Mavzu: Punktuatsion oʻzgarishlar. Reja: Punktuatsiya va sintaksis. Punktuatsiya va intonatsiya. Zamonaviy punktuatsiya



Yüklə 346,75 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü346,75 Kb.
#154572
1   2   3
zarifova sitora

Punktuatsiyaning intonatsiyaga to‘liq mos kelmasligi quyidagilardan ko‘rish mumkin: 1. Gapning ma’noli qismlari – sintagmalar – nutq jarayonida qisqa to‘xtamlar bilan ajratib talaffuz qilinadi. Lekin bunday to‘xtamlar yozuvda tinish belgilari bilan ko‘rsatilmaydi: Yoz oylari //Naymanchaning ko‘chalari// tuproqdan chang bo‘lardi. (A.Muxtor) Bu gapda qisqa to‘xtam bilan ajratib talaffuz etiladi, gapda uchta sintagma bor, ammo ular o‘zaro tinish belgilari bilan ajratilmagan.


2. Albatta, axir, xolos tipidagi kirish so‘zlar gap oxirida kelganda, ularning to‘xtam bilan ajratilishi uncha sezilmaydi, ularni ajratuvchi to‘xtam juda qisqa bo‘ladi. Shunga qaramay, ular yozuvda tinish belgilari bilan ajratiladi: Boboxo‘ja domla bitta sonni yozish uchun doskaga bo‘r surkab, qancha qimirlatar edi, axir. (P. Tursun) Ishning bir qismi maishnalar bilan bajariladi, albatta. (Sh. R.) 3. Gap o‘rtasida va oxirida kelgan undalmalarda to‘xtam, ohang – intonatsiya uncha sezilmaydi, ammo yozuvda doim vergul bilan ajratiladi: Ha, bir musht urdim, o‘rtoq polkovnik, ikki mushtni ko‘tara olmas ekan. (A. Q.) Senda nima yumush bo‘lsin, Ra’no. 4. Bog‘lovchilar va nisbiy so‘zlar vositasida munosabatga kirishgan ajratilgan bo‘laklardan keyin hech qanday to‘xtam bo‘lmaydi, lekin vergul bilan ajratiladi. Shunaqa qilib, nazir qilingan ikki qiz eshonzodaga, ya’ni Nu’monjonga, qoldi. (A.Q.) 5. Sodda gaplarda kesim ot bilan ifodalanganda va bog‘lama olmaganda egadan keyingi to‘xtam sezilmaydi, biroq yozuvda tire qo‘yiladi: Gazeta – ommaga! Yo‘lchi – «Qutlug‘ qon» romanining bosh qahramoni.
Tinish belgilarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: 1. Punktuatsion sistemaga kiruvchi har bir tinish belgisi ijtimoiy-sotsial vazifa bajaradi. Tinish belgilari milliy yozuvning ajralmas qismi bo‘lib, umumme’yor, umumyozuv xususiyatiga ega, ya’ni har bir tinish belgisi yozuvning qanday shaklida qo‘llanmasin, aniq bir asosiy ma’noni ifodalaydi va bir xilda tushuniladi. Masalan, a, b kabi belgilar kishilar tomonidan o‘z ma’nosida qanday tushunilsa?, ! kabi tinish belgilari ham o‘z asosiy ma’nosida shunday tasavvur qilinadi. Demak, tinish belgilari kishilar o‘rtasida yozuv orqli amalga oshiriladigan ijtimoiy munosabat – fikrlashuvni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu ularning asosiy sotsial vazifasidir.
2. Tinish belgilarining qo‘llanishi nutqning ifoda maqsadi, semantik-grammatik strukturasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Yozuvchi qanday maqsadni ifodalamoqchi bo‘lsa, tinish belgilarini shu maqsadga muvofiq tanlaydi. 3.Tinish belgilarining ishlatilishi grammatik-sintaktik qonuniyatga asoslanadi. Chunki ularning asosiy vazifalaridan biri matnni gaplarga ajratish va gap ichidagi aloqador qismlar munosabatini to‘g‘ri ta’minlashdir.

Yüklə 346,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə