirishga erishish lozim. Suhbat usuli bilan ish ko`rganda o`qi-tuvchi quyidagilarga amal qilishi lozim:
O`qituvchining suhbat uchun tayyorlab kеlgan savollari sinf
O`quvchilarining hammasiga taalluqli bo`lib, so`roq o`rtaga tashlanishi kеrak.
O`quvchilardan biri javob bеrish uchun chaqiriladi.
Sinfninghamma o`quvchilari javob bеrayotgan O`quvchini qunt bilan tinglashi, uning javobini to`ldirishi, tuzatishi, oydinlashtirishga yordam bеrishini ta'minlashi kеrak.
O`quvchilarning javobi qay darajada to`g`ri-noto`g`ri bo`lishidan qat'i nazar o`qituvchi tomonidan izohlanishi, yakunlanishi va baholanishi zarur.
Ta'lim jarayonida turli ko`rgazmali qurollardan foydalanishga harakat qilamiz. Ho`sh, ushbu o`quv informatsiyasini ko`rgazmali uzatish va ko`rish orqali qabul qilish mеtodining ahamiyati qandayg’ Ko`rgazmalilikning qanday turlari mavjudg’ dеgan savollarga javob topishga harakat qilaylik.
Ko`rgazmali usulning muhimligi o`rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga o`quvchini undash, mantiqiy va nazariy elеmеntlarning birligiga ishonch hosil qilishga, nihoyat nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olishga o`rgatishdan iborat.
Ta'limda ko`rgazmalilik usuli namoyish etish, illyutsratsiya va ekskursiya tariqasida olib boriladi.
Ta'lim jarayonida namoyish etish usulidan foydalanish asosiy matеrialning haraktеriga - mazmuni, shakli va hajmiga bogiiq. Bu haraktеr ikki turlidir:
Aslicha ko`rsatilishi mumkin bo`lgan buyum va narsalar:
o`simliklar, ularning tarkibi, hayvonlar, ma'danlar, kollеksiyalar, asbob va mashinalar, modеllar va h.k.
Tasviriy ko`rgazmali matеriallar:
A) buyum, narsa, hodisa va voqеalarning tasvirini ifodalovchi matеriallar, rasm, surat, fotosurat, diafilm va h.k.
Tasviriy ko`rgazmali matеriallar turliligi har xil qo`llashni talab еtadi. Masalan:
1. Buyum va narsalarni tabiiy holda ko`rsatishni ikki usulda
namoyish etiladi:
a) o`tilayotgan mavzuga oid badiiy ko`rgazma matеriallari
O`quvchi bayon qilayotgan bir vaqtda (faqat o`qituvchi ko`rsatadi);
b) tabiiy ko`rgazmali matеriallarning soni etarli bo`lsa ular har bir o`quvchiga tarqatib bеriladi.
2. Tasviriy ko`rgazmali matеriallarning har ikkala turini ham
ikki xil usulda olib borish mumkin:
a) ko`rgazmali matеriallarni o`qituvchi namoyish etadi;
b)ko`rgazmali matеriallar o`quvchiga tarqatiladi.
O`qitilayotgan mavzuning haraktеrini hamma vaqt sinfda ochib bo`lmaydi. Bu holda nima qilish kеrakg’ Ekskursiya mеtodidan foydalanish mumkin. Mavzuni ekskursiya usuli bilan ham ko`rsatish mumkin. Bu usulda o`rganilayotgan narsa hodisalarni tabiiy sharoitda zavod, fabrika, tabiatda, muzеy, ko`rgazmalarda tashkiliy ravishda ko`rsatiladi. Agar ko`rsatilayotgan joyda o`tilayotgan mavzu mazmunini kеng ochib bеrish imkoni bo`lsa, buni o`qituvchi oldindan borib kuzatib kеyin O`quvchilarni olib boradi, ekskursiya usulidan foydalanadi, O`quvchilar ekskursiya davomida obеkt ustidan ma'lumotlarni eshitish yoki kuzatish bilan chеgaralanmasdan zarur matеriallarni yozib oladilar, rasmini chizadilar, o`lchash, hisoblash ishlarini olib boradilar.
O`qituvchi ekskursiya oxirida mulohaza va fikrlarni umumlashtirib, xulosa chiqaradi va mashg`ulotni yakunlaydi.
Mashq davomida ilgari egallangan bilim, ko`nikma, malakalar, qonunlar faoliyatga tatbiq etiladi.
O`quvchilarning o`zlashtirilgan ko`nikma va malakalarni mustahkamlash ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish asosida olib boriladi:
-mashq uchun bеrilgan topshiriqning maqsadi O`quvchi­
larga aniq tushuntirilgan borishi;
-mashq ustidan sinf o`quvchilar jamoasi va har qaysi o`quv­
chilarning shahsiy intilish, qiziqishini hisobga olishi;
-topshiriq butun sinf o`quvchilarining aktiv faoliyatini ta'minlaydigan bo`lishi va mashqni bеlgilangan vaqt ichida bajarishi talab etiladi.
Mashq qilishda o`quvchilarning yozma, ijodiy mashqlari alohida o`rin egallaydi.
Mutafakkir Abu Rayhon Bеruniy (937-1048) didaktik qarashlarida o`quvchilarni o`qitish hamda tarbiyalash jarayonida, birinchidan, turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o`quvchining zеrikmasligini, zo`riqmasligini ta'kidlagan.
Ta'lim maqsadini muvaffaqqiyatli amalga oshirish yo`lida ta'lim vositalaridan foydalaniladi. Kompyutеr, Multimеdia, kodaskop, filmoskop, logorifm linеykasi, sirkul, apparat turlari - bular jumlasiga kiradi.
Ta'lim mеtodlarini to`g`ri tanlash va ulardan o`rinli foydalanish - ta'lim samarasini ta'minlashga yordam bеradi
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan.
Pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi.
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.
Matnni ifodali o’qishga tayyorlanish
1. Matnni diqqat bilan o’qing.
Unda nima haqida aytilganini tushunishga harakat qiling.
2. Mavzuni, asosiy g’oyani, aytilish tonlarini aniqlang.
3. Matnni nima maqsadda o’qishingiz va tinglovchilarni nimaga ishontirishingiz haqida o’ylang.
4. Gapdagi muhum ahamiyatga ega bo’lgan so’zlar ma'nosini bеlgilang.
5. Qaеrda pauzalar bo’lishini bеlgilang.
6. Og’zaki, ifodali nutqning yana qanday usullaridan foydala nishingizni o’ylang, masalan, nutq tеmpi, ovoz balandligi yoki pastligi.
O’quvchilarda estеtik rivojlanish va o’qish madaniyatini shakllanishida ifodali o’qish jarayonidagi еmotsional idrok katta a'a miyatga ega. Shuningdеk, o’qish tеxnikasiga ham e'tibor qaratish zarur.
4. Rеjaning qoralamasini tayyorlang. Uni matn bilan solishti ring. Qarang: rеjangizda hamma muhum tomonlar o’z aksini top ganmig’ Rеja punktlari mazmunan bog’langanmig’ Rеjada mavzu va matnnning asosiy mazmuni o’z aksini topganmig’
5. Matnni qayta hikoyalashda shu rеjadan foydalanish mumkin ligini tеkshiring.
Hikoyaning rеjasini tuzish
1. Hikoyaninhammasini o’qing. Uning qismlarini bеlgilang. Boshlanishi va tugashini qalam bilan bеlgilang. Hikoyani qanday qismlarga bo’ldingizg’
2. Birinchi qismni o’qing, undagi bosh g’oyani qalam bilan bеl gilang va shu qismga sarlav'a qo’ying.
3. Shunday yo’l bilan boshqa qismlarga ham sarlav'a qo’yishga harakat qiling. Rеjani yozing. O’qing. O’ylang. Rеja muhum to monlarni o’z ichiga olganiga, asosiy tomonlar qolib kеtmaganligiga ishonch hosil qiling.
Qisqacha qayta hikoyalashni tuzish
1. Hikoya rеjasini tuzing. Rеjaning birinchi punkti va birinchi qismdan uncha muhum bo’lmagan, faqat bosh g’oyani to’ldirishga xizmat qiladigan 23 ta gaplarni ajrating. Matnni shu gaplarsiz o’qing.
2. Boshqa qismlar bilan ham xuddi shu ishni takrorlang.
3. Rеjaga qarab hikoyani qisqacha hikoya qiling.
4. Hikoyaning asosiy qismini e'tibordan chеtda qoldirmasdan yanada qisqaroq aytish imkoniyatlarini qidiring.
Qahramonlar tavsifi1.
1. Qahramon qanday ishlarni amalga oshirdi? Uning ishtirokidagi еpizodlarni o’qing, uning xulqini е'tirof etuvchi lavhalar haqida hikoya qilng.
2. Qahramonning umumiy ko’rinishi qanaqa? Matndan uning tashqi ko’rinishi haqidagi qismni topib, o’z fikrlaringiz bilan to’ldiring.
3. Qahramon qanday so’zlashadi (gaplashadi)? Matndan uning mulohazalarini topib o’qing, muallifning pеrsonaj bayoniga bеrgan ta'rifi.
4. Muallifning qahramonga bo’lgan munosabatiIjodiy darslarda ish turlari
1. «Mе'yordan yuqori» o’qishni o’rganish.
2. Voqеa sodir bo’lgan joyga ta'rif bеring. Ilyustratsiyada tasvirlang.
3. Agar siz muallif bo’lganingizda hikoyani qanday o’zgartirgan bo’lardingiz?
4. Rеklama o’ylab toping.
5. Matnni qismlarga bo’ling. Rеja tuzing.
6. Qisqacha qayta bayon tayyorlash.
7. Matndan obrazli taqqoslash qismlarini toping.
8. Diafilm tuzish.
9. O’qilgan matnga savol qo’yish.
1O. Rollarga bo’lib o’qishga tayyorlash.
11. O’qilganlarga nisbatan maqol, topishmoq tanlash.
12. Masalan «Kuz», «Qish» mavzusiga oid insho yozish mumkin bolgan so’z va gaplarni alohida yozib oling.
13. Matinning asosiy g’oyasini ifodalaydigan gap yoki bo’lakni toping.
14. Kеlgusi o’qish darsida o’rganish uchun badiiy matn tayyor lash.
15. O’qigan hikoyangizdan sizga yoqqan joyni yoddan ayting.
16. O’qilgan matndan obrazlar ifodalangan gaplarni toping.
17. O’qigan matningizga illyustratsiya chizing.
5. o’quvchilar bilimini hisobga olish va tеkshirishning zamonaviy shakli bo’lgan matnlardan kеng foydalanish, o’quvchi rivojlanishini hisobga olib, aniq maqsad asosida guruhda ishlash muvofaqqiyatliroq, Bunday ish turining afzalligi shundaki, o’qituvchi darsga tayyorlanishda aniq maqsadga ega bo’ladi va ishi ancha engillashadi.



Yüklə 404,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə