Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish fakulteti boshlang’ich ta’lim kafedrasi


-MAVZU: Epik ijodda nutq va mutolaa masalasi



Yüklə 228 Kb.
səhifə8/36
tarix26.05.2022
ölçüsü228 Kb.
#88089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
IFODALI O\'QISH MAJMUA 2021-2022

3-MAVZU: Epik ijodda nutq va mutolaa masalasi


Reja:

  1. Epik ijod namunalarining mutolaa san’ati bilan mushtarak holatda yashashi qonuniyligi. Mutolaa jarayonida notiqlikka xos marom, ohang, urg‘u, talaffuz va ifodaning muhim retseptiv vazifa bajarishi.

  2. Epik ijodda ham nutqning obrazlar, personajlar, ifoda shakllari, pafos bilan bog‘liq ko‘rinishlari uchrashi.

Epik asarlarda monologning ichki ko’rinishi xarakterli bo’lib, badiiyat manfaati nuqtai nazaridan ular alohida vazifa bajaradi. Shuning uchun Said Ahmad: "Yozuvchi faqat qahramonning tilidagini yozmay, uni ichidan ham gapirtira bilishi kerak. Chunki ichidan gapirtirilgandagina, qahramonning ichki olami ochiladi. Qahramonning ichki olamini, ichidagi bo’lgan ohangni, ichki dardni yozuvchi o’z tili bilan olib chiqadi" degan edi. Prof.B.Yo’ldoshev "Badiiy nutq stilistikasi" nomli kitobida o’zining ana shu qarashlariga amal qilgan yozuvchi asarlari ("Turnalar", "Alla", "o’rik domla", "Ufq",) misolida ularning obrazni individuallashtirish va xarakter yaratishdagi vazifalari xususida mulohaza yuritib, dialogik va monologik nutq tahliliga keng to’xtalgan va ularni badiiy nutq uslubidagi bayon usullari sifatida ko’rsatib bergan.


Darhaqiqat, yozuvchi qo’lida ichki monolog qahramon qiyofasini o’quvchi ko’z oldida butun borlig’i va murakkab-ligi bilan gavdalantirishga xizmat qila oladigan kuchli badiiy vosita bo’la oladi. "Shaytanatdagi Asadbek o’quvchi ko’z o’ngida har ishga qodir bo’lgan qudratli kishi sifatida namoyon bo’lgan. Ammo u ham hamma qatori inson. Bedavo dard — saraton kasaliga yo’liqqanda uning xayolidan o’tgan kechinmalarni yozuvchi quyidagicha beradi: To’yib-to’yib nafas olishga zor bo’lib o’laman. Jonim yo’tal bilan chiqsa o’lganimni bilmay ham qolishadi. Birov xabar olguncha sasib yotaveraman. Jag’imni tang’ishadi, oyoqlarimni bog’lashadi. Dod-voy... Kim yig’laydi? o’g’illarim uzoqda. Zaynab dod solar balki... Yana bir-ikki xotin qo’shilar... Xotinlaming yolg’ondan bo’lsa ham yig’lab turgani yaxshi. Bo 'Imasa bu uydan o 'lik chiqqanini birov bilmaydi. Xotinlarning yig’isisiz o’Ukning ham fayzi bo’lmasa kerak. Manzura yetib kelsa bu yog’ini o’zi eplashtiradi! Yo’-o’q... u yig’la-maydi. Jalilning onasi o’lgandamidi... ha, o’shanda yig’isini eshitib "Dodlashni harn o 'rniga qo 'yar ekansan, o 'Isam maza qilib eshitib yotaman ", deb hazillashganimda "Voy adasi, xotinlar eriga yig’lamaydi, ayb bo’ladi", degan. Qiziq, nima uchun ayb bo’ladi? Manzuraning yig’lashi shart ham emas. Balki... qutulganiga shukur qilar?.. Menga tekkanidan beri boshi tashvishdan chiqmaydi. Endi yayrayman, deganida bolalarni o 'qishga jo 'natdim. Keyin chet elga yubordim. Ularni sog’indi. Sog’indi-yu, "So-g’inayapmon", deb zorlanishga mendan qo’rqdi. Qiziq... urmasam ham mendan qo’rqadi-ya... Zaynabning tashvishi uni tamom qildi. Yaxshi hamki keyingi voqealardan uzoqroqda. Bilsa yuragi yorilib ketardi. Kelinlarini boshlab kelib rohat ko’raman, de-ganida men cho’zilib yotsam... Birjihatdan u kelguncha jo’navorganim ham yaxshi. o’ligimni ko’rmasa bir-ikki kun yig’lab, keyin ko’nikib qoladi... Meni tanish-bilishlarimning o’zlari joyimga olib borib qo’ya qolishadi. Janozaga tizilishadi. Domla aql o’rgatadi. Nima deydi? "Odam oxir-oqibat o’lmoq uchun bu dunyoga keladi", deydimi? "Pensiyaga chiqqandan keyin namoz o’qiyman, deb kutmanglar, mana bu birodarimiz ham pensiya yoshiga etmabdilar. o’lmasingizdan oldin bir marta bolsa ham peshonangiz joynamozga tegsin", deydimi? Yo "Yog’och otga minib kelmasingizdan avval o'z oyog’ingiz bilan masjidga kelib turing", deydimi? Keyin "Marhumning yaqinlari kim?" deb so’raydi. Kim chiqadi? Haydarmi? Mahmudmi? Yo’q, Jalil chiqadi. "Marhum birovdan qarz olgan bo’lsa, to’layman" deb soLz beradi. Tentak. Mening kimdan qarzim bor ekan? Odamlar mendan qarz. Lekin ular qarzlarini keltirib berishmaydi. O 'Iganimdan xursand bo 'lishadi. Balki o 'shalar "Tezroq o 'la qolsin " deb duo qilishayotgandir. Men Jalildan qarzman. Ha... qarzim bor undan. Hovli-joy olib berishim kerak edi. Mahmudga tayin-lab qo’yishim kerak, mendan keyin olib bersin. Keyin ko’ta-rishadi. Tobutning bir chekkasidon ushlash savob ekan. Meni ko’tarish ham savobmi? Odam yig’iladi? Yuztami, mingtami? Shundan qanchasi xursand, qanchasi xafa?.. Joyimga yotqi-zjshib, bir kaftdan tuproq tashlashadi. Joyim... joyim qop-qorong’i lahadmi? Keyin "Asadbek qanaqa odam edi?" deb so’rashadi. "Yaxshi odam edi", deyishadi. Ha... Bu gaplah to 'g’ri bo 'ladi. Dunyodagi eng yaxshi odam — o 'lik odam. Chunki u birovga yomonlik qilmaydi.
Asadbek qanchalik mag’rur inson bo’lmasin, u ham o’limga tan berishga majbur. Mana shunday paytda atrofdagilari birma bir uning ko’z oldidan o’tadi. Ularning munosabatini Asadbek qanday tushunishini ochishda ichki monologning xizmati va vazifasi ana shundan iborat bo’ladi.
Xullas, bu har ikkala nutq ham qanday vaziyatda ijro etilishidan qat'i nazar ular muallifning dunyoqarashi va maslagini, ma'naviyati va madaniyatini o’zida mujassam qiladi. Insonning saviyasi qanday bo’lsa, uning muomalasi ham shunday bo’ladi. Bu har ikkala nutqning o’ziga xos xususiyatlarini bilib olganimizdan keyin biz ham vaziyatga qarab so’zlashimiz va har bir nutqiy vaziyatdan o’z maqsadimizdan kelib chiqib unumli foydalanishimiz, bor imkoniyatimizni tinglovchilarning hurmat-e'tiborini qozonishga qaratishimiz lozim bo’ladi.
Ma’lum vоqеlik haqida tasavur (Ma’lumоt) bеradigan bir yoki bir nеcha sintaktik birliklaardan tashkil tоpgan nutqiy butunlik matn hisоblanadi.
Matn оg’zaki va yozma nutqqa хоs bo’lishidan qat’i nazar ikki хil ko’rinishda bo’ladi: diоlоgik va mоnоlоgik . Ikki va undan оrtik kishi o’rtasidagi suhbat diоlоg dеyiladi. Diоlоg grеkcha so’z bo’lib ikki kishi o’rtasidagi suhbat dеgan ma’nоni bildiradi. Suhbatdоshlar 3 tadan оshsa pоlilоlоg dеyiladi.
Ikki kishi o’rtasidagi diоlоgik nutq savоl javоb , buyruq javоb, хabar e’tirоz kabi mazmunlarni ifоdalab, fikr хususidagi tasdiq yoki inkоrni, ziddiyat yoki munоzarani bildiradi.
Dialogik nutq insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi ko’rinishlari sifatida dialogik nutq nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar o’rtasida amalda bo’lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo’ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bo’lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Ikki kishi o’rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e'tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o’ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o’rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Shunday ekan, yuqorida ta'kidlanganidek, bu yerda ham suhbatning maqsad va mavzusi, suhbatdoshlarning o’zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatda cgallagan o’rni va mavqei dialogik nutqning mazmunini belgilaydi.
Avval bu nutqning til jihatlariga e'tibor beraylik. Tohir Malikning "Shaytanat" romanidan ikkita parcha keltiramiz:
Giyohvand yigitlardan birining pastki labi osilgan, ko 'zlari chaqchaygan, ikkinchisining qarashlari sovuq, o 'ng yuzida uzun tirtiq bor edi.
— Bilagingni ko’rsat, — dedi Zohid tirtiqqa.
U "shu ham ishmi?" deganday ehnibgina kurtkasini yechib, ko’ylagining yengini shimardi. Labi osilgan yigitning bilogida ham igna izlari bor edi. Ularning giyohvandligiga Zohidda shubha qolmadi.
— Kukunni qayerdan olardilaring? — deb so’radi Zohid.
— Bratanga etganmiza, qayoqdan oganuvzani, — dedi labi osilgan yigit.
— Menga ham ayt.
— Lola ko 'chasida o 'n yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.
— Ikkoving birga borganmisan?
— Bir xil paytda men borardim, bir xil paytda u borardi, bir xil paytda ikkalavuza borardik.
Zohid hali Hamdamdan olgan suratlarni cho 'ntagidan chiqahb, uchtasini ajratib oldi-da, stol ustiga yoyib, labi o’silganni chaqirdi.
— Qara, Sharif akang qaysi biri?
Yigit o 'rdakka o 'xshab lapanglab kelib suratlarga uzoq tikilcli-da, bittasini ko 'rsatdi.
— Joyingga o’tir, — Zohid shunday deb suratlarning joyini almashtirdi-da, tirtiqni chaqirdi. U boshqa suratni ko 'rsatdi.
— Oxirgi marta qachon boruvdilaring? — deb so’radi Zohid.
— Uch kun bo’ldi.
— Balki to’rt kundir?
— Vey bratan, man o'z.im borganman, Soqqa yo’g’idi, qarzga bergan. Nishtyak odam u. O'zini laboratoriyasi bor. Ayn moment tayyorlab beradi.
— Laboratohyaga kirganmisan ?
— Kirganman-de. Shundoq chap tomonda.
— Ayvondan o’tgandami?
— Ha-de, bilib turib so'ruvrasiz.mi?
Zohid "bu yog’iga nima deysiz?" deb Hamdamga qaradi.
— Ayvonning oldi rommi?
Labi osilgan yigit o 'ylanib qoldi.
— Rom bo 'Isa kerak, — dedi ikkilangan holda.
— Yolg’on gapinna! — cledi Hamdam baqirib.
— Bratan, aldavotganim yo’q (44—45).
Jalil biroz kutib qolganmi, tumtayganroq ko’rinishda kirib keldi. Asadhek uni o’rnidan turib qarshiladi.
— Kiravennay, o’tirdingmi? — dedi Asadbek. — Bimaqa odating yo’g’idi-ku?
— Hurmating bur, oshnam. Biz bir bekorchi odam bo 'Isak, — // shunday deb qo’ltig’iga qistirib olgan eski gazitga o’rog’lik
nursani uzatdi. — To’yga kelolmadim. Yaxshi o’tkazib oldingmi?
— To’yga kelmaganingga gina qilib o’tinivdim, tinchlikmi o’zL nimaga kelmading?
— Sen meni to’yga aytdingmi? — Jalil ovozini bir parda ko 'tardi.
— Birinchi bo 'lib senga xabar bergandirman.
— Katta bo 'Isang o 'zingga, bu birinchidan, boyvachcha bo 'Isang ham o’ziiigga, bu ikkinchidan, xo’ptnif Laychalaringni yubo-rib ro’yga ayttirdingmi? 0'zingning oyog’ing yetmadimi?
— Endi oshna, to’ychilik, shoshib qolarkansan.
— 0'zjngga o’xshagan boyvachchalarni aytishga shoshma-gandirsan ?
— Xo’p, tavba qildim, men ahmoqman, —Asadbek ham ovozini ko’tardi, — o’zim bonnabman (241—242).
Matnlarning til jihatiga e'tibor berilganda shu narsa ma'lum bo’ladiki. suhbat jarayonidagi gaplar asosan savol-javoblardan iborat bo’ladi, ya'ni gaplarning ma'lum qismini so’roq gaplar tashkil qiladi. Bu gaplar tuzilishiga ko’ra sodda va to’liqsiz gaplardan iborat bo’iadi. To’liqsiz bo’lishining sababi ma'lum, albatta. Undagi ma'no yoki avvalgi gapdan yoki umuman suhbat mazmunidan anglashiladi. Ayrim gaplarda uzilish-lar ro’y beradi (— Lola ko’chasida o’n yettinchi uyda tu-radigan Sharif aka degan kishi) va uzilishlar ham aniq bir maqsadni ko’zda tutadi. Gapdargi bu kalavalanishlar giyohvand yigitlarning Sharifni tanimasligidan dalolat berib turibdi. Bratan, soqqa, nishtyak, ayn moment birliklari bu toifa odamlarning o’ziga xos tili mavjudligiga, etganmiza, oganuvza, ikkalavuza, aldavotganim yo’q, kirganman-de, ha-de, so’ruvrasizmi so’zlari ularning Toshkent shevasi vakillari ekanligiga ishoradir. Suhbat jarayoni og’zaki so’zlashuv uslubida tuzilgan. Ayrim gaplarning zarur a'zolari tushib qolgan (Shundoq chap tomonda) va hokazo. Bu til elementlarining har biri asarda ma'lum ma'noda badiiy uslubga tegishli vazifalarni bajargan.
Ikkinchi parchadan yana shu narsa anglashiladiki, suh-batdoshlarning xarakteri, kayfiyati, suhbatlashayotgan ki-shisiga munosabati ham nutq jarayonida rcallashadi. Aslida aytgani-aytgan, dcgani-degan, qamchisidan qon tomadigan, boshqalarga nihoyatda qattiqqo'1 Asadbckning xarakteridagi boshqa qirralar dialog davomida ochiladi. Bolalikdagi do’sti Jalilga yon bosadi.
N.Muhiddinovning "Kremlda o’tgan yillarim" asarining (T., «O'zbekiston», 1995) 60-64-bctlarida asar muallifi va VKP(b) MK kotibi G.M.Malcnkov bilan bo’lib o’tgan suhbati keltirilgan. Bu dialogda so’z tanlash ham, gap qurilishi ham yuqoridagi matnlardan farq qiladi. Suhbatdoshlar nutqida uchragan hujjat, vakil, xodim, mazkur, masala, o’rganib chiqmoq, muhokama qilmoq, taqdim etmoq, kamchiliklarni bartaraf etmoq, astoydil intilmoq, masalaga tanqid ruhida yondoshmoq, respublikani oyoqqa turg’azmoq, mas'uliyatini oshir-moq, masalani o’rganib chiqmoq, masalani alohida ko’rib chiqmoq, nuqtai nazarni bayon qilinoq, partiya yo’lini og’ishmay amalga oshirmoq, ajoyib faollik ko’rsatmoq, munosib hissa qo’shmoq, nuqtai nazarimni bayon ctishga ruxsat bcring, yana bir masalani ko’tarishga ruxsat bering singari so’z va jumlalar o’rtada bo’lib o’tgan suhbatning o’ta rasmiy, jiddiy ekanligidan, davlat va partiya hayotiga oid masalaning mu-hokama qilinganligidan dalolat beradi harnda yuqorida kcltirilgan matnlardan farqlanadi.
Diоlоgik matn tarkibida so’rоq оlmоshlari, muоmala оdоbiga оid so’z va ibоralar , yuklamalar, undоv, kirish so’zlar kеng qo’llanadi. Bunday matndagi gaplar asоsan sоdda gaplardan tashkil tоpadi. Sоdda gaplarning bir tarkibli turlari, to’liqsiz gaplar, so’z gaplar faоl ishlatiladi.
Masalan: Aхir mеn unga yomоnlik tilaganmidim?! (yuklama)
Qazisan, qartasan, aхir naslingga tоrtasan. (ravish)
Sеn-chi (yuklama) – traktоrchi (оt yasоvchi qo‘shimcha)...
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, garchi dialogik nutq til nuqtai nazaridan gap shakllarining to’liq bo’lmasligi, so’zlarning tushib qolishi yoki qisqarishi, invcrsiyaga uchrashi bilan boshqa nutq shakllaridan ajralib tursada, bu o’rinda ham muloqotning umumiy qoidasi va etikasini saqlab qilishga harakat qilinadi.
Matnlardagi dialogik nutqlarni ko’zdan kechirish yana "shundan dalolat beradiki, ular asosan og’zaki nutq odatla-rini o’zida namoyon qiladi. Adabiy matnlarda csa obraz yara-tish, xarakterlarni namoyish etishning kuchli badiiy vosita-siga aylanishi mumkin.




  1. Yüklə 228 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə