Mavzu: Punktuatsion oʻzgarishlar. Reja: Punktuatsiya va sintaksis. Punktuatsiya va intonatsiya. Zamonaviy punktuatsiya



Yüklə 346,75 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü346,75 Kb.
#154572
  1   2   3
zarifova sitora

Mavzu:Punktuatsion oʻzgarishlar. Reja: 1. Punktuatsiya va sintaksis. 2. Punktuatsiya va intonatsiya. 3.Zamonaviy punktuatsiya.


Punktuatsiya – sintaksis bilan uzviy aloqador. Punktuatsiya qoidalari mazkur tilning sintaktik qonuniyatlari, normalari asosida talqin etiladi. Punktuatsiya qoidalarini sintaktik qurilishga bog‘lab bayon qilishning, shu asosda belgilashning o‘z ilmiy-metodik prinsiplari va usullari mavjud. Matnning gaplarga bo‘linish, gapning tuzilishi jihatidan muayyan sintaktik qismlarga ajratilish qoidalari asosiy punktuatsion qoidalar hisoblanadi.

Shuning uchun punktuatsiya – yozuv tilining uch asosi elementi (grafika, orfografiya va punktuatsiya)dan biri. Har bir tinish belgisining qo‘llanish o‘rni va tartibini belgilashda mazkur tilning barcha grammatik sintaktik xususiyatlari hisobga olinadi. Yozma matndagi har bir tinish belgisi muayyan sintaktik hodisani aks ettiradi.

Punktuatsiya sintaksis bilan mustahkam aloqada bo‘lib, punktuatsiya prinsiplari, punktuatsion sistema sintaktik qurilishga asoslanadi. Biror gap yo‘qki, unda hech qanday tinish belgisi ishlatilmagan bo‘lsin. Har qanday gapda tinish belgilaridan birortasi, albatta, ishlatiladi. Hozirgi kundalik matbuotimizga nazar tashlasak, har 7-8 so‘zga bir tinish belgisi to‘g‘ri kelishini ko‘ramiz. Demak, punktuatsiya yozma matn uchun muhim zaruriy vositalardan bo‘lib, matnni gaplarga ajratadi va gapning har qanday turida qo‘llanadi.


Punktuatsiya va intonatsiya. Hozirgi o‘zbek yozuvida punktuatsiya, asosan, sintaktik funksiya bajarishini yuqorida ko‘rdik. Lekin punktuatsiya, bundan tashqari, fonetik funksiyani ham bajarishi mumkin. Punktuatsiyaning fonetik funksiya bajarishi ba’zan intonatsiyada ham ochiq ko‘rinadi. Masalan, nuqta, so‘roq va undov belgilari muayyan intonasion tugallikning signali sifatida tushuniladi; vergulning uyushiq bo‘laklarda qo‘llanishi sanash intonasiyasiga teng keladi;
kirish konstruksiyalar va undalmalar og‘zaki nutqda qisqa to‘xtam bilan gap bo‘laklaridan ajraladi, yozuvda esa punktuatsion belgi vositasida ajratiladi. Lekin, bunday yaqin aloqada bo‘lishiga qaramay, punktuatsiya va intonatsiya o‘zaro farqlanadi. Bu farq, avvalo, ularning ikki sohaga xos vosita usuli bo‘lishi bilan, ya’ni punktuatsiya yozma nutqqa, intonatsiya esa og‘zaki nutqqa xosligi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, tinish belgilarining ishlatilishi hamma vaqt intonatsiyaga mos kelavermaydi.
Punktuatsiya tarixida tinish belgilarining ishlatilishini faqat intonatsiyaga bog‘lab izohlash hollari ham bo‘lgan. Masalan, prof.A. M. Peshkovskiy ko‘proq shu yo‘lni tanlagan. Ammo punktuatsiyani faqat intonatsiyaga bog‘lash masalaga bir yoqlama yondashishdir. Chunki hech vaqt orfografiya orfoepiyaga to‘liq mos kelmaganidek, punktuatsiya ham intonatsiyaga aynan mos kelmaydi. Shuningdek, intonatsiya gapni shakllantiruvchi asosiy grammatik vositalardan biridirki, uni alohida ajratib olish mumkin emas: gap semantik, grammatik va intonasion jihatlarning dialektik butunligidan tashkil topadi.

Yüklə 346,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə