Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yoʻnalishi


Xalqaro baholash dasturlarining baholash tizimida TIMSS testlarining tutgan o’rni



Yüklə 371 Kb.
səhifə4/10
tarix01.03.2023
ölçüsü371 Kb.
#101710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 SINF MATEMATIKA DARSLARIDA XALQARO BAHOLASH DASTURI TESTLARISAN (2)

1.2. Xalqaro baholash dasturlarining baholash tizimida TIMSS
testlarining tutgan o’rni

TIMSS tadqiqoti 4 yilda bir marta dunyoning ko‘plab ilmiy-tadqiqot markazlari va tashkilotlari, xususan, AQShning Ta’lim sohasidagi test xizmatlari, Kanadaning statistik markazi, Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining Sekritariati ishtirokida o‘tkaziladi. Shuningdek, turli davlat mutaxassislaridan iborat maslahat qumitalari tashkil etiladi.
4- sinf matematik savoxonlik TIMSS-2019 xalqaro baholash natijalari

t/r

Mamlakat / davlat nomi

O’rtacha ball

Egallagan o’rin

1

Singapur

625

1

2

Gongkong

602

2

3

Korea Respublikasi

600

3

4

Tayvan

599

4

5

Yaponiya

593

5

6

Rossiya

567

6

7

Shimoliy Irlandiya

566

7

8

Angliya

556

8

9

Irlandiya

548

9

10

Latviya

546

10

4-sinf tabiiy-ilmiy savoxonlik TIMSS-2019 xalqaro baholash natijalari



t/r

Mamlakat / davlat nomi

O’rtacha ball

Egallagan o’rin

1

Singapur

595

1

2

Korea Respublikasi

588

2

3

Rossiya

567

3

4

Yaponiya

562

4

5

Tayvan

558

5

6

Finlandiya

555

6

7

Latviya

542

7

8

Norvegiya

539

8

9

AQSH

539

9

10

Litva

538

10

Singapurda o‘qish va matematik savodxonlikning mustahkam poydevorini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. O‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlarini aniqlash va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha fanlar tanlov asosida o‘qitiladi. O‘quv dasturlarida o‘quvchilarning muammolarni hal etish qobiliyatini rivojlantirishning beshta o‘zaro bog‘liq komponentlari qo‘llab-quvvatlanadi: tushunchalar, ko‘nikmalar, jarayonlar, metakognitivlik va ustanovkalar. Ushbu tizim matematikani o‘qitish, o‘rganish va baholash yo‘nalishlarini ta’minlab beradi. Ta’limning xalqaro talablarga javob bera oladigan (xalqaro tadqiqotlarda birinchi uchlikda mustahkam joylashgan) ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Janubiy Koreyada oliy ma’lumotli bo‘lish va kelajakda ijtimoiy - iqtisodiy farovonlikka intilish zaruriyati madaniyat darajisida tan olingan. O‘quv dasturlari mazmuni o‘quvchilar hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Mamlakatda muntazam ravishda aholi savodxonligi darajasi va maktab ta’limi sifati (97,9%) yetakchi hisoblanadi. O‘quvchilarning o‘quv faoliyati natijalarini baholashning differensiallashgan tizimi joriy etilgan. O‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra individual yondashuv asosida fanlarni tanlash imkoniyati yaratilgan. Jamiyatda o‘qituvchi mavqeining yuksakligi va ularning kasbiy rivojlanishga motivatsiyasi yuqori.
Yaponiyada o‘quv dasturlari yagona davlat ta’lim standartlari asosida hududlarning, maktablarning ehtiyoji asosida variantiv tarzda ishlab chiqilgan. Maktabda o‘qitiladigan fanlar soni 12 ta, ya’ni ko‘p emas. O‘rta maktabda fanlar chuqur o‘rgatiladi va o‘quvchilarning individual qiziqishlari va qobiliyatlariga ko‘ra fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etiladi. O‘quv yilining yakunida o‘quvchilar maktablarning faoliyat samaradorligiga munosabat bildirishi orqali maktablar o‘rtasida raqobat muhiti shakllantirilgan. O‘rta maktab bitiruvchilarining 75 foizga yaqini oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirmoqda.
Germaniyada o‘quv dasturlari ijtimoiy- iqtisodiy ehtiyojlaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan. O‘quv dasturlari asosida fanlarni o‘rganishda o‘quvchilar uchun individual o‘quv rejalari joriy etilgan. Ilg‘or ish tajribalari asosida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar, monitoring olib boradigan alohida institut mavjud. O‘quv dasturlariga o‘qituvchilar salohiyati, maqsadlari va o‘qitish uslublari nuqtai nazaridan o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
TIMSS-2019 tadqiqotning 7-davriyligida 60 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etib, mazkur davlatlarda tahsil olayotgan 600 mingga yaqin o'quvchilarning matematik va tabiiy-ilmiy yo'nalishlar bo'yicha bilimlari baholangan.
Xalqaro tadqiqotning natijalari ko'ra, matematika bo'yicha Singapurning 4-sinf o'quvchilari eng yuqori 625 ball, 8-sinf o'quvchilari esa 616 ball bilan 1-o'rindan joy olgan. Singapurdan keyingi o'rinlarda Gonkong 602 ball, Janubiy Koreya 600 ball, Xitoy Taypey 599 ball va Yaponiya 593 ball bilan joy egallagan bo'lsa, eng past natijani Marokash (383 ball), Quvayt (383 ball), Janubiy Afrika (374 ball), Pokiston (328 ball) va Filippinlik (297 ball) o'quvchilar qayd etishgan.
1995-yildan boshlab Singapurlik o‘quvchilar matematikadan o‘tkazilayotgan turli xalqaro olimpiadalar g‘olibi bo‘lib kelmoqda



Yüklə 371 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə