Boshlang'ich sinflarda tinish belgilarini o'rgatish metodikasi mundarija. Kirish I -bob. Tinish belgilarini doir bilimlar shakllantirish


SODDA GAPLAR VA ULARDA TINISH BELGILARINING QO‘LLANISHI



Yüklə 57,69 Kb.
səhifə9/12
tarix28.11.2023
ölçüsü57,69 Kb.
#134404
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O\'RGATISH METODIKASI

SODDA GAPLAR VA ULARDA TINISH BELGILARINING QO‘LLANISHI
1.Darak gaplar mazmuniga ko‘ra xabar beruvchi, tinch ohang bilan aytiluvchi gaplardir va bu xil gaplar oxirida nuqta qo‘yiladi.
Valijondan salom. Oydin kecha. Havo sof va salqin.
His-hayajon ifodalangan darak gaplardan keyin undov belgisi yoki ko‘p nuqta qo‘yilishi mumkin.
Minglab gulistondan afzaldir bu joy.
2. So‘roq gaplar biron narsa, voqea hodisa to‘g‘risida xabar berishni so‘ragan gaplardir. Bu xil gaplar so‘roq olmoshlari, yuklamalari ohangi orqali tuziladi va ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi:
Sinovlarga qanday tayyorlanayapsiz? Zarur – zarur adabiyotlarni?
Agar so‘roq gap qo‘shimcha mazmun ifodalasa, undan so‘ng undov belgisi, so‘roq belgisidan tashqari, ko‘p nuqta va boshqa belgilar qo‘yiladi:
Kurashadi ikki to‘lqin qarab turaymi!? Nahotki daryolar teskari oqar?! Siz bu ishga qanday qilib qo‘l urdingiz!?

3. Undov gaplar mazmuniga ko‘ra ikki guruhni tashkil etadi:


mazmunidan buyruq, iltimos, tashbiq, maslahat, tilak – orzu, kinoya, do‘q ma’nolari anglashilgan undov gaplar (bunday gaplarni buyruq gaplar ham deyiladi);
faqat his-hayajon anglatuvchi undov gaplar birinchi turdagi undov gaplarning kesimi buyruq fe’li yoki shart fe’llari bilan ifodalanadi. Bu xil gaplardan so‘ng ko‘proq undov belgisi, ba’zan mazmuniga qarab ko‘p nuqta, undov belgisi bilan ko‘p nuqta, ba’zan birdan ortiq undov belgisi qo‘yiladi. Undov gaplarning ikkinchi turi sof his-hayajon bildiruvchi gaplardir. Bu turdagi undov gaplar, undov so‘zlar, nisbiy olmoshlar, ohang va bu vositalarning birlashishi bilan ifodalanadi:
Ey bola paqir–ey! Eshikka tomon yurar ekan: essiz, essiz, ey bechora!...-dedi o‘zicha.
O‘h u kapshanchilar qishlog‘i shunaqa chiroylimi! Bu qanday bedodlik, bu qanday zulm!!!
Bu qanday adolatsizlikki, bola onasiz qolsa!
Qanday quvonch!

2.2.Ona tili darslarida tinish belgilarini qo’llash qoidalari. Sodda gaplarda, uyushiq bo’laklarida, qo’shma va ko’chirma gaplarda tinish belgilarini
Ot-kesimlar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalanganda, ega bilan ot-kesim orasiga tire qo‘yiladi. Kesim bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanganda ega ot, olmosh, otlashgan so‘z yoki harakat nomi bilan ifodalanishi mumkin. Kesimlar ot, olmosh, otlashgan so‘z bilan ifodalangan ega yoki kesim bilan yoki har ikkisi o‘ziga oid so‘zlar bilan kengayib kelganda, tire kesimga oid so‘zlardan oldin, bevosita egadan so‘ng qo‘yiladi. Kesim harakat nomi yoki sanoq son bilan ifodalanganda ham ega bilan kesim orasiga tire qo‘yiladi.
Maqsadim – a’lo o‘qimoq. Ikki karra ikki – to‘rt.
Ega bilan kesim bu, u, mana bu so‘zlari bilan ajralganda ham, ega va kesim orasida tire ishlatiladi, tire bu so‘zlardan oldin qo‘yiladi.
Tinchlik – bu sevinchdir, hayotda lazzat,
Tinchlik - bu totuvlik, har ishda orom.
Ega bilan ot kesim orasida tire qo‘yilmasligining sababi shuki, kesim –dir, bo‘ladi bog‘lamalari bilan kelgan yoki kelishik qo‘shimchasini olgan bo‘ladi. Bundan tashqari, kesim sifat, ravish, egalik olmoshi yoki tartib son bilan ifodalanganda ham, ega bilan kesim orasiga tire qo‘yilmaydi. Ega bilan kesim orasida quyidagi o‘rinlarda ham tire qo‘yilmaydi:
1.Agar ega bilan kesim orasida quyidagi o‘rinlarda ham yordamchisi bo‘lsa: Olma ham meva. Bular ham a’lochi. 2.Kesim shaxs qo‘shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: Bu kishi muallimimiz. Bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog‘ozi – keng yer. A’lochilaringiz Salimjonmi? 3.Kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa: Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalarning soni yigirma beshta. Nega yurishingiz sekin?


Yüklə 57,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə