Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yoʻnalishi


II BOB. 4-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TIMSS TESTLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI VA MALAKALARI



Yüklə 371 Kb.
səhifə5/10
tarix01.03.2023
ölçüsü371 Kb.
#101710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 SINF MATEMATIKA DARSLARIDA XALQARO BAHOLASH DASTURI TESTLARISAN (2)

II BOB. 4-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TIMSS TESTLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI VA MALAKALARI
2.1. 4-sinf matematika darslarida TIMSS testlaridan foydalanish
metodikasi




To’rtinchi sinf mazmun sohalari




Foiz

Sonlar va amallar




50%

Geometriya va o’lchashlar




30%

Ma’lumotlar bilan ishlash




20%

Jadvalda TIMSS 2019 tadqiqotida matematika – to‘rtinchi sinf yo‘nalishidagi mazmun sohalar va ularning har biriga ajratilgan baholash ballarining maqsadli foizlari ko‘rsatilgan. Har bir mazmun soha bo‘limlardan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim o‘z navbatida bir nechta mavzularni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi sinf matematikasini baholashda har bir mavzu deyarli teng taqsimlangan.


Sonlar va amallar
Sonlar boshlang‘ich sinfda matematikaning asosi hisoblanadi. Sonlar va amallar maznun sohasi uchta bo‘limdan iborat. Ushbu bo‘limlar uchun baholashning ellik foiz miqdori quyidagicha taqsimlanadi:
• Butun sonlar (nomanfiy butun sonlar: 0,1,2…), (25%)
Ifodalar, sodda tenglamalar va munosabatlar (15%)
• Oddiy kasrlar va o‘nli kasrlar (10%)
Butun sonlar bo‘limi sonlar va amallar mazmun sohasining ustuvor tarkibiy qismidir va o‘quvchilar o‘rtacha kattalikdagi butun sonlar ustida hisob-kitoblarni bajara olishlari lozim. Shuningdek, dastlabki algebraik tushunchalar to‘rtinchi sinfda TIMSS baholashning bir qismi, jumladan, sodda tenglamalarda o‘zgaruvchilardan (noma’lumlardan) foydalanishni tushunish va dastlabki miqdorlar o‘rtasidagi munosabatlarni tushunish hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, obyektlar va miqdorlar ko‘pincha butun sonlarda kelmaganligi sababli, o‘quvchilar uchun oddiy kasrlar va o‘nli kasrlarni tushunish ham muhimdir. O‘quvchilar oddiy kasrlar va o‘nli kasrlarni taqqoslash, qo‘shish va ayirishni bilishlari lozim.
Geometriya va o‘lchashlar
Bizning atrofimizda har xil shakl va o‘lchamdagi obyektlar mavjud, geometriya – shakllar va o‘lchashlar o‘rtasidagi munosabatlarni tasavvur qilish va tushunishga yordam beradi. O‘lchash, bu – obyektlar va hodisalarning atributlarini (masalan, uzunlik va vaqt) miqdorini aniqlash jarayoni. O‘lchash va geometriya mazmun sohasi quyidagi ikkita yo‘nalishdan iborat:
• O‘lchashlar (15%)
• Geometriya (15%)
To‘rtinchi sinfda o‘quvchilar uzunlikni o‘lchash uchun chizg‘ichdan foydalanishni; uzunlik, massa, hajm va vaqt bilan bog‘liq masalalarni; oddiy ko‘pburchaklarning yuzi va perimetrlarini hisoblashni; hajmlarni aniqlash uchun kublardan foydalanishni bilishlari kerak. O‘quvchilar to‘g‘ri chiziqlar, burchaklar va har xil, ikki va uch o‘lchovli shakllarning xossalarini aniqlay olishlari kerak. Fazoviy shakl – geometriyani o‘rganishning ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilardan turli geometrik shakllarni tasvirlash va chizmalarni chizish so‘raladi. Shuningdek, ular geometrik munosabatlarni tahlil qilishlari va ushbu munosabatlarni masalani yechishda qo‘llay olishlari kerak.
Ma ’lumotlar bilan ishlash
Zamonaviy axborotlashgan jamiyatda ma’lumotlarning miqdori oshib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Ko‘pincha internetda, gazetalarda, jurnallarda, darsliklarda, ma’lumotnomalarda, maqolalarda ma’lumotlar diagrammalar, jadvallar va grafiklar ko‘rinishida taqdim etiladi. O‘quvchilar grafikli va jadvalli ma’lumotlarni tartibga solishga yordam berishini va ma’lumotlarni taqqoslash usulini yaratishini tushunishlari kerak.
Ma’lumotlar bilan ishlash mazmun sohasi ikkita bo‘limdan iborat:
• Ma’lumotlarni o‘qish, talqin qilish va tasvirlash (15%)
• Muammoni hal qilish uchun ma’lumotlardan foydalanish (5%)
To‘rtinchi sinfda o‘quvchilar ma’lumotlarni aks ettirishning turli xil shakllarini o‘qish va taniy olishlari kerak. O‘quvchilar oddiy savolga javob berishi uchun ma’lumotlarni to‘plash, tartibga solish va grafik yoki diagramma ko‘rinishida tasvirlay olishlari kerak.O‘quvchilar masalalarni yechish uchun bir yoki bir nechta manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalanishi kerak.

Yüklə 371 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə