Boshlang'ich sinflarda tinish belgilarini o'rgatish metodikasi mundarija. Kirish I -bob. Tinish belgilarini doir bilimlar shakllantirish



Yüklə 57,69 Kb.
səhifə4/12
tarix28.11.2023
ölçüsü57,69 Kb.
#134404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O\'RGATISH METODIKASI

Kurs ishning tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, band,xulosa, foydalanilgan adabiyotlar.
I BOB. Tinish belgilarini doir bilimlar shakllantirish

    1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish

Punktuatsiya termini lotincha punctum so’zidan olingan bo’lib, aslda nuqta, o’rin, joy tushunchalari bilan bog’langan bo’lsa ham, tilshunoslikda nutq oqimidagi intonatsion-prasodik to’xtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli belgilar yig’indisini (tinish belgilarini) anglatadi. Punktuatsiya tilshunoslikning bir sohasi bo’lib, tinish belgilari (punktorgramma) va ularning qo’llanish qonun-qoidalarini o’rgatadi. Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika) ning uzviy qismi bo’lib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar, diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin bo’lmagan tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Tinish belgilari yozma nutqni to’g’ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining o’zaro logik-grammatik munosabatlarini ko’rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o’z yozma nutqini aniq, to’g’ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o’quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi; bir tinish belgi yozuvchi tomonidan qanday ma'no va vazifada qo’llangan bo’lsa, mazkur tinish belgi o’quvchi tomonidan ham xuddi shunday vazifada tushuniladi. Demak, tinish belgilari "Yozma nutqning tushunilishini osonlashtirish uchun qo’llaniladi" (Baduen de Kurtene) va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish belgilarining o’rinli qo’llanmasligi ma'lum bir sintaktik qurilmani ham mazmun, ham tuzilishii jihatidan o’zgarib ketishiga olib keladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish. Ma’lumki, punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qoidalar yig'indisidir. „Punktuatsiya ham yozuv kabi kishilar orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri sanaladi"1'. Boshlang'ich sinflarda to'rtta tinish belgisi: gap oxirida nuqta, so'roq, undov belgisi hamda uyushiq bo'lakli, undalmali gaplarda vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar o'rgatiladi. Boshlang'ich sinflarda o'rgatiladigan tinish belgilari kam bo'lishiga qaramay, o'qituvchi har bir sinfda tinish belgilari ustida muntazam ish olib borishi zarur. Kichik yoshdagi o'quvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda o'qituvchi, avvalo, ularning yozma nutqda ishlatilishi va o'rnini ko'rsatadi. Tinish belgisi fikrni to'g'ri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini tushuntiradi. Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun gaplarga ajratilmagan (tinish belgilari qo'yilmagan) yaxlit matn o'qitiladi; o'quvchilar bunday matnni o'qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch asos bir-biriga o'zaro ta’sir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo'yishda, avvalo, bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning mazmun tomoni gapning qurilishiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun o'quvchilarga tinish belgilarining qo'llanilishini o'rgatishda biror gapda tinish belgilarini qo'llashni belgilaydigan semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi. 1-sinf o'quvchilari savod o'rgatish davridayoq nuqta, so'roq va undov belgilari bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar „Alifbe" o'qimasalar ham, rasmga qarab gap tuzadilar. O'qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan to'xtam (pauza) bilan ajratilishini, gapning oxirida ovoz pasavishini tushuntiradi. Bolalar, o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, 3—5 gapli kichik matnni gaplarga ajratadilar va ular o'rtasidagi to'xtam (pauza) qilish hikoya mazmunini yaxshi tushunishga yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular gapni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta qo'yilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va intonatsion asos yaratadi. Bolalarni gapni o'qishga oldindan tayyorlash uchun chizmadan foydalaniladi. Masalan, bolalar gap tuzadilar, undagi so'zlarni sanaydilar va o'qituvchi rahbarligida chiziqlar bilan belgilaydilar: Biz ertakni sevamiz. Ovqat pishdi. O'qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi: - Og'zaki nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza (to'xtam) bilan ajratamiz (Har bir gapni talaffuz qilib ko'rsatadi). Kitoblarda, gazetalarda gapning tugaganini, ovozni pasaytirish va pauza qilish kerakligini ko'rsatish uchun alohida belgi — nuqta ishlatiladi. Bir necha darsdan so'ng o'quvchilar gaplarni o'qiy boshlaydilar. Ular nuqta pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap tuzishda albatta nuqtali kartochkalardan foydalaniladi. O'quvchilar gapni yozganda o'qituvchi nuqta qo'yishni eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta qo'yilmasa, xato hisoblanadi. O'quvchilar o'qituvchi yordamida nima uchun nuqta qo'yish lozimligini tushuntiradilar. Shunday yo'l bilan gapning oxiriga nuqta qo'yish ko'nikmasi shakllantiriladi. So'roq va undov belgilari bilan ham savod o'rgatish davridayoq tanishtiriladi. Bolalar so'rash mazmunini bildirgan gaplarni o'qiydilar. O'quvchilar bunday gaplarni ohangga rioya qilgan holda, ya’ni gapning oxirida ovozni ko'tarish bilan o'qishga o'rgatiladi. Gapning mazmuni va intonatsiyasi so'roq belgisini qo'yishni talab etadi. Undov belgisini qo'yishni o'quvchilar gapning his-hayajon ifodalashi va alohida ohangda o'qilishi bilan bog'laydilar.
O'quvchilar 2-sinfda „Gap" bo'limi mavzularini o'rganish jarayonida nuqta, so'roq va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar. 3-sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy tushunchalar chuqurlashtiriladi. Shu vaqtdan boshlab o'quvchilar gap oxiriga tinish belgilari sintaktik asosda qo'yilishini anglay boshlaydilar. „Darak gap" mavzusini o'rganish bilan bog'liq holda nuqta qo'yilishi, „So'roq gap" mavzusi bilan bog'liq holda so'roq belgisi va „Undov gap" mavzusini o'rganish bilan bog'liq holda undov belgisining qo'yilishi o'rgatiladi. 4-sinfda o'quvchilar „Gapning uyushiq bo'laklari" mavzusi o'rganilganda sanash ohangi bilan bog'langan bo'laklarda vergulning vazifasi bilan tanishadilar.O'qituvchi ikki gapni o'qib taqqoslash bilan nuqta va vergulda ohangning qanday berilishini ko'rsatadi. Masalan, Biz ona tilimizni sevib о 'rganamiz (Gap oxirida ovoz pasayadi, pauza qilinadi). Men, Ra’no, Alisher boshqa tillarni ham sevib о 'rganyapmiz (Men, Ra’no, Alisher so'zlaridan so'ng ovoz bir oz pasayadi, xabarning davom etishi seziladi). O'quvchilar uyushiq bo'lakli gap tarkibidagi uyushiq bo'laklarning ammo, lekin, biroq so'zlari bilan bog'langanda vergulning ishlatilishini ham amaliy o'rganadilar. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar har xil mashqlarni ishlash orqali tire va ikki nuqtaning ishlatilishi bilan amaliy tanishadilar. Savod o'rgatish davridayoq o'qituvchi o'quvchilar e’tiborini vergul, tire, ikki nuqtaning ishlatilishiga qaratadi, matnni o'qiganda bu tinish belgilariga rioya qilishni o'rgatadi. Masalan, Olma, olcha, nok - meva. Kitob — bilim bulog‘i. Ona tili darslarida so'zlarni guruhlash mashqlarini bajarganda, o'qituvchi I sinf o'quvchilarini tire va ikki nuqtaning qo'yilishi bilan amaliy tanishtiradi. O'qituvchi aniq misollar bilan sanab ko'rsatilgan so'zlardan oldin ikki nuqta qo'yilishini, har bir so'zning vergul bilan ajratilishini ko'rsatadi. Bunda o'quvchilar tinish belgining nomini aytadilar, o'qituvchi eslatmasa ham, ulardan asta-sekin foydalana boshlaydilar. Matnni yozishdan oldin punktuatsion xatoning ham oldi olinadi. Shunday qilib, o'qituvchi o'quvchilarda punktuatsion ziyraklikni o'stirib boradi. O'quvchilarga tinish belgilarini ishlatish qoidalarini to'la singdirish, ularni tinish belgilarini o'z o'rnida ongli ishlatishga o'rgatish maqsadida sintaktik-punktuatsion tahlil, tinish belgilari tushirib berilgan matnning tegishli tinish belgilarini qo'yish, ta’kidiy eslatish diktanti, bayon va inshoda tinish belgilarining ishlatilishini izohlash kabi mashqlardan foydalaniladi. Ona tili darslarini o‘qish darslari bilan bog'lash sintaksis va punktuatsiya elementlari ustida ishlashning metodik shartlaridan biri hisoblanadi. 0 ‘quvchilar bu darslarda sintaksis sohasidagi bilimlariga asoslangan holda ifodali o‘qish, so'zni aniq ishlatish, o ‘z fikrlarini grammatik to‘g‘ri shakllantirishga o'rganadilar. Shunday qilib, boshlang'ich sinf o'quvchilarining gap haqidagi elementar bilimlari og'zaki va yozma nutqda gapdan ongli foydalanishni ta’minlaydi. Ona tili darslarida sintaksis bo’limini o’rgatish punktuatsiya bilan birgalikda olib boriladi. Punktuatsiyasiz sintaksisni o’rganib bo’lmaydi. Maktabda punktuatsiya boshlang’ich sinflarda o’qitila boshlanib,8-9-sinflarda muntazam o’rgatiladi. 8-sinfda punktuatsiya o’rgatish darak, so’roq, buyruq, istak gaplar hamda his-hayajon gaplarga bog’lab, ularda nuqta, so’roq va undov belgilarini qo’llashini tushuntirishdan boshlanadi. Sintaktik konstruksiyalarini erkin tahlil qila oladigan o’quvchigina punktuatsiyani ongli va puxta o’zlashtiradi. Punktuatsiya o’qitishda onglilikni ta’minlash uchun o’qituvchi mavzularni punktuatsiyaga bog’lashi juda zarur. O’quvchi har bir gapning mazmuniga to’la tushungan bo’lihsi bilan birgalikda, undagi tinish belgining nima uchun ishlatilganligi, uning sintaktik vazifasi nimadan iborat ekanligini aniq tasavvur qilib turish kerak. Masalan, “Bog’imizda olma, anor, nok, uzum – hamma mevalar pishdi” gapida nima sababdan vergullar va tire ishlatilishini o’quvchi shunday tahlil qiladi: - Bu gapda uyushiq bo’laklar (olma, anor, nok, uzum) va ulardan so’ng umumlashtiruvchi bo’lak (hamma mevalar) mavjud bo’lganligi sababli vergullar va tire qo’yilyapti. Darsda yana quyidagi sintaktik- punktuatsion tahlil o’tkazish mumkin. O’quvchi biror matnni aytib beradi, o’quvchilar tinish belgilarini mustaqil qo’yadilar. Matn yozib bo’lingach, o’quvchilar tinish belgilarining qo’yilishi sababini izohlaydilar. Ko’pincha o’quvchilar gapni sintagmalarga ajratishda va gapdagi sintagmalar orasida vergulning qo’yilgan yoki qo’yilmagan o’rinlarida yanglishadilar. Gapdagi sintagmalar har doim ham vergul bilan ajratilavermaydi: Mening kichik ukam / Qo’qon davlat pedagogika inistitutida / bilimlarni chuqur egallamoqda. Bu gapda uchta sintagma bo’lib, uni o’qishda uch marta pauza bo’ladi, lekin bu pauzalr hech qanday tinish belgisi bilan ajratilmaydi. Punktuatsiya mashqlaridan yana biri o’quvchilarning o’zi, punktuatsiya qoidasiga mos keladigan misollar totib, tinish belgilarining ishlatilish sababini tushuntirishdir. Masalan, 8-sinfda gap bo’laklari sanalmaydigan kiritma, undalma kabi mavzular o’tib bo’lingach, o’qituvchi bu mavzuga oid misollar topishni o’quvchilarga topshiradi. hamda tinish belgilarining ishlatilish o’rinlari izohlanadi. Ish turlaridan yana biri tinish belgilari tushirib qoldirilgan matnning tinish belgilarini qo’yib ko’chirish va ishlatilgan tinish belgilarini izohlashdir. Matn tinish belgilarining turli xillarini o’z ichiga olgan bo’lish kerak. Mashqning bu turi punktuatsiya o’rgatishda keng tarqalgan usul bo’lib, dastavval, o’quvchilarning mustaqil ishlash faoliyatini yaxshilaydi. Punktuatsiya o’qitishda turli xildagi diktantlar o’quvchilarning xatosiz yozish malakasini takomillashtirishda katta ahamiyatga egadir. O’qituvchining diktovkasi orqali o’quvchilar tinish belgilarning qo’yilishi pauza, logik urg’u kabilarga ham bog’liq ekanligini uqib oladilar. Ta’kidiy diktantni o’tkazishdan oldin o’qituvchi o’quvchilarga punktuatsion xato qilishlari mumkin o’rinlarini eslatib, ayirim punktuatsiya qoidalarini ta’kidlaydi va undan so’ng diktovka qiladi. Nazorat diktantida esa bir necha tinish belgilarini o’z ichiga olgan matn tanlab olib, uni diktovka bilan yozdiriladi. Bunday diktant oraqali o’qituvchi o’quvchilarning umumiy punktuatsion savodxonligini sinab ko’radi. Punktuatsiya bilan bog’liq ish turlaridan yana biri stilistik mashqdir. Bunday mashq nutq o’stirish bilan ham bog’lab olib boriladi. O’quvchi bir sintaktik konstruksiyani boshqasi bilan almashtiradi: 1.Uyushiq bo’lakli gaplarga umumlashtiruvchi so’z qo’yib, tinish belgilarini to’g’ri ishlatish. Bahorda hamma qushlar: laylaklar, chittaklar, bulbullar uchib keladi. Laylaklar, chittaklar, bulbullar – hamma qushlar bahorda uchib keladi. 2.Bog’langan qo’shma gapni ergash gapli qo’shma gapga aylantirish va uning aksi: Bahor keldi va gullar ochildi. Bahor kelgach, gullar ochildi. 3.Sodda yoyiq gapni qo’shma gapga aylantirishi va buning aksi: Ko’rinishidan uning juda mamnunligini sezdim. Ko’rinishidan shuni sezdimki, u juda mamnun. 4.O’zlashtirma gapni ko’chirma gapga, ko’chirma gapni esa o’zlashtirma gapga aylantirish “Men ertaga kutubxonaga boraman”,-dedi Anvar. Anvar ertaga kutubxonaga borishini aytdi.
1-gapda Turg’un bilan ukam o’rtasida pauza yo’q: Turg’un – aniqlovchi, ukam – ega; 2-gapda Turg’un bilan ukam sanash ohangi bilan aytiladi: uyushiq egalar; 3-gapda "ukam" gapga nisbatan sal tez va pasayuvchi ohang bilan aytiladi: ajratilgan bo’lak; 4-gapda Turg’un so’zi murojaat ohangi bilan gapdan ajratilib, biroz pauza qilinadi: undalma.

Yüklə 57,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə